2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

Navlari:
 
O„zbekistonda «Saratovskoe-853» navi rayonlashtirilgan. 
 
 
Yetishtirish texnologiyasi 
O„tmishdosh. 
Tariq o„simligi yaxshi ishlangan yerni talab qiladi. Shuning 
uchun donli ekinlarning ang„izi yumshatilib, keyin haydaladi. Tog„ oldi va tog„ 
etagida shudgor qilingan erlarga qish kunlarn namni yaxshi to„plash uchun qor 
tutqich, yomg„ir va qor suvlarini tutib qoladigan uvatlar yasaladi. Erta ko„klamda 
shudgor boronalanadi va yerning qatqaloqlanishi, begona o„tlarning o„sishiga 
qarab bir necha marta kultivatsiya bilan borona qilinadi va mola bostiriladi. Mola 
bostirish maysalarning bir tekis ko„karib chiqishini ta‟minlaydi.
O„g„itlash. 
Tariq o„g„itlarni ham talab qiladi. O„rtacha 1 ts don va tegishli 
somon hosilini yetishtirish uchun 3 kg azot, 1,4 kg fosfor, 3,4 kg kaliy va 1 kg 
kalsiy sarflanadi. Oziq elementlarni tariq bir tekisda o„zlashtirmaydi. Maysalanish-
tuplanish davrida barcha oziqa elementlarning 7 foizini o„zlashtiradi. Tuplanish-


179 
gullash davrida oziqa elementlarining o„zlashtirilishi jadallashadi va bu 65 foizga 
to„g„ri keladi, gullash-pishish davrida 28-30 foizi o„zlashtiriladi. Tariq gullash va 
don to„lishish davrida azot, kaliy va kalsiyni ko„p o„zlashtiradi.
Asosiy o„g„itlashda organik va madaniy o„g„itlar qo„llaniladi. Organik o„g„it 
ta‟sirida hosil ancha oshadi. O„g„itning ta‟siri tuproqga ham bog„liq bo„ladi. Bo„z 
tuproqlarda azotli va fosforli o„g„itlarni ta‟siri kuchlidir. Kuzda yer haydashdan 
oldin o„rtacha 10-12 t. go„ng, 60 kg fosfor, va 30 kg kaliy solish maqsadga 
muvofiqdir.
Tariq donining tarkibida fosfor kam. Dastlabki rivojlanish uchun urug„ bilan 
birga fosforli o„g„it solish yaxshi natija beradi (10-15 kg/ga).
O„suv davrida, ya‟ni tuplanish yoki nay o„rash davri boshlanishida 
qo„shimcha oziqlantiriladi. Bunda 30-50 kg azot va 20-30 kg fosfor ishlatiladi.
Ekish. 
Ekish uchun avval urug„lik tayyorlab bunda ro„vakning eng yuqori 
qismidagi serhosil urug„lar tanlab olinadi. Urug„ tozalanadi, saralanadi. Ekiladigan 
urug„ bir tekisda, davlat andozasiga javob berishi kerak. Birinchi klassdagi 
urug„ning tozaligi 99%, unuvchanligi kamida 95% bo„lishi, kuya kasalligiga qarshi 
urug„ dorilanishi lozim.
Ekish muddati tanlanadi. Harorat 10 
o
C dan past va 30 
o
C dan yuqori bo„lsa. 
Maysasi to„la unib chiqmaydi. Ekish chuqurligidagi harorat 12-15 
o
C bo„lganida 
tariqning maysasi tez kunda to„la ko„karib chiqadi. Lalmi yerlarda aprel-may 
oylarida ekiladi. Sug„oriladigan yerlarda ham aprelning oxirida yoki ang„izga 
takroriy ekin sifatida iyun va iyulning boshlarida ekiladi.
Ekish usuli tuproq sharoitiga bog„liqdir. Unumdor nam yetarli sharoitda 
ko„pincha yoppasiga qatorlab, unumdorligi past, nam kam bo„lgan sharoitda keng 
qatorlab ekiladi, qator orasi 45 yoki 60 sm bo„lishi kerak. Tariqni ikki qatorlab 
(qo„sh qatorlab) ekish mumkin: 60 x 15, 45 x 15. Lalmi yerlarda oddiy yoppasiga 
qatorlab ekiladi. Ekish chuqurligi 3 sm dan 8 sm gacha bo„lib, u tuproqning turiga, 
mexanik tarkibiga bog„liqdir.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish