Propanidid. Yog‘simon suyuqlik bo‘lib, suvda erimaydigan,
maxsus detergentlarda eriydigan modda. Venaga sekin-asta
yuboriladi. O‘ta qisqa ta’sirli narkoz moddasi hisoblanadi. Narkoz
holati tezda (20—40 soniya) boshlanadi va 3—5 daq. davom
etadi. Qo‘zg‘alish davri bo‘lmaydi. Narkoz davri tugagach, 2—
3 daq. dan so‘ng bemor hushiga keladi.
Preparat qisqa muddatli muolajalarda, jarrohlikda (yopishib
qolgan balg‘amlarni olib tashlash, tishni sug‘urish, yiringli
yaralarni tozalash va boshqalar) hamda tashxis qo‘yishda
(kateterizatsiya, bronxoskopiya va boshqalar) qo‘llanadi.
Preparat 5% li eritma shaklida ampulada 10 ml dan ishlab
chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |