Diklofenak (ortofen) yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruv-
chi va isitma tushiruvchi ta’sirga ega. Yallig‘lanishga qarshi va
og‘riq qoldiruvchi ta’siri bo‘yicha aspirin, butadion va ibupro-
fendan kuchli. Revmatizmga qarshi samarasi bo‘yicha predni-
zolon va indometatsindan qolishmaydi.
Brufen (ibuprofen) fenilpropionat kislota unumi bo‘lib,
yallig‘lanishga qarshi ta’siri bo‘yicha butadionga yaqinlashadi,
lekin salitsilatlardan kuchli. Brufen indometatsinga nisbatan
xavfsiz. Nojo‘ya ta’siri va beradigan asoratlari kamroq, asosan,
me’da-ichak tizimi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Bemorlarga bu preparat ko‘proq yoqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |