114
Ishlab chiqarishni sertifikatsiyalash
Ishlab
chiqarish
va
mahsulotni
yangilash
Diversifikatsiya
Foydalanuvchilarni oʻrgatish
Dilerlarni oʻrgatish
Texnologiyani sotish
Korxona aktsiyalarini sotish
Biznesni sotish
Xalqaro tajriba shuni koʼrsatmoqdaki, texnologiyalar transferi
innovatsion faoliyatning asoslaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda olib
borilgan amaliy harakatlar natijasida 2019 yilda Oʼzbekiston Osiyo va Tinch
okeani hududi boʼyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining Osiyo-
Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM) aʼzoligiga qabul
qilindi.
Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli davom etayotgan
epidemiologik vaziyat avvaldan belgilangan rejalarga oʼz taʼsirini oʼtkazmay
qolmadi, ammo Markaz faoliyatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha
boshlangan amaliy harakatlarni izchil
davom ettiradi va bu orqali
yurtimizning innovatsion salohiyatini koʼtarishda oʼz hissani qoʼshadi.
34
Koronavirus (COVID-19) infektsiyasining tarqalishi tufayli yuzaga
kelgan vaziyat, shuningdek pandemiya xavfi sababli chegaralarning yopilishi
tufayli Bangkok (Tayland) shahrida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan Osiyo va
Tinch Okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKАTO) 76-sessiyasi
KUDO-live platformasida onlayn rejimida oʼtkazildi.
Tadbirda jami 51ta aʼzo davlat, 3ta assotsiatsiya aʼzosi, 8ta kuzatuvchi
davlat ishtirok etdi. Ilk marotaba virtual rejimda oʼtkazilgan ESKАTO
sessiyasi tashkilotchilarni tegishli oʼzgarishlarni amalga oshirishga majbur
etdi. Tadbirda delegatsiyalar dasturning har bir yoʼnalishi boʼyicha muhim
mavzularni muhokama qildilar.
Butun dunyo boʼylab COVID-19 tarqalishi tufayli yuzaga kelgan
inqiroz kechiktirib boʼlmaydigan chora-tadbirlar koʼrilishini talab qiladi.
Ushbu infektsiyaning tarqalishi global iqtisodiyotga katta taʼsir koʼrsatib,
ishlab chiqarish hamda xizmat koʼrsatish sohasiga kuchli zarba berdi.
Strategik javob choralari eng avvalo xalq manfaatlariga qaratilgan boʼlishi
lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ushbu inqiroz va uning qashshoqlik yoqasida
turgan aholi qatlamiga
taʼsiri natijasida tengsizlik darajasi oshishi va odamlar qashshoqlikka tushib
34
https://mininnovation.uz/oz/news/2509
115
qolishi mumkin. Dunyo aholisining uchdan ikki qismidan koʼprogʼi Osiyo-
Tinch okeani mintaqasida istiqomat qilishini, dunyodagi eng koʼp aholi
yashaydigan shaharlar joylashganligini va dunyodagi sanoat faoliyati,
energiya taʼminoti va energiya isteʼmoli, shuningdek 46 million muhojirning
jamlanganligini inobatga olib, inqiroz Osiyo-Tinch okeani mintaqasining
global
iqtisodiy
va
ijtimoiy
integratsiyasiga
qanchalik
kuchli
bogʼlanganligini koʼrsatdi. Shu bilan birga
inqiroz Osiyo mamlakatlari
tomonidan namoyish etilgan operativ harakatlar, izchil olib borilayotgan
siyosat va innovatsiyalar ushbu misli koʼrilmagan epidemiya oqibatida
yuzaga kelgan muammolarni samarali hal qilishi mumkinligini ham koʼrsatib
berdi.
Ijtimoiy rivojlanish boʼyicha ishtirokchilarga Pekin+25 (ESCAP/76/8)
tadqiqotlari boʼyicha Osiyo-Tinch okeani Vazirlar konferentsiyasining
maʼruzasi taqdim etildi. Osiyo-Tinch okeani deklaratsiyasida aʼzo davlatlar
Pekin deklaratsiyasi va harakatlar platformasini tezlashtirish uchun zarur
boʼlgan asosiy harakatlarni belgilab oldilar: umumiy farovonlik va munosib
ish;
qashshoqlikni bartaraf etish, ijtimoiy himoya va ijtimoiy-maishiy
xizmatlarni taqdim etish; zoʼravonlik, stigmatizatsiya, zararli stereotiplar va
salbiy ijtimoiy meʼyorlardan ozod boʼlish; gender tengligini taʼminlash,
ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish; atrof-muhitni muhofaza
qilish, iqlim oʼzgarishiga qarshi kurash va muholifat salohiyatini
rivojlantirish; maʼlumotlar va statistika; sheriklik va mintaqaviy hamkorlik.
«Osiyo-Tinch Okeani mintaqasida mintaqaviy hamkorlik orqali
inqirozdan samarali tiklanish» (Building back
better from crisis through
regional cooperation in Asia and the Pacific) sessiya mavzusi etib belgilandi.
Oʼz navbatida Osiyo-Tinch Okeani texnologiyalar transferi markazi
(OTTTM) Boshqaruv kengashining saylovlar natijalari eʼlon qilindi.
Saylovlar natijasi boʼyicha keyingi uch yillik muddatga (2020-2023)
Boshqaruv kengashiga quyidagi davlatlar saylandi: Bangladesh, Xitoy,
Indoneziya, Eron Islom Respublikasi, Nepal, Pokiston, Koreya Respublikasi,
Shri-Lanka, Tayland va Oʼzbekiston.
2017-2020 yillar davomida Boshqaruv kengashi quyidagi tarkibda
faoliyat yuritmoqda: Bangladesh; Xitoy; Fiji; Indoneziya; Eron Islom
Respublikasi; Qozogʼiston;
Malayziya; Pokiston; Filippin; Koreya
Respublikasi; Shri-Lanka; Tayland.
Yigʼilish yakunlari boʼyicha ikkita rezolyutsiya qabul qilindi:
116
- Osiyo-Tinch Okeani mintaqasida barqaror rivojlanish uchun okean,
dengiz va dengiz resurslaridan barqaror foydalanishga koʼmaklashish
boʼyicha hamkorlikni mustahkamlash (Strengthening cooperation to promote
the sustainable use of the oceans, seas and marine resources for sustainable
development in Asia and Pacific);
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi pandemiya va inqirozlarning
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishda mintaqaviy hamkorlik
(Regional cooperation to address socio-economic
effects of pandemics and
crises in Asia and Pacific).
35
Do'stlaringiz bilan baham: