Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Mahalliy ta’siri. Etil spirtining to‘qimalar va turli mik-
roblarga ko‘rsatadigan bevosita ta’siri. Etanolning bunday ta’siri
uning konsentratsiyasiga qarab turlicha namoyon bo‘ladi.
Amaliyotda etil spirtining 96, 70 va 40° li eritmalaridan
foydalaniladi. 96° li eritmasi to‘qima va mikroblar hujayrasidan
suvni o‘ziga tortib olib, uni burishtirib, denaturatsiyalaydi.
Natijada mikroblar o‘ladi (bakteriotsid ta’sir), to‘qima yuzasida
esa yupqa denaturatsiya parda chuqurida (ter va yog‘ning chiqish
yo‘llarida) joylashgan mikroblarni spirt ta’siridan xoli qiladi.
Shu sababdan etanol (96°) antiseptik (terida, shilliq qavatda,
bo‘shliqlarda joylashgan mikroblarga qarshi) preparat sifatida
ishlatilmaydi. Lekin dezinfeksiyalovchi (tana sathidan tashqarida
joylashgan mikroorganizmlarga qarshi) modda sifatida, asosan,
xirurgik asboblarni (pinset, qaychi, igna, shpris va boshqalar)
mikroblardan xoli qilishda keng qo‘llaniladi. Etil spirti (96°)
kuchli dezinfeksiyalovchi modda hisoblanadi.
Etil spirtining 70° li eritmasi ham ko‘pchilik mikroblarga
qarshi ta’sir etadi (bakteriotsid). Òo‘qimalarni esa kam o‘zgar-
tiradi. Denaturatsiya pardasi deyarli hosil bo‘lmagani uchun
teri, shilliq parda chuqurida joylashgan mikroblarni ham
o‘ldiradi. Shu sababdan etanolning 70° li eritmasi antiseptik
sifatida jarrohlik va boshqa sohalarda keng ishlatiladi (jarrohlik
operatsiyalaridan oldin qo‘llarga, operatsiya joylariga surtish va
boshqalar uchun).
Etil spirtining 40° li eritmasi esa teriga ta’sirlantiruvchi
ta’sir etib, qon tomirlarini kengaytiradi, to‘qimaning qon bilan
ta’minlanishini yaxshilaydi. Shu sababdan to‘qimalarning
yallig‘lanishida (miozit, angina va boshqalar) u bilan kompress
qilinadi va teriga surtiladi.


136
Etil spirti ichilganida qonga so‘rilishidan oldin me’da-ichak
shilliq pardasiga mahalliy ta’sir etib, turli o‘zgarishlarga sabab
bo‘ladi. Chunonchi, 10° li eritmasi me’da sekretsiyasini kuchay-
tiradi, lekin pepsin fermenti faolligini o‘zgartirmaydi; 20° dan
yuqori eritmasi esa me’da sekretsiyasi va pepsin faolligini kamay-
tiradi. Spirtning 40° dan yuqori konsentratsiyasi me’da-ichak
shilliq pardasiga mahalliy ta’sir etib, yuqorida qayd etilgan
morfologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sabab-
dan spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan kishilarda me’da-ichak kasal-
liklari (gastrit, yara, eroziya, rak va boshqalar) ko‘p uchraydi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish