G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


Patent egasining sanoat mulki ob’yektidan foydalanish huquqi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

Patent egasining sanoat mulki ob’yektidan foydalanish huquqi. 
Agar sanoat mulki ob’yektidan oʻz xohishicha foydalanish boshqa patent 
egalarining huquqlarini, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur 
ob’yektdan foydalanishini taqiqlab qoʻyish huquqini buzmasa, bunday 
foydalanish patent egasiga tegishlidir, shu zaylda foydalanish ushbu 
Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish deb hisoblanmaydigan 
hollar bundan mustasno.
 
Bir nechta patent egasiga qarashli boʻlgan sanoat mulki ob’yektidan 
foydalanish borasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasidagi kelishuvga 
binoan belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, har bir patent egasi 
muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’yektidan oʻz xohishicha foydalanishi 
mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz ob’yektga mutlaq 
litsenziya berishga yoki patentni oʻzga shaxsga topshirishga haqli emas. 
Patent egalari patent roʻyxatga olingan sanadan boshlab uch yil 
mobaynida sanoat mulki ob’yektidan foydalanmasa yoki etarli darajada 
foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki ob’yektidan 
foydalanishni xohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent 
egasi litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, oʻziga majburiy 
nomutlaq litsenziya berishni soʻrab sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi 
mumkin. 
 
Patent berish haqidagi talabnomani ekspertizadan oʻtkazish. 
Innovatsion loyihalarning texnik va ilmiy ekspertizalari innovatsion 
loyihalarning amaliy ahamiyatini, ilmiy-texnologik darajasini hamda 
iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash, ularni moliyalashtirishning 
maqsadga muvofiqligi va hajmi toʻgʻrisida tavsiyalar ishlab chiqish 
maqsadida amalga oshiriladi.
Texnik va ilmiy ekspertizalarni oʻtkazish jarayonida ishtirokchilarning 
mustaqilligi hamda huquqiy jihatdan himoyalanganligi, ekspertizalar 
natijalarining xolisligi, ochiqligi ta’minlanishi kerak, davlat sirlarini va 
qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan 
mustasno. 
Texnik va ilmiy ekspertizalar innovatsion loyihani amalga oshirish 
uchun bajarilayotgan yoki taklif etilayotgan yoʻnalishga muvofiq boʻlgan 
mutaxassislarni jalb etish orqali oʻtkaziladi.


95 
Texnik va (yoki) ilmiy ekspertizalarni oʻtkazish jarayonida 
ekspertizalar natijalaridan shaxsan manfaatdor boʻlgan jismoniy va yuridik 
shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Texnik va (yoki) ilmiy ekspertizalarni oʻtkazishda ishtirok etgan 
hamda qabul qilingan xulosadan norozi boʻlgan ekspert mazkur xulosaga 
oʻzining asoslantirilgan fikrini ilova qilishga haqlidir. 
Texnik ekspertiza loyihaga oid talabnomaning taqdim etilgan hujjatlari 
belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashga, shuningdek loyihaga oid 
talabnoma boʻyicha taqdim etilgan axborotni idrok etish va tahlil qilishning 
buzilishiga olib keladigan xatolarni aniqlashga qaratilgan faoliyatdir. 
Texnik ekspertizani oʻtkazish muddati loyihaga oid talabnoma olingan 
paytdan e’tiboran oʻn besh kalendar kundan oshmasligi kerak. 
Texnik ekspertiza quyidagi tartib-taomillarni oʻz ichiga oladi: 

loyihaga oid talabnomaning toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini, 
shuningdek zarur imzolar, muhrlar va shtamplarning mavjudligini 
tekshirishni;

berilgan loyihaga oid talabnomaga oʻxshash boʻlgan, ilgari amalga 
oshirilgan 
loyihalarning 
mavjudligini 
tekshirish 
va 
loyihaga 
oid 
talabnomalarning takrorlanishini aniqlashni;

taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarning toʻgʻriligini 
aniqlashni; 

loyihaga oid talabnomada koʻrsatilgan ma’lumotlarni tekshirishni
texnik xatolar va noaniqliklarni aniqlashni; 

vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan loyihalarni texnik 
ekspertizadan oʻtkazish reglamentiga muvofiq boshqa tartib-taomillarni. 
Ilmiy ekspertiza innovatsion loyiha boʻyicha asoslangan qaror (xulosa) 
qabul qilish maqsadida innovatsion loyihaning ilmiy yangiligini, dolzarbligi 
va amaliy ahamiyatini oʻrganishga, shu jumladan ilmiy jamoaning ilmiy-
uslubiy salohiyatini, moddiy-texnika bazasini tahlil qilish hamda baholashga 
qaratilgan faoliyatdir. 
Ilmiy ekspertizani oʻtkazish muddati loyihaga oid talabnoma olingan 
paytdan e’tiboran oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak. 
Ilmiy ekspertizani baholash mezonlari quyidagilardan iborat: 

ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlash 
(tashkil etish), ushbu mahsulotning import oʻrnini bosishi va (yoki) 
eksportga yoʻnaltirilganligi boʻyicha salohiyatini baholash uchun ilmiy-


96 
texnik hujjatlarni ishlab chiqishni rejalashtirishni nazarda tutuvchi loyihani 
amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;

loyihani tijoratlashtirish istiqbollari; 

innovatsiya obyektiga boʻlgan talab darajasi; 

intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlarining mavjudligi

loyiha ijrochilarida ilmiy-texnik yoki innovatsion faoliyatni amalga 
oshirish boʻyicha tegishli tajribaning va tajriba-konstruktorlik ishlari 
natijalarining mavjudligi; 

ishlab chiqarish bazasining texnologik jihatdan ta’minlanganlik 
darajasi. 
Ilmiy ekspertizani oʻtkazishga xorijlik mutaxassislar jalb qilinishi 
mumkin. 
Innovatsiyalarni 
yaratishga 
doir 
davlat 
buyurtmasi 
doirasida 
bajariladigan innovatsion loyihalar ilmiy va texnik ekspertizalar oʻtkazishni 
nazarda tutuvchi majburiy davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim. 
Davlat ilmiy va texnik ekspertizalari vakolatli davlat organi tomonidan 
oʻtkaziladi.
28
Intellektual mulk agentligi patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha 
rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda 
ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning 
mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasidan iborat boʻlgan davlat 
ekspertizasini oʻtkazadi. 
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan 
sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki 
ob’yektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar 
yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi 
talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent 
boji toʻlangan taqdirda, koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, lekin Agentlik 
patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin. 
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish 
haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda 
shu soʻrov yoʻllangan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan 
yoki etishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma 
28
O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 24-iyul, O‘RQ-630-son 


97 
beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish 
toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent 
berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat 
talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra shu muddat oʻtgan sanadan 
keyin koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin. 
Sanoat mulki ob’yekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan 
patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli 
soʻrov unga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida ushbu 
ob’yektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda 
tegishincha talabnoma hujjatlariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki 
talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa ob’yektlar alohida talabnomalarga 
ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu ob’yektlardan qaysi 
birini koʻrib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan 
materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat 
namunasi tavsifida birinchi qilib koʻrsatilgan ob’yekt davlat ekspertizasidan 
oʻtkaziladi. 
Davlat ekspertizasi soʻrovi boʻyicha materiallarni taqdim etishning 
talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan 
muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va 
patent boji toʻlangan taqdirda, Agentlik tomonidan tiklanishi mumkin. 
Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma 
beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab 
koʻpi bilan oʻn ikki oy ichida topshirilishi mumkin. 
Talabnoma beruvchi sanoat mulki ob’yekti tegishli davlat reestrida 
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan 
bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin. 
Patent berish haqidagi talabnoma materiallaridagi ma’lumotlar 
Agentlik tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma 
beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma 
materiallaridagi axborotni ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi yoki 
foydali model va sanoat namunasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi 
toʻgʻrisidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar oshkor 
etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. 
Agar ixtiro haqidagi talabnoma yoki foydali model haqidagi talabnoma 
materiallarida davlat sirlarini tashkil qilgan ma’lumotlar mavjud boʻlsa, 


98 
bunday talabnoma boʻyicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilib olingan patent 
berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish