G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Innovatsion faoliyat nima? 
2.
Innovatsion faoliyatning asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
 
3.
Innovatsion mahsulot/xizmatlarni bozorga olib chiqish strategiyasi.
 
4.
Tashkilotlardagi innovatsion jarayonlarning kalit sub’yektlari.
 
5.
Oʻzbekistonda texnologiyalar transferining ustuvor yoʻnalishlari 
nimalardan iborat?
 
6.
Texnologiyalar transferining asosiy usullariga nimalar kiradi?
 
7.
Texnologiyalar transferini amalga oshirishda qanday cheklovlar 
mavjud?
 
8.
Texnologiyalar transferi mexanizmlari
nimadan iborat? 
9.
Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish qanday amalga oshiriladi? 
10.
Texnologiyalar transferi markazi nima?
 
11.
Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari nimadan iborat? 
12.
Oʼzbekistonning Osiyo-Tinch Okeani texnologiyalar transferi 
markaziga a’zoligi qanday imkoniyatlarni beradi?
 
 
7-amaliy mashgʻulot 
Mashgʻulot mavzusi:
 
Texnologiyalar va innovatsion mahsulotlarni 
bozorga uzatish usullari 
4 ta guruhga boʻlingan holda muayyan texnologiya/innovasion 
mahsulot transferi boʻyicha strategiya tuzing. 
 
 
 
35
https://mininnovation.uz/oz/news/2083 


117 
VIII BOB. INNOVATSION IQTISODIYOTDAGI KADRLAR 
SALOHIYATI 
 
8.1.
 
Innovatsion iqtisodiyotda inson omili 
Davlat innovatsion siyosati haqida gapirganda doimo innovatsion 
iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash haqida yodda tutish lozim. Agar 
iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida “kadrlar hamma narsani hal qiladi” 
qoidasi aksariyat holatlarda toʻgʻri boʻlib chiqsa, iqtisodiyotning koʻp ilm 
talab qiladigan sektorlarida ushbu fikrning ahamiyati bir necha marotaba 
ortadi. 
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda bilim vositalari birinchi darajali, 
eng muhim aktivlar hisoblanadi. Oqibatda yetarli darajada bilimlarga ega 
boʻlibgina qolmay, ularni amaliyotda qoʻllay oladigan, bilimlar eskirib 
borishi bilan ularni uzluksiz yangilab boradigan malakali mutaxassislar 
tayyorlash juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mutaxassislar tayyorlash masalalari bilan an’anaviy ravishda oliy 
oʻquv yurtlari (OOʻYu) shugʻullanib keladi. Biroq, soʻnggi yillarda xorij 
tajribasining koʻrsatishicha, OOʻYu bu masalani mintaqaviy va federal 
hukumatlar, shuningdek, yirik biznes vakillari koʻmagida ancha samaraliroq 
hal etishlari mumkin ekan. 
XXI asrda davlatlarning iqtisodiy oʻsishi koʻp jihatdan ishlab 
chiqarishning barcha sohalarini intellektuallashtirish va ilmiy-innovatsion 
taraqqiyot bilan ta’minlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda YaIM oʻsishining 
70%dan 85%igacha yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar, yangi bilim yoki 
yechimlarga ega boʻlgan mahsulotlar ulushiga toʻgʻri keladi. Fan-texnika 
taraqqiyoti (FTT) yutuqlari bizning kunlarda iqtisodiyotning turli 
tarmoqlariga tobora keng va chuqur kirib bormoqda. 
Innovatsion jarayonlarni ragʻbatlantirish fan, ta’lim va ishlab 
chiqarishning integratsiyasidan erishiladigan sinergetik samara vositasida 
mintaqalar va butun davlat jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tayanch 
elementiga aylanadi. 
Mutaxassislarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrni toʻgʻrisida 
toʻxtalar ekanmiz, “Toyuksberi, Krandall va Kreynlar 20 ta eng koʻzga 
koʻringan innovatsiyalarning bergan samarasini tekshirishdi va undan 
xususiy tarzda olingan oʻrtacha daromad indeksi 27%ni tashkil qilgan boʻlsa, 


118 
ijtimoiy bergan samarasi 99% koʻrsatkichga ega boʻldi. Bu esa, oʻz 
navbatida, 4 barobar koʻproq deganidir” deb ta’kidlashgan.
Davlat innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab 
chiqishga hamda amalga oshirishga: 

innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga doir davlat 
buyurtmalarini shakllantirish; 

innovatsion 
faoliyat 
sohasida 
kadrlarni 
tayyorlashga, 
qayta 
tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir davlat talablari va 
standartlarini ishlab chiqish; 

innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni 
va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi nodavlat ta’lim 
tashkilotlari, kasb-hunar ta’limi markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash; 

ilm-fan va texnika yutuqlarini targʻib qilish;

yoshlarning texnik ijodkorligini qoʻllab-quvvatlash va ularni kasb-
hunarga yoʻnaltirish orqali koʻmaklashadi. 
Davlat innovatsion tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlashga 
ixtisoslashgan davlat ta’lim tashkilotlari faoliyatiga moliyaviy yordam 
koʻrsatadi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish