38-mavzu: Uyqu va uyqu gigienasi



Download 15.3 Kb.
Sana19.12.2019
Hajmi15.3 Kb.
38-MAVZU: Uyqu va uyqu gigienasi.

  1. Uyqu davrida miyaning shartli reflekslari

  2. Narkotik uyqu

  3. Uyqu gigienasi

Uyqu organizm uchun zarur fiziologik jarayonlardan hisoblanadi. U nerv sistemasi va butun organizmning normal faoliyatini ta’minlaydi. L.P. Pavlov ko’rsatishicha uyqu bosh miya yarim sharlar po’stlog’ining hamma yuzasida ichki tormozlanishning irradatsiyalanishi natijasida hosil bo’lib, bir tormozlanish irradiatsiyasi bosh miyaning quyi bo’limlariga, oraliq va o’rta miyaga ham tarqaladi. Uyqu vaqtida uzunchoq miya faoliyati to’xtab qolmaydi. Odam o’rta hisobda bir sutkada 8 soat uxlaydi. Uyqusiz 4-5 sutka yurishi mumkin. Uzoq uyqusizlik nerv, ruhiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Odam umrining 3:1 qismi uyquga ketadi. Uyquning quyidagi turlari mavjud: tabiiy fiziologik uyqu, gipnotik uyqu, narkotik uyqu. Tabiiy fiziologik uyqu har bir tundagi normal uyqu.

Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga extiyoji yoshga qarab turlicha bo’ladi. Chaqaloqlarda 21-22 soat, 13-14 yoshda 9,5-10 soat, katta bolalarda 8 soat tungi uyqu 3-5 tsikldan iborat bo’lib, har qaysi shaklda sekin va tez uyqu davrlarga takrorlani turadi. Sekin uyqu davri 1- 1,5 soat, tez uyqu davri 10-30 minut davom etadi. Tez uyqu davrida tush ko’rish sodir bu'ladi.

Uyqu davrida miyaning shartli reflekslari faoliyati tormozlanadi, yurak qisqarishi, nafas olish kamayadi, siydik hosil bo’lish funktsiyalari, tana harorati pasayadi. Bulardan tashqari muskullar tonusi susayadi, qovoqlarni yumuvchi, ko’z qorachig’i, to’g’ri ichak muskullarining tonusi ortadi. I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra kuchsiz ta’sirlovchilar bir xil retseptor uchlariga qayta-qayta ta’sir qilishi tufayli miya po’stlog’i keng irradiatsiyalanadi hamda tormozlanishni keltirib chiqaradi. Lekin uyquni chuqur tormozlanish deb bo’lmaydi. Chuqur nafas olish, yurak qisqarishi va boshqa organlarning nerv markazlari (funktsiyalanishda davom etadi. Miya po’stlog’ida ham barcha markazlar tormozlanmaydi. Bu nerv markazlarini I.P. Pavlov “qorovul” markaziar deb nomlaydi. Bu markazlar odamni o’z vaqtida uyg’otadi. Shunday qilib, uyqu bosh miya yarim sharlari po’stlog'ining nerv hujayralari ya’ni oliy nerv rnarkazlarining tormozlanish holati bo’lib, bu vaqtda nerv hujayralari dam oladi, energiya to’playdi. Shuning uchun to’yib uxlagandan so’ng bolaning kayfiyati yaxshi bo’ladi. Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so’zlari va harakatlari ta’sirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya sharlarining po’stloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki ma’lum qismi tormozlanadi. Shuning uchun gipnoz holatidagi odamda fikrlash, ong kabi oliy nerv faoliyatiga xos xususiyatlar vaqtincha yo’qoladi, lekin harakatlanish, gapirish qobiliyati saqlanadi. Shuning uchun u gipnozchining buyruqlarini bajaraveradi.

Narkotik uyqu har xil kimyoviy dori moddalari ta’sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Tush ko’rish uyquda sodir bo’ladigan sub’ektiv psixik hodisa. Uyqu yuzaki bo’lganda bosh miya po’stlog’ining ba’zi qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi ko’rish markazlarining nerv hujayralari to’liq tormozlanmaydi, ya’ni ularning ba’zilari kuchsiz harakatlanish holatida bo’ladi. Ana shu vaqtda tush ko’rish sodir bo’ladi. Tush ko’rish odamning ko’rgan-kechirganlari, maqsadlari, istaklari kabilarning bosh miya po’stlog’i markazlaridagi izlarining tiklanishidir.



Uyqu gigienasi. Bolalar va o’smirlar uyqusini gjgienik jihatdan to’g’ri uyushtirish ularning ish qobiliyatini yuqori bo’lishini ta’minlovchi omillari hisoblanadi. Bola o’rnining qulay bo’lishi, belgilangan vaqtda doimo uxlash uyqu gigienasida muhim ahamiyatga ega. Uyqudan avval xonani shamollatish, toza havoda sayr qilish, tishlarni tozalash oyoq-qo’llarni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Bola uxlashdan 1,5-2 soat oldin ovqatlangan bo’lishi lozim. Xona harorati 20°E atrofida saqlanishi tavsiya etiladi. Bolaning o’rni juda yumshoq yoki juda qattiq bo’lmasligi kerak. Uyqu gigienasiga rioya qilinsa, bola tiniqib uxlaydi, ish qobiliyati va kayfiyati yuqori bo’ladi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa