Morfinning ishlatilishi. Òibbiyot amaliyotida morfin gidro-
xloridi dori vositasi sifatida ko‘proq jarrohlik amaliyotidan oldin
va keyin kuchli og‘riq bilan kechadigan shikastlanish, kuyish
jarohatlarida, buyrak va o‘t-tosh kasalliklari xurujida, miokard
infarktida, o‘tkir pankreatitda, endarteriitda (qorason), xavfli
o‘smalar va boshqa kasalliklarda tavsiya etilishi mumkin. Bunday
holatlarda morfinning qaramlik keltirib chiqarishini yodda tutib,
uning oldini olish tadbirlari ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |