Mavzu:NASADKALI KOLONNALARNING GIDRODINAMIKASI Guruh: 34-17 Bajardi: Мирхужаев.М Mavzuning nazariy qismi - Sanoatdagi ishlatiladigan nasadkalar kolonnaga ikki xil usulda joylashtiriladi: tartibli (tugri bir xilda taxlash) va tartibsiz (quyib taxlash). Xalkasimon (tugri taxlanganda) nasadkalar tartibli joylashtiriladi. Xalkasimon (qо‘yib tashlanganda), egarsimon va bulakli nasadkalar tartibsiz joylashtiriladi. Nasadkalar plastmassa, chinni, temir va boshqa turdagi materiallardan tayyorlanadi. Ular maksimal solishtirma yuzaga, minimal massaga, kichik gidravlik qarshilikka va katta erkin xajmga ega bulgan bо‘ lishi kerak. A (m2/m3) nasadkaning solishtirma yuzasi xajm birligiga tо‘g‘ri keladigan katlam va erkin bо‘sh xajmi (m3/m3) qaysiki nasadkali elementlar orasidagi erkin bо‘sh, xajm, qatlamning yuza birligiga tо‘g‘ri kelishni kо‘rsatadi. Bundan tashqari qurilmaning samaradorligini oshirish uchun nasadkalarni yaxshi xо‘llab va bir xilda suyuliqni purkab tarqatish zarur, bu esa kelayotgan gazni gidrodinamik qarshiligini kamaytirishga va shu muhitda korroziyadan saqlashga olib keladi. Bu xildagi nasadkalar talablarning xammasiga javob bera olmaydi.
- Nasadkali kolonnalar rektifikatsiya va absorbsiya jarayonlari olib boriladigan qurilmalarda keng kо‘llaniladi. Sanoatda qо‘llaniladigan asosiy nasadkalar farfordan tayyorlangan bо‘lib, uni Rashig xalkasi deyiladi va bular kurilmaning gaz va suyuklik о‘tadigan tayanch turlarga о‘rnatiladi. Gaz turning pastidan beriladi, sungra nasadka katlamidan utadi. Suyuklik esa kolonnaning yuqori qis midan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka katlamidan о‘tayotganida pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna effektiv ishlashi uchun suyuqlik bir tekisda, kurilmaning butun kо‘ndalang kesimi buylab bir xil sochib berilishi kerak.
- Kolonnaning yuqori qismidan sochib berilayotgan suyuqlik qurilmaning butun kо‘ndalang kesimi bо‘yicha bir xilda nasadkalar qatlamida taqsimlanganda, nasadkali kolonnalar samarador ishlaydi. Nasadkali kolonnalarning tuzilishi sodda, gidravlik qarshiligi kam bulgani uchun ular ishlatish uchun qulaydir. Kamchiligi: jarayon davomida xosil bulgan issiqlikni ajratib olish va kichik namlash zichligida nasadkaning namlanishi qiyinlashadi.
Ishning maqsadi: - Gidrodinamik faktorlar ta’sirini aniqlash, ya’ni (nasadkali kolonnalarni ishlash vaktida) – namlash zichligini, qatlamning gidravlik qarshiliklarini yengish uchun sarf bо‘ladigan bosimni aniqlash va kolonnada gazning xarakat rejimini aniqlashdir. Ishni bajarish tartibi: 12.1 rasmda laboratoriya tajriba kurilmasi tasvirlangan. Tajriba kurilmasi ikkita metalldan tayyorlangan kolonnadan tashkil topgan bо‘lib, birinchi kolonnaning diametri D=150 mm bulib, xalkasimon Rashig nasadkalari bilan tuldirilgan, ikkinchi kolonnaning diametri D=60 mm bо‘lib, kesmali nasadkalardan iboratdir. Sirkulyatsiyali nasos 2, suv tо‘plash idishi 1, membranali kompressor 10, bosimni ulchash uchun manometrlar 6, 7, 8 va suvning sarf mikdorini ulchash uchun 5 va gaz uchun 11 rotametrlar qо‘yilgan. Ishni olib borish uchun 3 yoki 4 kolonnadan foydalaniladi va ular ventillar Ia – Ib, 2a – 2b, 3a – 3b, 4a – 4b yordamida suv yoki xavo berish trubasiga ulanadi.
Ishning bajarilishi - 1. Laboratoriya kurilmasining xolati tekshiriladi.
- 2. Laboratoriya ishini bajarilishida 3 yoki 4 kolonnadan foydalanish ukituvchi tomonidan belgilanadi xamda juft ventillar Ia – Ib, 3a – 3b ochiladi va 2a– 2b, 4a – 4b yopiladi yoki teskarisi bajariladi.
- 3. Suv beriladigan idish I tuldiriladi.
- 4. Laborant ishtirokida talabalar xavo beradigan membrana kompressori 10 ishga tushiriladi.
- 5. Kran 12 yordamida xavoning sarf mikdori namlamasdan sarf bо‘ladigan bosimlar farqi о‘lchanadi. Xavoning sarf miqdori uzgartiriladi va yana bosimlar farqi о‘lchanadi. Bu jarayon 5 martagacha takrorlanadi va kuzatuv jurnaliga yozib boriladi.
- 6. Nasosning 13 va 14 ventili ochiladi.
- 7. Laborant ishtirokida suvni sirkulyatsiya qiluvchi nasos 2 ishga tushiriladi.
- 8. Ventil 13ni ochish bilan suv qurilmaga beriladi va uning mikdori rota metr 5 yordamida kursatkich bо‘linma chizig‘i soni 20 dan oshmagan xolda о‘rnatiladi.
- 9. Kolonna 4 ish vaktida difmanometr va bosimlar farqi qiymati kuzat uv jurnaliga yozib turiladi. Termometr yordamida tо‘plamdagi 1 suvning temperaturasi о‘lchab turiladi. О‘lchov asboblarining birinchi kо‘rsatkichlar I olingandan sung, xavoning sarf mikdori rotametr 11 kuzatish yordamida kursatkich bо‘linma chizigi 40 soniga keltiriladi va ulchov asboblarini kursatkichlari yozib olinadi. Shu tarzda 5 marta xavoning sarflanish mikdorini о‘zgartirgan xolda, xisoblash jadvaliga yozib boriladi. Xavoning sarflanish mikdorini о‘zgarishini о‘kituvchi tomonidan beriladi yoki bir xilda о‘zgarmas qilib koldiriladi. Rotametr orqali suvning sarflanish mikdorini asta – sekin kо‘paytiriladi.
Labaratoriya ishiga oid
Do'stlaringiz bilan baham: |