G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

rivojlanishini huquqiy 
ta’minlash 
Tashkiliy 
Tashkiliy tarkiblarning eskirishi 
Bozor sharoitlaridan kelib 
chiqqan holda tashkiliy 
tarkibni takomillashtirishga 
moyilligi
25
Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. – T.: TDIU, 2013. 


81 
Boshqaruv 
Markazlashtirilgan avtoritar 
boshqaruv, axborotlar bilan 
ta’minlashning va sub’yektlar 
hamda ichki sub’yektlar 
munosabatlarining murakkabligi. 
Innovatsion jarayon boʻyicha 
kelishuvning murakkabligi 
Ishlab chiqarish tashkiliy 
tizimining muqobilligi, 
demokratik boshqaruvga 
asoslanishi, axborotlar bilan 
ta’minlanishi. Innovatsion 
jarayonni amalga oshirishda 
umumiy maqsadning 
shakllanishi 
 
6-jadvaldan koʻrinadiki, Innovatsion jarayonlar rivojlanishiga ta’sir 
koʻrsatuvchi siyosiy va huquqiy omillar intellektual mulkni himoyalash bilan 
bevosita bogʻliqdir. 
Intellektual mulk agentligi tomonidan intellektual mulk tizimini 
rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk 
sohasidagi 
Strategiyasi
ishlab chiqildi. Ushbu hujjat maqsadi intellektual 
mulk sohasini rivojlantirishning keyingi yoʻnalishlarini va intellektual mulk 
tizimidagi manfaatdor davlat tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini 
belgilash, shuningdek, alohida e’tiborga molik asosiy muammolarni ochib 
berishdan iboratdir.
 
Strategiya vazifalari quyidagilardan iborat: 

intellektual mulk sohasini rivojlantirish masalasiga tizimli yondashuvni 
va muammoli masalalarning bartaraf etilishini ta’minlash;

davlat idoralarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish, jumladan, 
intellektual mulk borasidagi qonunchilikni bir xilda talqin etilishi borasida;

qatnashuvchi tomonlarning mas’uliyatini oshirish; 

ilmiy-texnik ijodkorlik va innovasion fikrlash/tadbirkorlik uchun qulay 
shart-sharoit yaratish; 

qatnashuvchi barcha tomonlarda intellektual mulkka nisbatan hurmat 
hissini shakllantirish.
Ushbu hujjatning ishlab chiqilishi quyidagi dolzarb muammolarning 
yechimini talab etadi:

Intellektual mulk sohasida band boʻlgan barcha davlat tashkilotlarining 
uyushqoqlik bilan ishlashiga, intellektual mulkni himoyalash va uni 
kommersiyalashtirishga erishish.


82 

Tadbirkorlik va ilm-fan sub’yektlarining, xuddi shuningdek, davlat 
tashkilotlari xizmatchilari va boshqaruv tizimi xodimlarining huquqiy 
savodxonligini oshirish.

Intellektual mulk tizimini va unga nisbatan hurmat hissini rivojlantirib 
borish iqtisodiyotni innovasion jihatdan rivojlantirish asoslari sifatida 
belgilanishi lozim.

Umuman olganda, intellektual mulk davlat taraqqiyoti va xalqning 
moddiy farovonligini oshirishda muhimdir, degan nuqtai nazarni 
shakllantirish 
Strategiyani yaratishda Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij 
konvensiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasiga doir 
qonunlari, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar Strategiyasi, Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, Butunjahon intellektual 
mulk tashkilotining (bunday keyin - BIMT) milliy Strategiyani ishlab chiqish 
boʻyicha uslubiy koʻrsatmalari huquqiy asos boʻlib xizmat qildi.
Qonun talablariga rioya etilishida mavjud muammolarni kompleks hal 
etish, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarishning samarali 
mexanizmlarini joriy etish, mualliflar va huquq egalarining munosib haq 
olish huquqlarini ta’minlash, yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratilishini 
ragʻbatlantirish, ushbu jarayonlar va munosabatlarda davlat nazorati amalga 
oshirilishini ta’minlash maqsadida Intellektual mulk agentligi tomonidan 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi 
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tizimini tubdan takomillashtirish 
toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi tayyorlandi. Ushbu Qaror loyihasi mualliflik 
huquqini samarali himoya qilish, mualliflar va huquq egalariga mutanosib 
haq toʻlash mexanizmlarini yaratish va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda 
boshqarishni amalga oshiruvchi "Oʻzbekiston mualliflari jamiyati" nodavlat-
notijorat tashkilotini tuzishni nazarda tutadi. 
Patent huquqi dastlab feodalizmning soʻnggi davrlarida feodal jamiyat 
negizida xoʻjalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana 
boshlashi bilan yuzaga keldi. Patent huquqi – ishlab chiqarishning 
kapitalistik usuli ustun kelishi va hokimiyatning burjuaziya yoʻliga oʻtishi 
natijasida shakllandi. 


83 
Innovatsion musobaqa Patentlar poygasini oʻz ichiga olib, firmalararo 
innovatsiyada birinchilikka sazovor boʻlish deganidir. Patentlar poygasida 
birinchilikni olgan firma oʻz mahsulotini sotishda maxsus huquqqa ega 
boʻlib bozorda oʻz monopoliyasiga 15 yildan 20 yilgacha boʻlgan davrda 
erishadi.
Interaktiv davlat xizmatlari yagona Portali orqali “Ixtiroga Patent 
olish” interaktiv xizmatini koʻrsatish reglamenti quyidagicha: 
1. Xizmat tavsifi (Pasporti) 
1.1. Xizmat nomi (Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali “Ixtiroga 
Patent olish” Xizmat natijasi ixtiroga Patent olishdan iborat) 
1.2. Xizmatni koʻrsatadigan tashkilotlar va blanklarni olish joyi (Arizalarni 
qabul qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligi amalga 
oshiradi. www.ima.uz; E-mail: info@ima.uz) 
1.3 Huquqiy asoslar (1.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, 
1997 yil 1 mart, № 257-1; 
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, 
foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuni; 3. Ixtiroga 
Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish 
va koʻrib chiqish qoidalari) 
1.4 Xizmatdan foydalanuvchilar (Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan barcha 
yuridik va jismoniy shaxslar) 
1.5 Bajarish muddati (Xizmat 3-5 yil davomida taqdim etiladi) 
1.6. Tasdiqlovchi hujjatni berish muddati (Intellektual mulk Agentligi bir ish 
kuni davomida talabnoma kelib tushganligini tasdiqlaydi). 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish