Yallig‘lanishga qarshi ta’siri. Ma’lumki, tanada bo‘ladigan
ko‘pchilik kasalliklar yallig‘lanish jarayoni bilan birga davom
etadi. Yallig‘lanishga xos bo‘lgan o‘zgarishlar — to‘qimaning
qizarishi, shishishi, haroratning ko‘tarilishi, og‘riq va shu
to‘qimaga taalluqli a’zolar faoliyatining buzilishi nonarkotik
analgetiklarning ta’sirida kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi.
Preparatlarning yallig‘lanishga qarshi bunday ta’siri, ayniqsa,
revmatizm kasalligida ro‘y-rost namoyon bo‘ladi.
Anilin unumlariga fenatsetin va paratsetamol preparatlari
kiradi. Ular, asosan, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi
ta’sirga ega. Shuning uchun ham ular ko‘pincha bosh, tish
og‘rig‘ida va uncha kuchli bo‘lmagan boshqa xil og‘riqlarda tavsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |