81
Boshqaruv
Markazlashtirilgan avtoritar
boshqaruv, axborotlar bilan
ta’minlashning va sub’yektlar
hamda ichki sub’yektlar
munosabatlarining murakkabligi.
Innovatsion jarayon boʻyicha
kelishuvning murakkabligi
Ishlab chiqarish tashkiliy
tizimining muqobilligi,
demokratik boshqaruvga
asoslanishi, axborotlar bilan
ta’minlanishi. Innovatsion
jarayonni amalga oshirishda
umumiy maqsadning
shakllanishi
6-jadvaldan koʻrinadiki, Innovatsion jarayonlar rivojlanishiga ta’sir
koʻrsatuvchi siyosiy va huquqiy omillar intellektual mulkni himoyalash bilan
bevosita bogʻliqdir.
Intellektual mulk agentligi tomonidan intellektual mulk tizimini
rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk
sohasidagi
Strategiyasi
ishlab chiqildi. Ushbu hujjat maqsadi intellektual
mulk sohasini rivojlantirishning keyingi yoʻnalishlarini va intellektual mulk
tizimidagi manfaatdor davlat tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini
belgilash,
shuningdek, alohida e’tiborga molik asosiy muammolarni ochib
berishdan iboratdir.
Strategiya vazifalari quyidagilardan iborat:
intellektual mulk sohasini rivojlantirish masalasiga tizimli yondashuvni
va muammoli masalalarning bartaraf etilishini ta’minlash;
davlat idoralarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish, jumladan,
intellektual mulk borasidagi qonunchilikni bir xilda talqin etilishi borasida;
qatnashuvchi tomonlarning mas’uliyatini oshirish;
ilmiy-texnik ijodkorlik va innovasion fikrlash/tadbirkorlik uchun qulay
shart-sharoit yaratish;
qatnashuvchi barcha tomonlarda intellektual
mulkka nisbatan hurmat
hissini shakllantirish.
Ushbu hujjatning ishlab chiqilishi quyidagi dolzarb muammolarning
yechimini talab etadi:
Intellektual mulk sohasida band boʻlgan barcha davlat tashkilotlarining
uyushqoqlik bilan ishlashiga, intellektual mulkni himoyalash va uni
kommersiyalashtirishga erishish.
82
Tadbirkorlik va ilm-fan sub’yektlarining, xuddi shuningdek, davlat
tashkilotlari xizmatchilari va boshqaruv tizimi
xodimlarining huquqiy
savodxonligini oshirish.
Intellektual mulk tizimini va unga nisbatan hurmat hissini rivojlantirib
borish iqtisodiyotni innovasion jihatdan rivojlantirish asoslari sifatida
belgilanishi lozim.
Umuman olganda, intellektual mulk davlat taraqqiyoti va xalqning
moddiy farovonligini oshirishda muhimdir, degan nuqtai nazarni
shakllantirish
Strategiyani yaratishda Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij
konvensiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasiga doir
qonunlari, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar Strategiyasi, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, Butunjahon intellektual
mulk tashkilotining (bunday keyin - BIMT) milliy Strategiyani ishlab chiqish
boʻyicha uslubiy koʻrsatmalari huquqiy asos boʻlib xizmat qildi.
Qonun talablariga rioya etilishida mavjud muammolarni kompleks hal
etish, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarishning samarali
mexanizmlarini
joriy etish, mualliflar va huquq egalarining munosib haq
olish huquqlarini ta’minlash, yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratilishini
ragʻbatlantirish, ushbu jarayonlar va munosabatlarda davlat nazorati amalga
oshirilishini ta’minlash maqsadida Intellektual mulk agentligi tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tizimini tubdan takomillashtirish
toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi tayyorlandi. Ushbu
Qaror loyihasi mualliflik
huquqini samarali himoya qilish, mualliflar va huquq egalariga mutanosib
haq toʻlash mexanizmlarini yaratish va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda
boshqarishni amalga oshiruvchi "Oʻzbekiston mualliflari jamiyati" nodavlat-
notijorat tashkilotini tuzishni nazarda tutadi.
Patent huquqi dastlab feodalizmning soʻnggi davrlarida feodal jamiyat
negizida xoʻjalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana
boshlashi bilan yuzaga keldi. Patent huquqi –
ishlab chiqarishning
kapitalistik usuli ustun kelishi va hokimiyatning burjuaziya yoʻliga oʻtishi
natijasida shakllandi.
83
Innovatsion musobaqa Patentlar poygasini oʻz ichiga olib, firmalararo
innovatsiyada birinchilikka sazovor boʻlish deganidir. Patentlar poygasida
birinchilikni olgan firma oʻz mahsulotini sotishda maxsus huquqqa ega
boʻlib bozorda oʻz monopoliyasiga 15 yildan 20 yilgacha boʻlgan davrda
erishadi.
Interaktiv davlat xizmatlari yagona Portali orqali “Ixtiroga Patent
olish” interaktiv xizmatini koʻrsatish reglamenti quyidagicha:
1. Xizmat tavsifi (Pasporti)
1.1. Xizmat nomi (Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali “Ixtiroga
Patent olish” Xizmat natijasi ixtiroga Patent olishdan iborat)
1.2. Xizmatni koʻrsatadigan tashkilotlar va blanklarni olish joyi (Arizalarni
qabul qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual
mulk Agentligi amalga
oshiradi. www.ima.uz; E-mail: info@ima.uz)
1.3 Huquqiy asoslar (1.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi,
1997 yil 1 mart, № 257-1;
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar,
foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuni; 3. Ixtiroga
Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish
va koʻrib chiqish qoidalari)
1.4 Xizmatdan foydalanuvchilar (Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan barcha
yuridik va jismoniy shaxslar)
1.5 Bajarish muddati (Xizmat 3-5 yil davomida taqdim etiladi)
1.6. Tasdiqlovchi hujjatni berish muddati (Intellektual mulk Agentligi bir ish
kuni davomida talabnoma kelib tushganligini tasdiqlaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: