117
VIII BOB. INNOVATSION IQTISODIYOTDAGI KADRLAR
SALOHIYATI
8.1.
Innovatsion iqtisodiyotda inson omili
Davlat innovatsion siyosati haqida gapirganda doimo innovatsion
iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash haqida yodda tutish lozim. Agar
iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida “kadrlar hamma narsani hal qiladi”
qoidasi aksariyat holatlarda toʻgʻri boʻlib chiqsa, iqtisodiyotning koʻp ilm
talab qiladigan sektorlarida ushbu fikrning ahamiyati bir necha marotaba
ortadi.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda bilim vositalari birinchi darajali,
eng muhim aktivlar hisoblanadi. Oqibatda yetarli
darajada bilimlarga ega
boʻlibgina qolmay, ularni amaliyotda qoʻllay oladigan, bilimlar eskirib
borishi bilan ularni uzluksiz yangilab boradigan malakali mutaxassislar
tayyorlash juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassislar tayyorlash masalalari bilan an’anaviy
ravishda oliy
oʻquv yurtlari (OOʻYu) shugʻullanib keladi. Biroq, soʻnggi yillarda xorij
tajribasining koʻrsatishicha, OOʻYu bu masalani mintaqaviy va federal
hukumatlar, shuningdek, yirik biznes vakillari koʻmagida ancha samaraliroq
hal etishlari mumkin ekan.
XXI asrda davlatlarning iqtisodiy oʻsishi koʻp jihatdan ishlab
chiqarishning barcha sohalarini intellektuallashtirish
va ilmiy-innovatsion
taraqqiyot bilan ta’minlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda YaIM oʻsishining
70%dan 85%igacha yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar, yangi bilim yoki
yechimlarga ega boʻlgan mahsulotlar ulushiga toʻgʻri keladi. Fan-texnika
taraqqiyoti (FTT) yutuqlari bizning kunlarda iqtisodiyotning turli
tarmoqlariga tobora keng va chuqur kirib bormoqda.
Innovatsion jarayonlarni ragʻbatlantirish fan, ta’lim va ishlab
chiqarishning integratsiyasidan erishiladigan sinergetik
samara vositasida
mintaqalar va butun davlat jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tayanch
elementiga aylanadi.
Mutaxassislarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrni toʻgʻrisida
toʻxtalar ekanmiz, “Toyuksberi, Krandall va Kreynlar 20 ta eng koʻzga
koʻringan innovatsiyalarning bergan samarasini tekshirishdi va undan
xususiy tarzda olingan oʻrtacha daromad indeksi 27%ni tashkil qilgan boʻlsa,
118
ijtimoiy bergan samarasi 99% koʻrsatkichga ega boʻldi. Bu esa, oʻz
navbatida, 4 barobar koʻproq deganidir” deb ta’kidlashgan.
Davlat innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash,
qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab
chiqishga hamda amalga oshirishga:
innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga doir davlat
buyurtmalarini shakllantirish;
innovatsion
faoliyat
sohasida
kadrlarni
tayyorlashga,
qayta
tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga
doir davlat talablari va
standartlarini ishlab chiqish;
innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni
va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi nodavlat ta’lim
tashkilotlari, kasb-hunar ta’limi markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
ilm-fan va texnika yutuqlarini targʻib qilish;
yoshlarning texnik ijodkorligini qoʻllab-quvvatlash va ularni kasb-
hunarga yoʻnaltirish orqali koʻmaklashadi.
Davlat innovatsion tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlashga
ixtisoslashgan davlat ta’lim tashkilotlari faoliyatiga
moliyaviy yordam
koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: