Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Trankvilizatorlar  guruhiga kiruvchi benzodiazepin  tinch-
lantiruvchi ta’sir ko‘rsatib, uyqu kelishini tezlashtiradi. Bular-
dan nitrozepam va boshqalar samarali hisoblanadi.
Ushbu dori vositalari — benzodiazepinlar past ishqoriy
xususiyatli bo‘lgani uchun, asosan, o‘n ikki barmoq ichakda
so‘riladi; organizmda qon bilan tarqaladi, 60—95% qondagi
oqsillar bilan bog‘lanadi. Faqat erkin holdagilari gematoensefalik
to‘siqdan o‘tadi va markaziy nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Asosan, jigarda mikrosomal fermentlar ta’sirida oksidlanadi va
o‘t bilan chiqib ketadi. Ular, chunonchi, uyqu tuzilishiga ta’sir
etmaydi, ya’ni tabiiy uyquga o‘xshash uyqu chaqiradi, kumu-
latsiya va noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi. Mikrosomal
fermentlarga ta’sir etmaydi.
Shunday qilib, benzodiazepinlar (nitrozepam, tazepam,
fenazepam va boshqalar) asosiy uxlatuvchi preparatlar hisob-
lanib, amalda uyqusizlikning hamma turlarida keng qo‘llaniladi.
Ular, ayniqsa, asabning buzilishi, bezovtalik va boshqa
emotsional holatlar bilan bog‘liq uyqusizlikda qo‘l keladi.
Nitrozepam O‘zbekiston davlat reyestriga kiritilgan va tibbiyot
amaliyotida keng ishlatiladi. Uning uxlatadigan ta’sir muddati
fenobarbitalga o‘xshash 30—40 daqiqadan keyin boshlanib,
6—8 soat davom etadi. Preparat kattaroq dozada tutqanoqqa
qarshi ta’sir ko‘rsatgani uchun ushbu xastalikda ham qo‘lla-
niladi. Nitrozepam homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi. U
kattaroq dozalarda nojo‘ya holatlarga (umumiy holsizlik,
ataksiya, bosh og‘rig‘i va boshqalar) sabab bo‘lishi mumkin.
Bular preparat dozasini kamaytirish bilan bartaraf etiladi.
Hozirda dorixonalarda connat, dobrokon, donormil va
lotokonnik dori vositalari shifokorlar retsepti bilan bemorlarga
berilyapti.
Preparatlar.
F e n o b a r b i t a l   (Phenobarbitalum) 0,05—0,1 g dan
kukun va tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan


145
yotishdan 30—60 daq. oldin uxlatuvchi; 0,01—0,05 g dan
tinchlantiruvchi sifatida beriladi.
B a r b i t a l   (Barbitalum). 0,25—0,5 g li kukun holida
uxlashdan 1 soat oldin 1 stakan choy bilan ichiladi.
B a r b i t a l   n a t r i y   (Barbitalum natrium). Kukuni 0,3—
0,5—0,75 g dan uyqudan 1 soat oldin choy bilan ichiladi.
10% li eritmasi teri ostiga va mushaklar orasiga 5 ml dan
yuboriladi.
E t a m i n a l     n a t r i y   (Aethaminalum natrium). Òabletka
holida ishlab chiqarilmaydi. Kukuni 0,1—0,2 g dan qabul
qilinadi; 5% li eritmasi 5—10 ml dan venaga yuboriladi
(tabletkasi reyestrdan chiqarilgan).
M e t a k v a l o n   (Methaqualone) 0,2 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. Uyqudan 30 daq. oldin ichiladi.
N i t r o z e p a m   (Nitrozepam) 0,005 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan uyqudan 30 daq. oldin ichiladi.
N o z e p a m   (Nozepamum) 0,01 g dan tabletkalar
ko‘rinishida ishlab chiqariladi. 0,005—0,01 g dan 2—3 marta
qabul qilinadi. Uyqusizlikda kechqurun uyqudan 30 daq. oldin
ichiladi.
F l u n i t r a z e p a m   (Flunitrazepam). 0,002 g dan tabletka
holida, ampulada 2 mg kukun holida, 1 ml sterillangan suv
saqlagan qo‘shimcha ampula bilan birga ishlab chiqariladi.
Eritmasi mushaklar orasiga, venaga yuborishdan oldin tayyor-
lanadi.
Rp.: Tab. Nitrozepami 0,005
D.t.d. N. 20
S. Uyqusizlikda 1 tabletkadan uyqudan 0,5 soat oldin
ichiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish