Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

19- rasm.  Baqaning ajratib olingan yuragiga
etil spirtining ta’siri ().


139
Zond bilan me’da chayiladi. Zaharlangan odam issiq xonaga
o‘tkaziladi, oyoqlariga grelka qo‘yiladi. Es-hushi o‘ziga kelgach,
issiq achchiq choy yoki kofe beriladi. Shuni aytib o‘tish
kerakki, alkogol, ayniqsa, yosh bolalarda va o‘smirlarda juda
xavfli asoratlarni keltirib chiqaradi.
Surunkali zaharlanish (alkogolizm). Alkogolning zararli
xususiyatlaridan biri u odamni sekin-asta o‘ziga qaram qilib
qo‘yadi va muntazam ichkilik ichib turishga majbur qiladi.
Natijada surunkali zaharlanish — alkogolizm ro‘yobga chiqadi.
Alkogolizmning alomatlaridan biri xumor qilishdir. Bu
abstinensiya holati deyiladi. Xumor natijasida odam turli qing‘ir
ishlar (o‘g‘rilik, tilanchilik va b.)ga qo‘l urishga majbur bo‘ladi.
Abstinensiyaning yengil shaklida harakat qo‘zg‘alishi, qaltirash,
xavotirlanish, vahimaga tushish, uyqusizlik holati kuzatiladi.
Alkogolizmga duchor bo‘lganlarda markaziy nerv sistemasi
faoliyatining izdan chiqishi asta-sekin zo‘rayib boradi, intel-
lektning aynishiga, degradatsiyaga (odam qiyofasining buzi-
lishiga) olib keladi. Ichki a’zolar va tizimlarda ham noxush
holatlar kuzatiladi. Yurak-tomir, hazm va endokrin tizimlar,
ayniqsa, jigar faoliyati tubdan izdan chiqa boshlaydi. Bundan
tashqari, yurakni yog‘ bosishi, miokardiodistrofiya, miokard
infarkti, barvaqt ateroskleroz, giðertoniya, gastrit, yara
kasalligi va jigar kasalliklari avj olishi mumkin. Shu bilan birga
organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobi-
liyatining pasayishi natijasida ular turli yuqumli kasalliklarga
chalinadigan bo‘lib qolib, umri ancha qisqaradi. Alkogolga ruju
qo‘yganlarda endokrin bezlar, jumladan, jinsiy bezlar faoliyati
susayadi, ulardan tug‘iladigan bolalar ko‘pincha nogiron,
nimjon, kasalvand bo‘ladi. Alkogolizmni davolash ikki yo‘na-
lishda olib boriladi. B i r i n c h i s i  — abstinensiya holatiga qarshi
choralar. Bu maqsadda trankvilizatorlar: benzidiazepin unumlari
(xlordiazepoksid, diazepam va b.), vitaminlar (tiamin) ishla-
tiladi. Bu dori vositalari abstinensiyaning kechishini yengillash-
tirsa ham, uning qaytalanishining oldini olmaydi.
I k k i n c h i s i  — alkogolga intilishni kamaytirish maq-
sadida, asosan, teturam (antabus, disulfiram) preparati qo‘lla-
niladi. Bu preparat spirtli ichimlik ichmaydigan odamlarda hech
qanday o‘zgarish bermaydi, lekin u qabul qilingandan keyin
ichkilik iste’mol qilinsa, turli noxush holatlarni (bezovtalik,
boshning lo‘qillab og‘rishi, yuzning qizarishi, ko‘ngil aynishi,
qusish, terlash, giðotenziya, es-hushning kirdi-chiqdi bo‘lishi,


140
nafasning qiyinlashishi va boshqa o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.
Òeturamning bunday ta’siri, uning spirtni parchalaydigan
alkogoldegidrogenaza fermenti ta’sirida hosil bo‘ladigan
asetaldegid parchalanishining to‘xtashiga bog‘liq. Organizm
uchun zaharli bo‘lgan bu modda yig‘ilib boradi. Chunki teturam
qabul qilingandan keyin oz miqdorda alkogol ichilsa, natijada
noxush holatlarning avj olishi odamda ichimlik ta’mi va hidiga
nisbatan salbiy shartli refleks hosil qiladi. Pirovardida odam
spirtli ichimliklarni ko‘tara olmaydigan, undan jirkanish va
ko‘ngil tortmaslik hislari paydo bo‘ladi. Òeturam tabletka shaklida
radoter nomi bilan chiqariladi. Bu preparat mushaklar orasiga
qo‘yish (implantatsiya) uchun mo‘ljallangan. Bundan asosiy
maqsad dori ta’sirini uzaytirishdir. O‘zbekiston Respublikasi
davlat reyestriga va asosiy preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Siamid
preparati tarkibida kalsiy sianamid va limon kislota saqlaydi.
Òa’sir mexanizmi va ishlatilishi bo‘yicha teturamga yaqin.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish