Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Ftorotan (Golotan) bug‘lari bilan nafas olinganda, 4—6
daqiqadan so‘ng narkoz boshlanadi, shu bilan birga qo‘zg‘alish
davri o‘rtacha darajada o‘tadi. Preparat nafas yo‘llarini ta’sir-
lantirmaydi. Ftorotan narkoz keltirib chiqarish kuchi bo‘yicha
dietil efirga qaraganda ikki baravar ustun turadi va ta’sir doirasi
ikki baravar keng.
Ftorotan qon bosimini pasaytiradi va miokardning adre-
nalinga bo‘lgan sezuvchanligini orttiradi.
Ftorotan bilan nafas olish to‘xtatilgandan keyin odam
tez (5—15 daq. dan so‘ng) uyg‘onadi va narkozdan keyingi
ta’siri, odatda, bilinar-bilinmas darajada namoyon bo‘ladi.
Ftorotan jigar kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Òrixloretilen. Farmakologik ta’siri bo‘yicha o‘ta kuchli
narkoz moddasi bo‘lib, juda tez kor qiladi. Narkozning birinchi
davridayoq og‘riqni butunlay qoldiradi. Nafas yo‘li shilliq
pardalarini ta’sirlantirmaydi, ichki a’zolarga ta’siri kam, bacha-
don qisqarishiga va homilaga ta’sir etmaydi. Òrixloretilenni
organizmga yuborish to‘xtatilgandan 2—3 daqiqa o‘tgandan
so‘ng odam uyg‘onadi. Preparat, asosan, qisqa muddatga og‘riqni
qoldirish uchun (tug‘ish jarayonida, abssess, flegmona va
boshqa yiringli yaralar operatsiyasida) ishlatiladi. Òrixloretilen
tarkibida xlor bo‘lgani uchun ftoretan singari miokardning
adrenalinga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi. Shu sababdan
trixloretilen narkozida adrenalinni qo‘llash taqiqlangan. Aks
holda yurak faoliyati buzilib, aritmiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
17- rasm. Xloroform (1) va efirning (2) ikkita bir xil
konsentratsiyada (1:2500) quyonning ajratib olingan
 yuragiga ta’siri ().
1
2


128
Preparat jigar va buyrak kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Òrixloretilen flakonlarda 100 ml dan ishlab chiqariladi.
Metoksifluran. Farmakologik ta’sir kuchi bo‘yicha efir va
ftorotandan kuchliroq, yengil uchuvchan suyuqlik. Narkoz
sekin-asta boshlanadi, qo‘zg‘alish davri yaxshigina namoyon
bo‘ladi. Uyg‘onish narkoz berish to‘xtatilgach 15—60 daq.dan
so‘ng boshlanadi. Shu sababli metoksifluran yakka holda
ishlatilmay, ko‘pincha ingalatsion (azot (I) oksidi) va noinga-
latsion (tiopental natriy va boshqalar) narkoz moddalari hamda
miorelaksantlar (ditilin) bilan birga qo‘llanadi. Preparat ftore-
tanga nisbatan miokardning adrenalinga sezuvchanligini kamroq
oshiradi. Bachadonga deyarli ta’sir etmasligi va kuchli  og‘riq
qoldirish xossasini hisobga olib metoksifluran akusherlik ama-
liyotida keng ishlatiladi.
Xloretil. Yengil va tez uchuvchan suyuqlik bo‘lib, bug‘lari
nafas yo‘li orqali yuborilsa, umumiy narkoz holatini keltirib
chiqaradi. Bunda ta’siri ancha kuchli namoyon bo‘ladi va
og‘riqni yaxshigina qoldiradi. Narkozning qo‘zg‘alish davri ro‘y-
rost ko‘rinadi. Bundan tashqari, xloretilning jarrohlik narkozi
ta’sir doirasi kichik (tor) bo‘lgani uchun zaharlanish davriga
o‘tib ketish xavfi bor. Shu sababdan u jarrohlik narkozi olish
uchun ishlatilmaydi, faqat raush narkozda (narkozning
birinchi —analgeziya davrida) qo‘llaniladi. Bundan tashqari,
mahalliy og‘riqlar to‘qimani muzlatish yo‘li bilan qoldiriladi,
chunki xloretil +120°C da bug‘lanib ketadi.
Shu sababdan sepilsa, u tez bug‘lanib to‘qimani muzlatadi.
Bundan tashqari, qisqa muddatli jarrohlik muolajalarini
bajarishda, shikastlanish bilan bog‘liq og‘riqlarni qoldirishda
tavsiya etiladi. Preparat maxsus shisha ampulalarda 30 ml dan
ishlab chiqariladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish