G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


Intellektual mulkni Oʻzbekistonda muhofazalash



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
Intellektual mulkni Oʻzbekistonda muhofazalash 
Oʻzbekistonda Milliy Patent tizimi yaratilish tarixiga nazar soladigan 
boʻlsak, 1992-2011 yillar – intellektual mulk ob’yektlari muhofazasi bilan 
shugʻullanuvchi vakolatli organlar Davlat Patent idorasi va Mualliflik huquqi 
agentligi tashkil etildi, jahon Patent tizimi amaliy ish tajribasini oʻrganish va 
iqtisodiy oyoqqa turish yillari boʻldi. Ushbu davrda bevosita intellektual 
mulk ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi qonunlar 
qabul qilindi, bular: “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar 
kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi, “Ixtirolar, foydali modellar va 
sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi, “EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar 
bazalari toʻgʻrisida”gi, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi, “Mualliflik 


84 
huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”, “Integral mikrosxemalar 
topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi kabi qonun 
hujjatlaridan iborat. 
Shuningdek, Oʻzbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkiloti 
(BIMT)ga va intellektual mulk sohasidagi 10 dan ortiq xalqaro 
shartnomalarga a’zo boʻldi, hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirdi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 maydagi “Oʻzbekiston 
Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 
Qarori bilan Davlat Patent idorasi va Mualliflik huquqi bazalarida 
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tashkil etildi. Natijada 
xalqimizning ilmiy-texnikaviy ijod erkinligidan samarali foydalanishi uchun 
yanada kengroq sharoitlar yaratildi. Intellektual mulk sohasida yagona davlat 
siyosatini yuritish, yagona
 
yondashuvni ta’minlash, mamlakatimizning 
ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish 
boʻyicha yaxlit tizim vujudga keldi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 oktyabrdagi PQ-
2637-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi 
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq 
Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tarkibiy tuzilmasi 
hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 
noyabrdagi 394-sonli Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual 
mulk agentligi toʻgʻrisidagi Nizomi tasdiqlandi. Ushbu qarorning asosiy 
maqsadi intellektual mulk ob’yektlarini xalqaro norma va standartlarga 
muvofiq huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, unga xos 
boʻlmagan va umrini oʻtab boʻlgan vazifalarni bekor qilish, shuningdek 
Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatiga 
zamonaviy interfaol davlat xizmatlarini joriy etishdan iborat. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish