Farmakologiya


Noingalatsion narkoz moddalari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Noingalatsion narkoz moddalari yoki nafas yo‘li orqali
yuborilmaydigan moddalar uchmaydigan suyuqliklardir. Ular
venaga va to‘g‘ridan to‘g‘ri ichak orqali yuborishga mo‘ljallangan.
Bu yo‘l bilan yuborish (to‘g‘ri ichakka) ilk bor rus jarrohi
F.I.Pirogov tomonidan taklif etilgan. Bu usulning qator
afzalliklari bor. Chunonchi, narkoz moddasini yuborish ancha
qulay va oson, jarrohlik narkozi qo‘zg‘alish davrisiz boshlanadi.
Narkoz moddasi venaga — bevosita qonga yuborilganidan so‘ng
u nafas yo‘li orqali chiqarilmagani uchun narkozning chuqur-
yengilligini boshqarib turishning imkoni yo‘qligi uning kam-
chiligi hisoblanadi. Bu moddalar, asosan, jigarda metabolizmga
uchrab, siydik bilan chiqariladi va shunda ularning qondagi
miqdori kamayadi, narkoz holati yo‘qoladi. Shu sababdan
ushbu narkoz usuli dozalantirilgan narkoz deyiladi. Narkoz
holati esa uncha chuqur bo‘lmay, ko‘pincha uzoq davom
etmaydi (20—30 daq.). Shu sababdan noingalatsion narkoz
moddalari, asosan, qisqa muddatli jarrohlik operatsiyalarini
bajarishda qo‘llaniladi. Uzoq davom etadigan operatsiyalarni
bajarishda esa bazis (asos) narkoz sifatida ko‘pincha ingalatsion
narkoz moddalari (azot (I) oksidi, ftoretan, efir) bilan birga
ishlatiladi. Shu maqsadda bemorga oldin venaga eritmali narkoz
moddasi yuboriladi va narkoz holati boshlangandan keyin
ingalatsion narkoz moddasi (efir, azot (I) oksidi) qo‘llaniladi.
Natijada ingalatsion narkoz moddasi kam sarflanadi, lekin
narkoz ancha chuqur va uzoq davom etadi. Bundan tashqari,
narkoz qo‘zg‘alish davrisiz va asoratsiz kechadi. Shu bilan birga
ingalatsion narkoz moddasini  yuborishdan oldin ko‘pchilik
bemorlarda bo‘ladigan turli salbiy holatlar (qo‘rqinch,
hayajonlanish, tushkunlik va boshqalar) kuzatilmaydi.
Noingalatsion narkoz moddalariga turli kimyoviy tuzilishga
ega bo‘lgan preparatlar kiradi. Ularning ta’sir etish muddati:
qisqa — 15 daq. (propanidid, ketamin), o‘rtacha — 20—30
daq. (tiopental, predion) va uzoq — 50—60 daq. (natriy
oksibutirat) bo‘lishi mumkin.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish