Farmakologiya


Og‘riq qoldiruvchi dori vositalari (Analgetiklar)



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Og‘riq qoldiruvchi dori vositalari (Analgetiklar)
Insoniyatning evolutsion taraqqiyoti davomida paydo
bo‘lgan og‘riqni sezishni idrok etishi (analgetiklar) fiziologik
jarayondir. Bu hisning asosiy zaruriyati odam organizmiga xavf
solayotgan ta’sirot to‘g‘risida darak berish, shu bilan birga bunga
qarshi tadbir ko‘rish va bo‘lajak ko‘ngilsiz asoratlarning oldini
olish imkoniyatlarini ishga solishdir. Boshqacha aytganda,
og‘riqning bo‘lishi organizmni xavfli ta’sirlardan himoya qilishga
qaratilgan. Shu bilan birga, og‘riq sezgisi jarrohlik yo‘li bilan
bemorlarga davo ko‘rsatishda katta to‘siq hisoblanadi. Haddan
tashqari og‘riq bo‘lishi uyquning buzilishiga, notinchlikka, ish
qobiliyati, harakatning pasayishiga, ayniqsa, og‘riqning
zo‘rayib ketishi ancha xavfli bo‘lgan karaxtlik holatiga  sabab
bo‘lishi mumkin. Masalan, miokard infarkti, o‘tkir pankreatit,
buyrak tosh kasalligining xuruji, suyaklarning sinishi, xavfli
o‘smalar, katta jarohatlanishlar va shikastlanishlarda shu
holatlar kuzatilishi mumkin.
Og‘riq sezgisi alohida sezuvchi nervlarning retseptorlari —
nositseptorlar orqali amalga oshiriladi. Bular organizmning
deyarli hamma to‘qimalarida joylashgan sezuvchi nervlar
(afferent nervlar yoki markazga intiluvchi nervlar) tolalarining
oxirida bo‘lib, mexanik, fizikaviy, kimyoviy va boshqa ta’sirlar
natijasida ularda hosil bo‘lgan impulslar nerv tolalari orqali orqa
miyaga o‘tib, ko‘tariluvchi afferent yo‘l bilan retikular for-
matsiyaga, talamus, giðotalamus, bazal gangliyalar, limbik tizim
va, nihoyat, bosh miya po‘stlog‘idagi sezish markaziga boradi,
shundagina og‘riq seziladi. Og‘riq sezgisi retseptorlarini endogen
moddalar ham ta’sirlab, og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin
(masalan, gistamin, bradikinin va boshqalar). Og‘riq sezish faqat
jarohatlanish, lat yeyishda bo‘lib qolmasdan, to‘qimalarning
yallig‘lanishi, shishlar, ezilish, yaralar, qon yetishmagan to‘qi-
malarda ham paydo bo‘lishi mumkin.
O‘tgan asrning 70-yillarida hayvonlarning miya to‘qimasida
og‘riq qoldiradigan moddalar topilgan (Djo Xyuz, Xao Li).
Ular neyropeptidlar bo‘lib, o‘z tarkibida turli aminokislotalar
qoldig‘ini saqlaydi (endorfin, enkefalin, dinorfinlar). Ushbu
neyropeptidlar og‘riq impulslarini o‘tkazishda qatnashadigan
opiat retseptorlarini bloklab, og‘riqni qoldiradi. Bu borada
narkotik analgetiklarning o‘rnini bosadigan og‘riqsizlantiruvchi


153
neyropeptid moddalarni topish to‘g‘risida ishlar olib bo-
rilgan.
Òibbiyot amaliyotida, ayniqsa, anesteziologiyada ishlati-
ladigan og‘riq qoldiruvchi dori vositalari farmakodinamikasi va
ishlatilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: narkoz
moddalari (umumiy anestetiklar), narkotik analgetiklar,
nonarkotik analgetiklar va mahalliy anestetiklar.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish