Isitma tushiruvchi ta’siri. Issiqqonli hayvonlar va odam
organizmining harorati normal sharoitda bir me’yorda —
o‘zgarmagan holda turadi.
Nonarkotik analgetiklarning isitmani tushirishi tana harorati
ko‘tarilganda — isitma chiqqanda yaxshi namoyon bo‘ladi. Bunda
preparatlar ta’sirida prostaglandin sintezining susayishi hisobiga
uning issiqlikni idora etuvchi markazga ko‘rsatadigan pirogen
(isitma ko‘taruvchi) ta’siri ham susayadi. Bu, o‘z navbatida,
issiqlikni idora etuvchi markazning qo‘zg‘aluvchanligi pasayi-
shiga va shu sababli teri qon tomirlari kengayishi va ter chiqishi
hisobiga tanadan issiqlik chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa
isitmani tushirishga sabab bo‘ladi (23- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |