Farmakologiya


Umumiy (rezorbtiv) ta’siri



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Umumiy (rezorbtiv) ta’siri. Etil spirtining me’da-ichak
yo‘lidan qonga so‘rilishi uning konsentratsiyasi, miqdori,
bo‘shliqdagi ovqat massasi va uning tarkibiga bog‘liq. U nahorga
qabul qilinsa, qondagi maksimal konsentratsiyasi 30 daqiqada
yuzaga chiqadi, me’da-ichakda ovqatning bo‘lishi bu jarayonni
sekinlashtiradi (1—6 soatgacha). Ayniqsa, kartoshka, go‘shtli va
yog‘li taomlar spirt so‘rilishini sekinlashtiradi. So‘rilgandan so‘ng
uning miqdori to‘qimalarda va qonda deyarli bir xil bo‘ladi.
Biologik to‘siqlardan (gematoensefalik, yo‘ldosh va b.) oson
o‘tadi va umumiy farmakologik ta’sirini ko‘rsatadi. Etanolning asosiy
farmakologik rezorbtiv ta’siri markaziy nerv sistemasiga (MNS)
qaratilgan. Bu ta’sir ko‘p tomondan narkoz moddalarining ta’sirini
eslatadi. Jumladan, MNS ga tanlab ta’sir etishi, uning faoliyati
bosqichma-bosqich tormozlanishi (qo‘zg‘alish, narkoz davrlari),
narkoz holatining namoyon bo‘lishi, nihoyat, spirtning katta
miqdorda organizmni zaharlashi bunga misol bo‘la oladi.
Etil spirtining MNS ga ta’siri ham 3 davrdan tashkil
topadi: qo‘zg‘alish, narkoz va falajlik. Lekin, ushbu
davrlarning davom etish muddati narkoz moddalarinikidan
o‘zgacha. Chunonchi, spirtning qo‘zg‘alish davri ancha uzoq
(2—3 soat), narkoz davri esa qisqa bo‘lib, tezda falajlik davriga
o‘tib ketadi (18-rasm). MNS ning spirtga bo‘lgan sezuvchanligi
turlicha. Bosh miya po‘stloq qismining sezuvchanligi yuqori
bo‘lgani uchun spirtning ta’siri natijasida tormozlanish jarayoni
susayadi. Bu esa o‘z navbatida ruhan va harakat qo‘zg‘alishiga
sabab bo‘ladi, boshqacha aytganda, qo‘zg‘alish davri namoyon
bo‘ladi. Bunda umumiy qo‘zg‘alishdan tashqari kayf (eyforiya)
holati kuzatiladi. Odamning kayfi chog‘ bo‘lib, sergap, ezma,
so‘zlari tushunarsiz, poyma-poy, ma’nosiz bo‘ladi. Spirt
sezgilarni pasaytirib, diqqat-e’tibor, xotira, his etish qobiliya-


137
tini izdan chiqaradi. Bundan tashqari, odamning fikr yuritishi
buziladi, xayoli chalg‘ib, turgan joyini, o‘zini bilmay qolishi
mumkin. Shu bilan birga odam o‘z qobiliyatlariga ortiqcha baho
berib, o‘zining xatti-harakati va atrofda ro‘y berayotgan
hodisalarni tahlil qila olmaydi. Odamning harakati noaniq va
nomuvofiq bo‘lib, muvozanatni to‘g‘ri saqlash reflekslari (ves-
tibular apparat faoliyati) buziladi, orqa miya reflekslari ham
zaiflashib boradi. Og‘riqni sezish kamayadi, uyqu hissi ku-
chayadi; bu davrda es-hush saqlanadi.
Etanol ta’siridagi bu keltirilgan o‘zgarishlar mastlik holatiga
tegishli bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi va kechishi spirtning
qondagi konsentratsiyasiga bog‘liq. Uning konsentratsiyasi
1—1,5 g/l ga yetganda chuqur mastlik holati kuzatiladi. Uning
miqdori oshgan sari bosh va orqa miya faoliyati tormozlanib,
es-hush, sezgilar, harakat butunlay yo‘qoladi, ko‘pchilik
reflekslar ham yo‘qoladi. Bu jarrohlik narkoz davri hisoblanadi.
Lekin u uzoq davom etmay, keyingi davr — falajlik davriga
o‘tib ketadi. Spirtning qondagi konsentratsiyasi 3—4 g/l ga
yetganda narkoz davri, 4—6 g/l ga yetganda esa falajlik —
zaharlanish davri boshlanadi. Bunda qon bosimi tushib ketadi,
nafas zaiflashadi, qorachiq refleksi yo‘qoladi. Òibbiy yordam
ko‘rsatilmasa, nafas va yurak faoliyati to‘xtaydi. Bu xavfli
holatlar spirtning katta miqdorda uzun- choq miyada joylashgan
nafas, tomir-harakat va boshqa markazlar faoliyatining
falajlanishi bilan tushuntiriladi. Etil spirtining MNS ga ta’sir
mexanizmi bo‘yicha turlicha fikrlar, nazariyalar mavjud.
Umuman olganda, uning asosiy ta’sir etish joyi — nuqtasi
nerv hujayralarining pardasi (devori) va miya to‘qimasida
joylashgan turli fermentlar deb qaraladi. Alkogolning bunday
ta’siri uning o‘rtacha miqdorini bir marta qabul qilinganda sodir

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish