Patent egasining sanoat mulki ob’yektidan foydalanish huquqi.
Agar sanoat mulki ob’yektidan oʻz xohishicha foydalanish boshqa patent
egalarining huquqlarini, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur
ob’yektdan foydalanishini taqiqlab qoʻyish huquqini buzmasa, bunday
foydalanish patent egasiga tegishlidir, shu zaylda foydalanish ushbu
Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish deb hisoblanmaydigan
hollar bundan mustasno.
Bir nechta patent egasiga qarashli boʻlgan sanoat mulki ob’yektidan
foydalanish borasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasidagi kelishuvga
binoan belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, har bir patent egasi
muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’yektidan oʻz xohishicha foydalanishi
mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz ob’yektga mutlaq
litsenziya berishga yoki patentni oʻzga shaxsga topshirishga haqli emas.
Patent egalari patent roʻyxatga olingan sanadan boshlab uch yil
mobaynida sanoat mulki ob’yektidan foydalanmasa yoki etarli darajada
foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki ob’yektidan
foydalanishni xohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent
egasi litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, oʻziga majburiy
nomutlaq litsenziya berishni soʻrab sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi
mumkin.
Patent berish haqidagi talabnomani ekspertizadan oʻtkazish.
Innovatsion loyihalarning texnik va ilmiy ekspertizalari innovatsion
loyihalarning amaliy ahamiyatini, ilmiy-texnologik darajasini hamda
iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash, ularni moliyalashtirishning
maqsadga muvofiqligi va hajmi toʻgʻrisida tavsiyalar ishlab chiqish
maqsadida amalga oshiriladi.
Texnik va ilmiy ekspertizalarni oʻtkazish jarayonida ishtirokchilarning
mustaqilligi hamda huquqiy jihatdan himoyalanganligi, ekspertizalar
natijalarining xolisligi, ochiqligi ta’minlanishi kerak, davlat sirlarini va
qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan
mustasno.
Texnik va ilmiy ekspertizalar innovatsion loyihani amalga oshirish
uchun bajarilayotgan yoki taklif etilayotgan yoʻnalishga muvofiq boʻlgan
mutaxassislarni jalb etish orqali oʻtkaziladi.
95
Texnik va (yoki) ilmiy ekspertizalarni oʻtkazish jarayonida
ekspertizalar natijalaridan shaxsan manfaatdor boʻlgan jismoniy va yuridik
shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Texnik va (yoki) ilmiy ekspertizalarni oʻtkazishda ishtirok etgan
hamda qabul qilingan xulosadan norozi boʻlgan ekspert mazkur xulosaga
oʻzining asoslantirilgan fikrini ilova qilishga haqlidir.
Texnik ekspertiza loyihaga oid talabnomaning taqdim etilgan hujjatlari
belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashga, shuningdek loyihaga oid
talabnoma boʻyicha taqdim etilgan axborotni idrok etish va tahlil qilishning
buzilishiga olib keladigan xatolarni aniqlashga qaratilgan faoliyatdir.
Texnik ekspertizani oʻtkazish muddati loyihaga oid talabnoma olingan
paytdan e’tiboran oʻn besh kalendar kundan oshmasligi kerak.
Texnik ekspertiza quyidagi tartib-taomillarni oʻz ichiga oladi:
loyihaga oid talabnomaning toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini,
shuningdek zarur imzolar, muhrlar va shtamplarning mavjudligini
tekshirishni;
berilgan loyihaga oid talabnomaga oʻxshash boʻlgan, ilgari amalga
oshirilgan
loyihalarning
mavjudligini
tekshirish
va
loyihaga
oid
talabnomalarning takrorlanishini aniqlashni;
taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarning toʻgʻriligini
aniqlashni;
loyihaga oid talabnomada koʻrsatilgan ma’lumotlarni tekshirishni,
texnik xatolar va noaniqliklarni aniqlashni;
vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan loyihalarni texnik
ekspertizadan oʻtkazish reglamentiga muvofiq boshqa tartib-taomillarni.
Ilmiy ekspertiza innovatsion loyiha boʻyicha asoslangan qaror (xulosa)
qabul qilish maqsadida innovatsion loyihaning ilmiy yangiligini, dolzarbligi
va amaliy ahamiyatini oʻrganishga, shu jumladan ilmiy jamoaning ilmiy-
uslubiy salohiyatini, moddiy-texnika bazasini tahlil qilish hamda baholashga
qaratilgan faoliyatdir.
Ilmiy ekspertizani oʻtkazish muddati loyihaga oid talabnoma olingan
paytdan e’tiboran oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ilmiy ekspertizani baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlash
(tashkil etish), ushbu mahsulotning import oʻrnini bosishi va (yoki)
eksportga yoʻnaltirilganligi boʻyicha salohiyatini baholash uchun ilmiy-
96
texnik hujjatlarni ishlab chiqishni rejalashtirishni nazarda tutuvchi loyihani
amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
loyihani tijoratlashtirish istiqbollari;
innovatsiya obyektiga boʻlgan talab darajasi;
intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlarining mavjudligi;
loyiha ijrochilarida ilmiy-texnik yoki innovatsion faoliyatni amalga
oshirish boʻyicha tegishli tajribaning va tajriba-konstruktorlik ishlari
natijalarining mavjudligi;
ishlab chiqarish bazasining texnologik jihatdan ta’minlanganlik
darajasi.
Ilmiy ekspertizani oʻtkazishga xorijlik mutaxassislar jalb qilinishi
mumkin.
Innovatsiyalarni
yaratishga
doir
davlat
buyurtmasi
doirasida
bajariladigan innovatsion loyihalar ilmiy va texnik ekspertizalar oʻtkazishni
nazarda tutuvchi majburiy davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim.
Davlat ilmiy va texnik ekspertizalari vakolatli davlat organi tomonidan
oʻtkaziladi.
28
Intellektual mulk agentligi patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha
rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda
ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning
mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasidan iborat boʻlgan davlat
ekspertizasini oʻtkazadi.
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan
sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki
ob’yektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar
yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi
talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent
boji toʻlangan taqdirda, koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, lekin Agentlik
patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish
haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda
shu soʻrov yoʻllangan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan
yoki etishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma
28
O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 24-iyul, O‘RQ-630-son
97
beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish
toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent
berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat
talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra shu muddat oʻtgan sanadan
keyin koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Sanoat mulki ob’yekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan
patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli
soʻrov unga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida ushbu
ob’yektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda
tegishincha talabnoma hujjatlariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki
talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa ob’yektlar alohida talabnomalarga
ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu ob’yektlardan qaysi
birini koʻrib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan
materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat
namunasi tavsifida birinchi qilib koʻrsatilgan ob’yekt davlat ekspertizasidan
oʻtkaziladi.
Davlat ekspertizasi soʻrovi boʻyicha materiallarni taqdim etishning
talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan
muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va
patent boji toʻlangan taqdirda, Agentlik tomonidan tiklanishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma
beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab
koʻpi bilan oʻn ikki oy ichida topshirilishi mumkin.
Talabnoma beruvchi sanoat mulki ob’yekti tegishli davlat reestrida
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan
bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.
Patent berish haqidagi talabnoma materiallaridagi ma’lumotlar
Agentlik tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma
beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma
materiallaridagi axborotni ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi yoki
foydali model va sanoat namunasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi
toʻgʻrisidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar oshkor
etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Agar ixtiro haqidagi talabnoma yoki foydali model haqidagi talabnoma
materiallarida davlat sirlarini tashkil qilgan ma’lumotlar mavjud boʻlsa,
98
bunday talabnoma boʻyicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilib olingan patent
berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |