Farmakologiya


Uxlatadigan dori vositalari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Uxlatadigan dori vositalari
Uyqu odam uchun zarur fiziologik jarayon bo‘lib, orga-
nizmda sodir bo‘ladigan biologik ritmning ko‘rinishidir. Bunda
oliy nerv faoliyati, umuman, markaziy nerv sistemasiga tegishli
ayrim faoliyatlar susayadi (es-hush, axborotlar qabul qilish
yo‘qoladi, tana mushaklari bo‘shashadi, nafas chuqurlashadi,
tana harorati pasayadi, yurak urishi sekinlashib, qon bosimi
tushishi mumkin). Agar odam 5—7 kun davomida uyqudan
mahrum bo‘lsa, har xil ruhiy va boshqa kasalliklarga duchor
bo‘lishi mumkin. Bularning kelib chiqishida evolutsiya davrida
qaror topgan bioritmning buzilishi ma’lum darajada ahamiyatlidir.
Uyqu davrida markaziy nerv tizimi hujayralarining faollik
chog‘ida sarflangan energiya manbayi tiklanadi. Uyquning kelib
chiqishi, uning mexanizmi ancha murakkab bo‘lgani uchun
hozirgacha bu borada aniq bir fikr yo‘q.
Uxlatadigan vositalar deb, ma’lum sharoitda tabiiy uyquga
yaqin uyqu holatini keltirib chiqaradigan farmakologik mod-
dalarga aytiladi.
Zamonaviy tushuncha bo‘yicha uyqu faol jarayon bo‘lib,
almashinib turadigan ikki davr (faza)dan tashkil topishi
ma’lum.
1. „Sustkash, sekin yoki sinxronlangan uyqu“ fazasida ichki
a’zolar faoliyati susayadi. Masalan, yurak urishi sekinlashadi,
qon bosimi pasayadi, nafas chuqurlashadi, tana harorati
pasayadi, moddalar almashinuvi sekinlashadi va boshqalar. Bir
so‘z bilan aytganda, uyqu chuqur va bir tekis bo‘lib, tush
ko‘rish kuzatilmaydi. Uyquning bu fazasi butun uyqu davri-
ning 75% ini tashkil etadi va ikkinchi fazasi bilan almashinib
turadi.
2. „Jadal, tezkor yoki desinxronlangan uyqu“ fazasi. Bunda
simpatik nervning faoliyati kuchayishi sababli yurak urishi
tezlashadi, qon bosimi ko‘tarilib turadi, gapirish holatlari
bo‘lishi mumkin, moddalar almashinuvi tezlashadi, har xil
tushlar ko‘rib, bezovtalik alomatlari bo‘ladi.
Uyquning birinchi fazasi yuqorida qayd etilganidek, nerv
hujayralarining faollik davrida sarflangan energiyani to‘plash va
faolligini tiklash uchun zarur. Ikkinchi fazada esa, taxmin


142
qilinishicha, markaziy nerv tizimining faol davrida olingan
axborotlarni (ma’lumotlarni) tahlil va taqsim qilish jarayonlari
bajariladi.  Bir so‘z bilan aytganda, ikkinchi faza faol bo‘lib,
organizm uchun zarurligi inkor etilmaydi. Uyqusizlik hozirgi
paytda odamlar orasida juda keng tarqalgan xastalikdir.
Odamning his-hayajonlariga zo‘r keladigan holatlarning ko‘pa-
yishi, turmush tarzining har xil bo‘lishi, hayot maromining
tezlashishi, ruhiy kasalliklar, og‘riq bo‘lishi va ayrim endokrin
xastaliklar va boshqalar (tireotoksikoz, giðertoniya, nevra-
steniya va b.) uyqusizlikka sabab bo‘ladi.
Uyquning buzilishi yuqorida qayd etilgan fazalarning, uyqu
strukturasining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Uyqusizlik,
asosan, quyidagi uch ko‘rinishda bo‘ladi: zarur sharoit
yaratilganiga qaramasdan (yorug‘lik va tovushlarning bartaraf
etilishi va b.) uyquning kelishi uzoq vaqt cho‘ziladi, uyqu
muddati qisqaradi (3—4 soat), uyqu yengil o‘tib, tez-tez
uyg‘onib turiladi. Bular har xil holatlar, kasalliklar (haddan
tashqari charchash, hayajonlanish, bezovtalik, nevroz, nevra-
steniya, og‘riq sezish va b.) da kuzatiladi. Uyqu kelishining
qiyinlashishi emotsional holatlarda, aksariyat yoshlarda, qisqa
muddatli uyqu esa qariyalarda uchrab turadi.
Uyqusizlik yuqorida aytilganidek, ayrim xastaliklarning
belgisi bo‘lib, ushbu va boshqa kasalliklarning kechishini
og‘irlashtirib, asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Uyqusizlikni
bartaraf etish uchun uyqu keltiradigan dorilar beriladi. Bu
dori vositalarini ishlatishdan oldin uyqusizlikning sabablari
aniqlanishi darkor. Birinchi galda ushbu sabablarni yo‘qotish
tadbirlari ko‘riladi (og‘riq qoldirish, asosiy kasallikni davolash
va boshqalar).
Uxlatadigan dori vositalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
uyquning kechishi, tuzilishi va muddati tabiiy uyquga yaqin
bo‘lishi; tanada yig‘ilib qolmasligi; uyqudan keyin noxush
holatlar bo‘lmasligi; qaramlik chaqirmasligi; allergik va shunga
o‘xshash salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Afsuski, mavjud
dori vositalari bularga to‘liq javob bera olmaydi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish