Indometatsin indol sirka kislota unumi bo‘lib, yallig‘lanishga
qarshi ta’siri bo‘yicha ancha samarali (salitsilat va butadiondan
kuchli) preparat hisoblanadi. U ham og‘riq qoldiradi, ham
isitma tushiradi. Indometatsin revmatizm va unga o‘xshash
bo‘g‘im kasalliklari (artrit, poliartritlar), podagrada keng qo‘lla-
niladi. Preparat nojo‘ya ta’sirga ham ega. Ko‘ngil aynishi, qayt
qilish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ayrim hollarda esa
agranulotsitoz va aplastik kamqonlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Umuman indometatsin ancha naf beradigan dori preparati
bo‘lishi bilan birga, bir qadar zararli hamdir. Indometatsin
ham, aspirin singari, me’da, o‘n ikki barmoq ichak yara
kasalligida berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |