G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
Ijtimoiy manfaat 
 
Ma’naviy manfaatlar 
 
 
 
Moddiy manfaat (mehnatga haq toʻlash) 
25-rasm. Insonning shaxsiy manfaatdorligini belgilovchi asosiy omillar 
Mazkur holda quyidagi tamoyillarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: 

oʻz vaqtidalik (ragʻbatlantirish yoki jazolashning oʻz mavrudidaligi); 
Insonning shaxsiy 
manfaatdorligi 


130 
- oshkoralik (keng xabardorlik va ragʻbatlantirish chorasi hamda meh-
nat natijalarining taqqoslanarligi); 
- koʻrgazmalilik (ragʻbatlantirish chorasining yaqqol koʻrinarli boʻli-
shi). 
Mehnat jamoasi shaxs kamoliga yetishadigan asosiy ijtimoiy 
muhitlaridan (oila va maktab bilan bir qatorda) biridir. 
Shaxsning shakllanishi va kamolga yetishish jarayoni oila-maktab-
mehnat jamoasi tizimida amalga oshadi, bu unsurlar orasida shaxsiy xislat – 
ishbilarmonlik sifatlari ijtimoiy shakllanishi jarayonining vorisligi va 
uzluksizligini ta’minlovchi jips aloqa boʻlishi kerak. Mehnat jamoasi rahbari 
zimmasiga salmoqli ruhiy-pedagogik ogʻirlik tushadi. U jamoa bilan yosh 
inson oila va maktabda olgan koʻnikma va malakalarini mustahkamlashi, 
uning avvalgi shakllanishi jarayonida orttirgan salbiy xislatlarini bartaraf 
etishi yoki yoʻqotishi lozim. 
Mehnat jamoasi (OTM – kafedra, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va 
b.)dagi tarbiya kasbiy, huquqiy, ahloqiy va estetik tarbiyaga boʻlinadi. 
Tarbiyaning bu turlari xodimlar jamoaviy mas’uliyatini yuzaga keltirishga, 
shuningdek, 
oʻz mehnati natijasi boʻyicha shaxsiy javobgarlikni 
kuchaytirishga yoʻnaltiriladi. 
Xodimning mehnat jamoasiga taalluqliligiga quyidagi (ob’yektiv va 
sub’yektiv) omillar ta’sir etadi: 
- kasbni toʻgʻri tanlash; 
- ish manfaati yoʻlida birgalikdagi harakatni ta’minlash; 
- sogʻlom norasmiy munosabatlarga qoʻshilish; 
- turli konsultatsiyaviy yordam koʻrsatish; 
- adolatli moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirish; 
- xizmatdagi muvaffaqiyatlar istiqbollarini belgilash. 
Bu barcha omillar mehnat jamoasi doirasida samarali hal etiladi. 
Rahbarning faoliyati koʻp jahatdan pedagogik faoliyatdan iborat 
boʻladi. Rahbar bajaruvchilarga qat’iyat bilan oʻz gʻoyasini oʻtkazadi va 
bularni amalga oshirishni oʻrgatadi. 
Har bir rahbar psixologik bilimlar bilan bir qatorda muayyan 
pedagogik bilimga ham ega boʻlishi kerak.
Insonning shaxsiy manfaatdorligidan kelib chiqib tarbiya jarayonida 
rahbar quyidagi pedagogik muammolarni hal etishi kerak: 
- aqliy rivojlanish (xodimlarning umumiy va kasbiy ma’lumoti); 


131 
- ma’naviy boyish (madaniy tadbirlar tashkil etish, etik muammolarni 
yechish); 
- muomalani maqbullashtirish. 
Bunda quyidagi pedagogik tamoyillarga rioya qilish lozim: 
- ezgu ideallar bilan mashgʻul boʻlish; 
- shaxsiy xislatlarni takomillashtirish. 
Tabiyki, tarbiyaviy ta’sir umumiy va qotib qolgan boʻlmasligi lozim, 
chunki yuqorida qayd etilgan omillar har bir muayyan shaxs uchun farqlidir. 
Shuning uchun tarbiyaviy ta’sir har bir shaxsning oʻziga qaratilgan boʻlishi 
kerak, bu rahbar tarbiyaning turli-tuman usullaridan xabardor boʻlishini 
taqozo etadi. Rahbarning tarbiyaviy ta’sir usullaridan oqilona foydalanishi, 
ya’ni pedagogik savodli boʻlishi xodimda xulqiy farosat va koʻnikmalarni 
shakllantirishni ta’miinlaydi. 
Rahbar tarbiyaviy ta’sirni amalga oshirishining quyidagi, ta’bir joiz 
boʻlsa, “texnologik tamoyillari” mavjud: 
- ruhiy oʻziga xoslik, ya’ni shaxsga tarbiyaviy ta’sir oʻtkazishdan oldin 
uning individual, ijtimoiy–ruhiy sifatlarini anglash lozim; 
- ma’naviy motivlar – oʻziga boʻysunuvchilar oldida yuqori darajadagi 
xulq-atvor egasi ekanlikni shaxsan namoyon etish, bu rahbarga “mendek 
boʻl” deb talab qilish imkonini beradi; 
- yakka tartibda yondashish, bu – har bir shaxsning oʻziga xos boʻlgan 
"a’lo" tomonini izlash; 
- mehnat faoliyatining talablariga moslashish, bu – xodim aqliy 
imkoniyatini aniqlash va undan samarali foydalanish boʻyicha pedagogik 
muammoni hal etish; 
- shaxsiy moʻljal, bu – xodimda noyob qobiliyat kurtaklarini oʻstirish 
va ularni rivojlantirish; 
- tizimli yondashish, bu – shaxsni har jihatdan idrok etish va uning 
xulqiga ta’sir etuvchi ustuvor omillarini aniqlash. 
Boshqaruv tarbiyasi shakllaridan quyidagilarni ta’kidlash zarur: 
- dunyoqarashni kengaytirish ta’limi, bu – iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy 
va ekologik ta’limni oʻz ichiga oladi, uning koʻlami menejer yoshi, madaniy 
saviyasi va ish tajribasiga bogʻliq boʻladi. Dunyoqarashni shunday oʻstirish 
tufayli ong ma’naviy zamini barpo etiladi


132 
- mehnat musobaqasi, bu – kasbiy musobaqalashuv, malaka oshirishda 
kuchli omil sanaladi. Boshqaruv tarbiyasining bu shakli turli tanlovlar, 
ratsionalizatorlik takliflari va h.k.lar yordamida amalga oshiriladi; 
- boshqaruvda ishtirok etish – boshqaruvga oid qarorlarni ishlab 
chiqish va amalga oshirishga oddiy xodimlarni jalb etish. 
Rahbar xodimga tarbiyaviy ta’sir koʻrsatar ekan, G.Salening quyidagi 
soʻzlarini yodda tutishi foydadan holi emas: “Shuni unutmangki, hamma 
uchun mos andoza yoʻq, siz, hammamiz – turli toifadamiz va 
muammolarimiz ham turlicha”. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish