Yo‘tal markaziga ta’siri. Morfinning susaytiruvchi ta’siri
natijasida yo‘tal refleksi ancha kamayadi. Shuning uchun ham
morfinning yo‘talga qarshi ta’siri yaqqol ko‘rinadi.
Qusish markaziga ta’siri. Ko‘pchilik hollarda morfin qayt
qilish markazining qo‘zg‘alishini susaytiradi. Lekin ayrim
hollarda va, ayniqsa, itlarda bu markaz qo‘zg‘alib, qayt qilish
kuzatiladi. Bunday ta’sir bosh miyaning IV qorinchasi ostida
joylashgan „trigger zonasi“dagi xemoretseptorlarning qo‘zg‘a-
lishi bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |