G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


 Boshqaruvning yangi texnologiyalari va strategiyasi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
8.2. Boshqaruvning yangi texnologiyalari va strategiyasi 
Innovatsion faoliyat jarayonida vujudga keladigan vazifalarining koʻp 
jihatliligi unga turli kategoriyadagi xodimlarni kiritishni koʻzda tutadi, ularni 
quyidagi 
guruhlarga 
boʻlish 
mumkin. 
Birinchi 
guruh 
– ijodiy 
tashabbuskorlikni namoyon etish, ajoyib gʻoyalarni ilgari surishga qodir 
yuqori malakali novator olimlar. Novator menejerlar yangilik kiritishni 
jarayon sifatida boshqarishlari, yangiliklarni gʻoyadan aniq tijorat 
natijasigacha siljishini ta’minlashlari zarur. Ular noaniq sharoitlarda qarorlar 
qabul qilishlari, moliyaviy va tadbirkorlik tavakalchiligiga borishlari, 
innovatsion faoliyatni boshqarishdagi tashkiliy va psixologik qiyinchiliklarni 
yengib oʻtishlari lozim.
Agar novator olim va loyihaning rahbari malakali xodimlar “oʻzagi”ni 
tashkil etsa, uning yonida yangiliklarni aniq amalga oshirishi uchun javobgar 
xodimlarning uchinchi, eng koʻp sonli guruhi joylashadi. Bunda “chet” 
innovatsion faoliyatning zaruriy tarkibiy qismi boʻladi. Loyihaning umumiy 
samaradorligi unga bogʻliq. Qoʻllab-quvvatlash tizimini ta’minlovchi 
malakali xodimlarning bu guruhi koʻpincha “ilmiy darvozabonlar” yoki 
“bozor darvozabonlari” deb nomlanadi. Aynan shu xodimlar tashqi muhit va 
ichki imkoniyatlarni ta’minlaydilar, innovatsiyalarni amalga oshirish 
boʻyicha amaliy faoliyatni qoʻllaydilar. Yuqori rahbariyat loyiha 
“jamoasi”ga xodimlar harakatlari ustidan batafsil, bosqichma-bosqich va 


123 
yaxlit nazoratni qoʻllash mumkin emasligini tushunishlari zarur. Bunday 
“jamoa“ a’zolarini faqat favqulodda holatlarda boshqa ishga koʻchirish 
mumkin. Loyiha rahbarining tutgan oʻrni ham ijtimoiy-psixologik nuqtai 
nazardan muhimroq boʻladi. Resurslarni taqsimlash, ularni boshqarish, aniq 
muddatlar qoʻyish huquqi rahbar shaxsiy hokimligining hal qiluvchi 
standartlaridan biri hisoblanadi. Agar yuqori rahbariyat yoki xodimlar loyiha 
rahbarining egallagan oʻrni buzilsa, unda bunday “jamoa”ning mavjuligi 
amalda yoʻqoladi. Shuning uchun novatorlik firmalari, venchurli 
boʻlinmalar, tatbiq etish tashkilotlarida rahbarlikning buyruqbozlik uslubi 
umuman mumkin emas. Loyiha guruhi a’zolarining mavqei boshqa mezonlar 
bilan belgilanishini tushunish kerak. Masalan, agar an’anaviy tuzilmada 
shaxsning ijtimoiy mavqei lavozim ierarxiyasidagi kattaligi, yuqori 
daromadi, ma’lumoti, xabardorlgi va tajribasi bilan belgilansa, tadqiqot 
guruhlarida xodimning mavqei u ilgari surayotgan gʻoyalar, uning ijodiy 
qobiliyati, tafakkuri kengligi, tavakkalchilikka tayyorligiga bogʻliq. Loyiha 
rahbari haqida ham shuni aytish mumkin. Mavqei yuqori rahbariyatdan past 
boʻlgan holda, u aniq holatni yaxshiroq bilishi, konstruktivroq gʻoyalarni 
ilgari surishi, loyihani tezroq amalga oshirish uchun samarali usullarni 
qoʻllashi mumkin. 
Tadqiqot guruhlari ishida masalalarni hal etish, guruh a’zolari xulqini 
baholash va umuman ular ishining samaradorligiga oqilona yondashishga 
rioya etish zarur. Maqsadni koʻzlash, loyihani rivojlantirish va qarorlar qabul 
qilishning rasmiy tezkor tizimi toʻliq oqilona yaratilishi kerak, ijodiy shaxsiy 
xususiyatlar, norasmiy usullar va nostandart yondashuvlarni muvofiq 
integratsiyalashdan iborat boʻlishi kerak. Rejalashtirish, boshqaruv qarorlari 
va nazorat ichida “jamoa” ishtirokchilarini ijodiy va rolli taqsimlanishi sodir 
boʻladigan 
asosini yaratdi. Guruhni samarali ishlashi uchun ishonchi va hamdardligi 
muhitini 
yaratish, xodimlarni ijodga ragʻbatlantirish zarur.
Yaxshi strategiya va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish yaxshi 
boshqaruvning eng ishonchli belgisidir.
Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bogʻliq masalani hal etishga 
asoslanadi: 
1. Tashkilot bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni strategik koʻra bilishni, 
harakatlarning uzoq muddatli yoʻnalishini va aniq vazifani shakllantirish. 


124 
2. Strategik koʻra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va 
topshiriqqa aylantirish. 
3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish. 
4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va 
amalga oshirish. 
5. Ish natijalarini baholash, yangi yoʻnalishlarni oʻrganish va 
rivojlanishning uzoq muddatli yoʻnalishi, strategiya maqsadlari yoki 
amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, oʻzgaruvchan 
sharoitlar, yangi gʻoyalar va imkoniyatlarga nisbatan toʻgʻrilovchi xatti-
harakatlarni amalga oshirish. 
Mazkur strategiyani shakllantirish va amalga oshirish jarayoni 24-
rasmda berilgan.
Bunda 5 vazifadan agar zarur boʻlsa qabul qilingan qarorlarni qayta 
koʻrib chiqish yoki takomillashtirish uchun oldingilariga qaytish koʻzda 
tutilgan. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish