Gazsimon narkoz moddalari. Bu guruhga kiruvchi narkoz
moddalari uchuvchan suyuqliklarga qaraganda qator ustunlik-
larga ega, chunonchi, nafas yo‘llarini ta’sirlamaydi, jarrohlik
narkoz davri qo‘zg‘alish bosqichisiz va tez boshlanadi, narkoz
moddasini yuborish to‘xtatilgandan so‘ng uyg‘onish tezda
namoyon bo‘ladi va asoratlar deyarli kuzatilmaydi.
Gazsimon narkoz moddalarining asosiy kamchiligi shundan
iboratki, ular keltirib chiqargan jarrohlik narkoz davri yuzaki-
roq bo‘lgani uchun tana mushaklari to‘liq bo‘shashmay, ayrim
reflekslar qisman saqlanib qoladi. Shu sababli ular aksariyat
kuchliroq ta’sirli ingalatsion (efir, ftoretan) va noingalatsion
129
(tiopental natriy, ketamin va boshqalar), ayrim hollarda esa
mushaklarni bo‘shashtiruvchi moddalar (miorelaksantlar)
bilan birga jarrohlik operatsiyalarini bajarishda, kuchli og‘riq
bilan kechadigan xastaliklarda (miokard infarkti, o‘tkir
pankreatit) va shikastlanishlarda ishlatiladi. Ushbu narkoz
kombinatsiyalangan narkoz deb ataladi.
Gazsimon narkoz moddalariga azot (I) oksidi va
siklopropan kiradi.
Azot (I) oksidi rangsiz, havodan og‘irroq, suvda eruvchan
gaz, xirurgik narkoz holati qo‘zg‘alish davrisiz boshlanadi.
Buning uchun azot (I) oksidi kislorod bilan birga (70—80%
azot (I) oksidi, 20—30% kislorod) maxsus narkoz mosla-
malari yordamida, asosan, nafas yo‘li — traxeyaga mutaxas-
sislar (anesteziolog) tomonidan yuboriladi. Narkoz tez boshla-
nib, asoratlar deyarli kuzatilmaydi. Lekin narkoz holati uncha
chuqur bo‘lmagani sababli tana mushaklarining tonusi qisman
saqlanadi. Narkoz tugagach, 10—15 daqiqada azot (I) oksidi
nafas yo‘llari orqali chiqib ketadi va uning qondagi konsentra-
tsiyasi kamayib, uyg‘onish boshlanadi.
Azot (I) oksidi ko‘pincha, yuqorida aytilganidek, boshqa
narkoz moddalari bilan birga jarrohlik amaliyotida (ginekologiya,
urologiya, travmatologiya va b.) va ayrim kasalliklarda og‘riqni
qoldirish maqsadida qo‘llaniladi.
Siklopropan — rangsiz, o‘ziga xos hidli, tez yonuvchan
gaz. Nafas yo‘llarini ta’sirlamaydi, narkoz qo‘zg‘alish davrisiz
tez boshlanadi. Bu borada siklopropan azot (I) oksididan
kuchliroqdir, narkoz ancha chuqurroq namoyon bo‘ladi. Nar-
koz berish to‘xtatilgach, uyg‘onish davri tezda yuzaga keladi,
asoratlar deyarli kuzatilmaydi. Siklopropan qator kamchiliklarga
ega. Chunonchi, u tez yonadi, portlovchi xususiyati bor.
Bundan tashqari, miokardning katexolaminlarga (adrenalin,
noradrenalin) sezuvchanligini oshiradi. Shu sababli narkoz
davrida ushbu preparatlarni qo‘llash taqiqlanadi. Aks holda yurak
faoliyati izdan chiqib, aritmiya (yurakning notekis urishi)
holati yuz beradi.
Siklopropan, yuqorida keltirilgan kamchiliklarni inobatga
olgan holda, jarrohlik amaliyotida juda kam holatlarda juda
ehtiyotlik bilan mutaxassis (anesteziolog) tomonidan qo‘lla-
niladi.
Siklopropan po‘latdan yasalgan 1—2 litrli ballonlarda 5
atmosfera bosimi ostida suyultirilgan holda ishlab chiqariladi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |