G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


-rasm. Strategik boshqarishni 5 topshirigʻi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
24-rasm. Strategik boshqarishni 5 topshirigʻi 
 
1-topshiriq 
Tashkilot 
strategik 
ko’ra bilishi 
va 
zimmadagi 
vazifasini 
shakllantirish 
2-topshiriq 
Maqsadlarni 
belgilash 
3-topshiriq 
Maqsadlarga 
erishish 
strategiyasini 
ishlab chiqish 
4-topshiriq 
Strategiyani 
joriy etish va 
amalga 
oshirish 
5-topshiriq 
Ishni 
baholash 
yangi 
yo’nalishlar
ni o’rganish 
va 
to’g’rilovchi 
harakatlarini 
amalga 
oshirish 


125 
Tashkilotning strategik koʻra bilishi va zimmasidagi vazifasini 
shakllantirish
da quyi tashkilotlarning rahbarlari “biz nima qilmoqchimiz va 
nimaga erishamiz?” degan savolga javob berishi lozim.
Zimmadagi vazifa bayon qilinganda tashkilot faoliyatining tavsifi 
aniqlashadi va u mijozlar uchun nima qilishi kerakligi belgilanadi. Oʻz 
xodimlarida “maqsad tuygʻusi”ni yuzaga keltirish uchun, rahbar ularni 
tashkilotning strategik moʻljali va zimmadagi vazifa toʻgʻrisida xabardor 
qilishi lozim. 
Yaxshi 
oʻylangan strategik moʻljal tashkilotlarni istiqbolga 
tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yoʻnalishini belgilashga yordam 
beradi. 
Oliy ta’lim muassasalarining zimmasidagi vazifasi toʻgʻrisidagi 
bayonnomaga ba’zi misollar 14-jadvalda keltirilgan. 
 
14-jadval 
Oliy ta’lim muassasalarining zimmadagi vazifa toʻgʻrisidagi
bayonnoma namunalari 
T/r Oliy ta’lim muassasasi 
Zimmadagi vazifa haqida bayonnoma 

Germaniyaning maxsus 
oliy muassasalari 
- amaliy-ilmiy tadqiqot ishlari oʻqitish va oʻquv 
vositasida texnika, texnologiya, fanlar va 
san’atning amal qilishi hamda rivojlanishi 
ta’minlash; 
- mehnat bozori kasbiy talabini hisobga olgan 
holda mutaxassislar tayyorlash; 
- fan va amaliyot (ishlab chiqarish)ning ta’lim 
jarayoni bilan jips aloqasini ta’minlash; 
- ancha qisqa muddatlarda ma’lum jarayonni 
samarali tashkil etish. 

Oʻzbekiston universiteti - fan, texnika, texnologiya, iqtisodiyot, 
madaniyat va ta’lim, shuningdek, mutaxassislar 
bilimi, iqtidori va malakalarini raqobatbardosh 
darajada tutish asosida bilim, yoʻnalishlar va 
ixtisosliklar sohalarining keng doirasi boʻyicha 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash. 


126 

Oʻzbekistonning 
tarmoq oliy ta’lim 
muassasalari 

fan, 
texnika, 
texnologiya, 
iqtisodiyot, 
madaniyat va ta’limning zamonaviy yutuqlari 
asosida ayrim sohalar uchun yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash, shuningdek, mutaxassislar 
bilimi, iqtidori va malakalarini raqobatbardosh 
darajada saqlab turish; 
- amaliy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik 
ishlarini yangi ilmiy-texnikaviy bilimlar bunyod 
etish asosida bajarish; 
- amaliyot (ishlab chiqarish)ni ta’lim jarayoni 
bilan jips aloqasini ta’minlash. 
 
Maqsadlarni belgilash.
Zimmadagi vazifa va rivojlanishning 
yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi rahbariyatning bayonini oʻzgartirish natijasi boʻlib 
tashkilot ishining aniq maqsad va vazifalari hisoblanadi. Ular tigʻiz, ammo 
erishsa boʻladigan boʻlishi lozim. Mitchell Leybovits (Pep Boys-Manny, 
Moe and Jack kompaniyasining direktor-farmoyishchisi) shunday degan edi: 
“Agar siz, oʻrtacha natijaga erishmoqchi boʻlsangiz, unda oʻz oldingizga 
oʻrtacha maqsadlarni qoʻying”. 
Maqsadlar – tashkilot ish sifati va taraqqiyotini koʻrsatuvchi moʻljaldir. 
Rahbariyat tomonidan belgilanadigan maqsadlar qisqa va uzoq 
muddatliga ajratiladi. Qisqa muddatli maqsadlar rahbariyat yaqin vaqt ichida 
ega boʻlishi lozim boʻlganlarni belgilasa, uzoq muddatliligi ancha uzoq vaqt 
mobaynidagisini belgilaydi. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni 
uygʻunlashtirish kerak boʻlgan hollarda keyingisi ustuvor hisoblanadi. 
Maqsadlarni belgilashda barcha rahbarlar ishtirok etishi lozim. 
Tashkilot barcha boʻlinmalari oldiga aniq vazifalar qoʻyiladi, bularni hal 
etish umumiy maqsadga erishilishiga muayyan hissa boʻlib qoʻshiladi. 
Mazkur holda tizimli yondashishdan foydalaniladi: boʻlinmalar vazifasi 
tashkilot umumiy maqsadlarning uzviy qismi hisoblanadi. Agar barcha 
darajadagi rahbar tegishli maqsad va vazifalarning bajarishi uchun 
mas’uliyatni oʻz zimmasiga olsa, bunda tashkilotda ishchanlik muhiti qaror 
topadi, bu ishda yuqori natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻladi. 
Maqsadga erishish strategiyasini ishlab chiqish
da asosiy boshqaruv 
muammosi, ya’ni tashkilot ahloqini hisobga olgan holda samarali natijalarga 
va uning istiqboliga qanday erishish belgilanadi. Strategiya natijalarga 


127 
erishish vositasi hisoblanadi. Bunday harakat tarziga tashkilot, maqsad va 
vazifalarga erishish uchun rahbarlar amal qilishi shart. 
Tashkilot strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga 
yoʻnaltirilgan oʻzaro bogʻliq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan 
iboratdir. 
Tashkilot strategiyasi, qoidaga koʻra, quyidagi mutanosibliklardan 
iborat boʻladi: 
- puxta oʻylangan va maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlar;
- agar kutilmagan yoʻnalish yuzaga chiqsa va zarur boʻlsa, unga 
javoban xatti-harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir boʻlsa va h.k. 
Tashkilot strategiyasi bir vaqtning oʻzida ham rejadagi va adaptiv 
(moslashuvchan) hisoblanadi. 
Tashkilot strategiyasini tez-tez “zargarona sozlash” yoki boshqarish 
odatdagi hol hisoblanadi. Bular tashqi va ichki oʻzgarishlar miqdori sezilarli 
darajada jamlanishi boʻyicha amalga oshiriladi. Shuning uchun strategiya 
uzoq muddat mobaynida kamdan-kam holdagina oʻzgarmay qoladi. Biroq 
strategiyani tubdan oʻzgartirish kamdan-kam yuz beradi, qoidaga koʻra bilish 
va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va strategiyani qabul 
qilish, bu rivojlanish yoʻnalishini ishlab chiqish jarayonining asosiy vazifasi. 
Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi. 
Strategiyani joriy etish va amalga oshirish.
Strategiyani joriy etish 
asosiy ma’muriy vazifadir, u oʻz ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi: 
- strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qobil tashkilot tuzish; 
- koʻzlangan maqsadga jadal erishishga yoʻnaltirilgan asoslashni 
xodimlar uchun ishlab chiqish; 
- mukofatlash tizimini qoʻyilgan maqsadlarga erishish natijalar bilan 
bogʻlash; 
- tashkilotda strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
imkoniyat tugʻdiruvchi muhit va ishonchli vaziyatni yuzaga keltirish; 
- tashkilotning har bir a’zosiga kunma-kun oʻz vazifasini samarali 
bajarishiga imkon beradigan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish; 
- muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish 
yoki qayta tayyorlashni) tadbiq etish; 
- strategiyani olgʻa siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni 
muntazam yaxshilash uchun zarur boʻlgan ichki yetakchilik tizimini joriy 
etish. 


128 
Strategiya bilan tashkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash 
tizimi, strategiya bilan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimi, shuningdek, 
strategiya bilan tashkiliy madaniyat (qadriyatlar va e’tiqodlar shaklida 
namoyon boʻluvchi) oʻrtasida mutanosiblik qancha yuqori boʻlsa, strategiya 
shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. 
Ishlarni baholash, yangi yoʻnalishlarni oʻrganish va toʻgʻrilovchi 
harakatlarni amalga oshirish.
Boshqaruv strategiyasining yuqorida koʻrib 
oʻtilgan toʻrt vazifasini birdaniga va doimiyga hal etib boʻlmaydi. Uzoq 
muddatli maqsadlar oʻzgartirishni taqozo etishi mumkin: ular oshirilishi yoki 
pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu toʻplangan tajriba va kelajakdagi 
istiqbol bilan bogʻliq. Tashkilot strategiyasini amalga oshirish yoʻllarini 
qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq yoʻllarini izlash 
amalga oshiriladi. 
Tashkilot vazifasi,
 
maqsadi va strategiyasi, shuningdek, strategiyani 
amalga oshirishga yondashuv hech qachon tugal boʻlmaydi. Ishlarni 
baholash va toʻgʻrilash harakatlarni amalga oshirish me’yoriy hol 
hisoblanadi va strategik boshqaruv jarayonining uzluksiz davom etadigan 
zarur elementi boʻlib qoladi. 
Sanab oʻtilgan 5 strategik vazifa rahbarning boshqa lavozim 
majburiyatlari (kundalik ishni nazorat qilish, tang vaziyatlarni hal etish, 
yigʻilishlar oʻtkazish, hisobotlar tuzish, insonlarga oid muammoni hal qilish, 
maxsus topshiriqlar va jamoatchilik majburiyatlarini bajarish va h.k.)lardan 
ajralgan holda mavjud boʻlmaydi. Keyingilar butoqlar boʻlib tana – strategik 
boshqaruv vazifasi atrofida joylashadi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish