111
Oʻzbekistonda texnologiyalar transferining ustuvor yoʻnalishlari
quyidagilardan iborat:
mavjud texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan
oʻxshash mahsulotga nisbatan yuqori sifatli va raqobatbardosh yangi yoki
yaxshilangan mahsulot
ishlab chiqarish;
yangi ishlanmalar va texnologiyalar asosida mahsulotning yangi
turlarini ishlab chiqarish;
oʻxshash texnologiyalarga nisbatan energiyani va resurslarni tejovchi
texnologiyalarni joriy etish.
Texnologiyalar transferining asosiy usullari quyidagilardan iborat:
texnologiyalarni bepul asosda olish;
qoʻshma korxonalar tashkil etish orqali texnologiyalarni
joriy etish;
texnologiyalarni litsenziya shartnomalari asosida joriy etish;
texnologik hujjatlarni berish;
texnologiyalarni toʻlaligicha sotib olish.
Texnologiyalar transferi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
usullar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Texnologiyalar transferi mexanizmlari:
texnik tavsifnomalarni, texnik-iqtisodiy asoslarni, yoʻriqnomalarni va
boshqa hujjatlarni
tahlil qilish va baholash;
texnologiyalar transferini amalga oshiruvchi tarafning ekspertlarini jalb
qilgan holda oʻquv treninglarini tashkil etish;
inshootlar qurish va asbob-uskunalarni oʻrnatish hamda ulardan
foydalanish uchun zarur boʻlgan texnik bilimlarni oʻzlashtirish;
texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashuvchi mexanizmlardan
foydalangan holda amalga oshiriladi.
Texnologiyalar transferi boshqa mexanizmlardan foydalangan holda
ham amalga oshirilishi mumkin.
Texnologiyalar transferini amalga oshirishda
quyidagi cheklovlar
mavjud:
Oʻzbekiston Respublikasiga:
tarkibida himoyalanmagan (ya’ni tabiiy atrof-muhitga tarqaluvchi)
zaharli moddalar yoki qayta ishlanmaydigan, ekologik jihatdan xavfli
chiqindilar mavjud boʻlgan;
belgilangan normadan yuqori radioaktiv moddalar mavjud boʻlgan;
112
aholining sogʻligʻiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi mahsulotlar yaratish
uchun moʻljallangan;
milliy qadriyatlarga, an’analarga va ijtimoiy xulq-atvorga salbiy ta’sir
koʻrsatuvchi mahsulotlarni yaratish hamda targʻib qilish uchun moʻljallangan
asbob-uskunalar va mahsulotlardan foydalanishga asoslangan texnologiyalar
transferiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Texnologiyalar transferi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda
tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Intellektual mulkka boʻlgan huquq mavjudligi va undan tushgan
foyda texnologiyalar transferi uchun shartnoma tuzishning asosiy sharti
hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga xarid
qilinadigan texnologiyalar transferi uchun shartnomalar vakolatli davlat
organi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Foyda
olish
maqsadida
innovatsion
faoliyat
subyektlari
munosabatlarini tartibga soluvchi har
xil turdagi shartnomalardan
foydalangan holda yangi ishlanmalarni fuqarolik muomalasiga joriy etish
jarayoni yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishdir.
Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish:
yangi ishlanmalarni qoʻllagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni
bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz
ehtiyojlari uchun foydalanish;
ta’sischisi yoki ta’sischilaridan biri ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida
intellektual mulk obyektini yoki texnologiyani kiritgan tashkilot (affillangan
tashkilot) boʻlgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish;
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulk huquqlarini uchinchi
shaxslarga oʻtkazish va mazkur obyektlardan foydalanishga boʻlgan huquqni
royalti ajratmalariga asoslangan litsenziya shartnomalarini tuzish yoʻli bilan
berish, shu jumladan ularni keyinchalik ushbu huquqlarni oluvchi tomonidan
tijoratlashtirish sharti bilan berish orqali amalga oshiriladi.
Intellektual mulk ob’yektiga doir huquq egasining tashkilot ustav
fondidagi ulushi miqdori ta’sischilarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha
belgilanadi.
Davlat uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan
yoki davlat sirlari
jumlasiga kiruvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan yangi ishlanmalarni
113
tijoratlashtirish davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi
33
.
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM)
ilmiy-texnik natijalarning
tijoratlashuvini
tezlatib,
kichik
innovatsion
korxonalar,
jumladan,
texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: