Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Levodopa. Preparat gematoensefalik to‘siqdan o‘tib,
neyronlarga kira oladigan va dofaminni ko‘paytiradigan dori
vositasi hisoblanadi. Dofaminning oshishi esa kasallik
alomatlarini kamaytiradi. Levodopa harakatsizlanish (akine-
ziya)ga ko‘proq, mushaklarning tonusi oshishi (rigidlik)ga
kamroq, mushaklar titrashi (tremor)ga yanada kuchsizroq
ta’sir etadi. Preparatning ta’siri sekin-asta namoyon bo‘lib, bir


151
haftadan keyin boshlanadi va bir oy mobaynida samarasi yuzaga
chiqadi. Dori ta’sirida nutq yaxshilanadi, so‘lak oqishi kamayadi.
Levodopa bilan davo qilishda uning dozasini oshirib turish
tavsiya etiladi. Preparat ovqatdan keyin ichiladi. Ko‘pincha
levodopa markaziy va periferik xolinoblokatorlar bilan birga
tavsiya etilmaydi. Uning karbidopa preparati bilan birga
qo‘shilgan preparati (karbidopa-levodopa) O‘zbekiston
Respublikasining davlat reyestriga kiritilgan.
Midantan — dofaminergik retseptorlarning sezuvchanligini
oshiradi, neyronal depodan dofaminning ajralishini ko‘pay-
tiradi, uning qaytadan depoga so‘rilishini kamaytiradi. Preparat
ta’sirida akineziya va rigidlik ancha kamayadi. Òremorga deyarli
ta’sir etmaydi.
Siklodol. Farmakologik ta’siri bo‘yicha markaziy va periferik
ganglioblokator hisoblanadi. Bunda harakatlantiruvchi impuls-
larning neyronlararo o‘tishi to‘siladi. Natijada rigidlik va
akineziya sezilarli darajada kamayadi. Òitroq holatiga esa ta’siri
kuchliroq. Preparat og‘iz orqali qabul qilinganida so‘lak oqishi,
terlash qisman kamayadi. Preparat glaukoma kasalligida,
taxiaritmiya va adenomada qo‘llanilmaydi.
Siklodol O‘zbekiston Respublikasi davlat reyestriga va asosiy
dori vositalari ro‘yxatiga trigeksifenidil nomi bilan kiritilgan.
Preparatlar.
L e v o d o p a  (Levodopa) 0,25 va 0,5 g dan kapsulada va
tabletkada ishlab chiqariladi. Boshlang‘ich dozasi 0,25 g dan
kuniga bir marta, keyinchalik har 2—3 kunda 0,25 g ga oshirib
boriladi. Bir kecha-kunduzlik maksimal dozasi 6 g.
M i d a n t a n   (Midantanum) 0,1 g dan parda bilan
qoplangan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan
kuniga 2—4 marta ovqatdan keyin ichiladi. Davo kursi 2—
4 oy.
S i k l o d o l   (Cyclodolum) 0,001; 0,002; 0,005 g dan
tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,001—0,002 g dan ichish
uchun kuniga 2—3 marta beriladi. Bir martalik yuqori dozasi —
0,01 g; kecha-kunduzlik dozasi ham 0,01 g.
Rp.: Tab. Diðhenini N.20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ovqatdan keyin
ichish uchun.
Rp.: Tab. Midantani 0,1 N.100
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta.


152

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish