24-rasm. Strategik boshqarishni 5 topshirigʻi
1-topshiriq
Tashkilot
strategik
ko’ra bilishi
va
zimmadagi
vazifasini
shakllantirish
2-topshiriq
Maqsadlarni
belgilash
3-topshiriq
Maqsadlarga
erishish
strategiyasini
ishlab chiqish
4-topshiriq
Strategiyani
joriy etish va
amalga
oshirish
5-topshiriq
Ishni
baholash
yangi
yo’nalishlar
ni o’rganish
va
to’g’rilovchi
harakatlarini
amalga
oshirish
125
Tashkilotning strategik koʻra bilishi va zimmasidagi vazifasini
shakllantirish
da quyi tashkilotlarning rahbarlari “biz nima qilmoqchimiz va
nimaga erishamiz?” degan savolga javob berishi lozim.
Zimmadagi vazifa bayon qilinganda tashkilot faoliyatining tavsifi
aniqlashadi va u mijozlar uchun nima qilishi kerakligi belgilanadi. Oʻz
xodimlarida “maqsad tuygʻusi”ni yuzaga keltirish uchun, rahbar ularni
tashkilotning strategik moʻljali va zimmadagi vazifa toʻgʻrisida xabardor
qilishi lozim.
Yaxshi
oʻylangan strategik moʻljal tashkilotlarni istiqbolga
tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yoʻnalishini belgilashga yordam
beradi.
Oliy ta’lim muassasalarining zimmasidagi vazifasi toʻgʻrisidagi
bayonnomaga ba’zi misollar 14-jadvalda keltirilgan.
14-jadval
Oliy ta’lim muassasalarining zimmadagi vazifa toʻgʻrisidagi
bayonnoma namunalari
T/r Oliy ta’lim muassasasi
Zimmadagi vazifa haqida bayonnoma
1
Germaniyaning maxsus
oliy muassasalari
- amaliy-ilmiy tadqiqot ishlari oʻqitish va oʻquv
vositasida texnika, texnologiya, fanlar va
san’atning amal qilishi hamda rivojlanishi
ta’minlash;
- mehnat bozori kasbiy talabini hisobga olgan
holda mutaxassislar tayyorlash;
- fan va amaliyot (ishlab chiqarish)ning ta’lim
jarayoni bilan jips aloqasini ta’minlash;
- ancha qisqa muddatlarda ma’lum jarayonni
samarali tashkil etish.
2
Oʻzbekiston universiteti - fan, texnika, texnologiya, iqtisodiyot,
madaniyat va ta’lim, shuningdek, mutaxassislar
bilimi, iqtidori va malakalarini raqobatbardosh
darajada tutish asosida bilim, yoʻnalishlar va
ixtisosliklar sohalarining keng doirasi boʻyicha
yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
126
3
Oʻzbekistonning
tarmoq oliy ta’lim
muassasalari
-
fan,
texnika,
texnologiya,
iqtisodiyot,
madaniyat va ta’limning zamonaviy yutuqlari
asosida ayrim sohalar uchun yuqori malakali
kadrlar tayyorlash, shuningdek, mutaxassislar
bilimi, iqtidori va malakalarini raqobatbardosh
darajada saqlab turish;
- amaliy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik
ishlarini yangi ilmiy-texnikaviy bilimlar bunyod
etish asosida bajarish;
- amaliyot (ishlab chiqarish)ni ta’lim jarayoni
bilan jips aloqasini ta’minlash.
Maqsadlarni belgilash.
Zimmadagi vazifa va rivojlanishning
yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi rahbariyatning bayonini oʻzgartirish natijasi boʻlib
tashkilot ishining aniq maqsad va vazifalari hisoblanadi. Ular tigʻiz, ammo
erishsa boʻladigan boʻlishi lozim. Mitchell Leybovits (Pep Boys-Manny,
Moe and Jack kompaniyasining direktor-farmoyishchisi) shunday degan edi:
“Agar siz, oʻrtacha natijaga erishmoqchi boʻlsangiz, unda oʻz oldingizga
oʻrtacha maqsadlarni qoʻying”.
Maqsadlar – tashkilot ish sifati va taraqqiyotini koʻrsatuvchi moʻljaldir.
Rahbariyat tomonidan belgilanadigan maqsadlar qisqa va uzoq
muddatliga ajratiladi. Qisqa muddatli maqsadlar rahbariyat yaqin vaqt ichida
ega boʻlishi lozim boʻlganlarni belgilasa, uzoq muddatliligi ancha uzoq vaqt
mobaynidagisini belgilaydi. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni
uygʻunlashtirish kerak boʻlgan hollarda keyingisi ustuvor hisoblanadi.
Maqsadlarni belgilashda barcha rahbarlar ishtirok etishi lozim.
Tashkilot barcha boʻlinmalari oldiga aniq vazifalar qoʻyiladi, bularni hal
etish umumiy maqsadga erishilishiga muayyan hissa boʻlib qoʻshiladi.
Mazkur holda tizimli yondashishdan foydalaniladi: boʻlinmalar vazifasi
tashkilot umumiy maqsadlarning uzviy qismi hisoblanadi. Agar barcha
darajadagi rahbar tegishli maqsad va vazifalarning bajarishi uchun
mas’uliyatni oʻz zimmasiga olsa, bunda tashkilotda ishchanlik muhiti qaror
topadi, bu ishda yuqori natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Maqsadga erishish strategiyasini ishlab chiqish
da asosiy boshqaruv
muammosi, ya’ni tashkilot ahloqini hisobga olgan holda samarali natijalarga
va uning istiqboliga qanday erishish belgilanadi. Strategiya natijalarga
127
erishish vositasi hisoblanadi. Bunday harakat tarziga tashkilot, maqsad va
vazifalarga erishish uchun rahbarlar amal qilishi shart.
Tashkilot strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga
yoʻnaltirilgan oʻzaro bogʻliq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan
iboratdir.
Tashkilot strategiyasi, qoidaga koʻra, quyidagi mutanosibliklardan
iborat boʻladi:
- puxta oʻylangan va maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlar;
- agar kutilmagan yoʻnalish yuzaga chiqsa va zarur boʻlsa, unga
javoban xatti-harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir boʻlsa va h.k.
Tashkilot strategiyasi bir vaqtning oʻzida ham rejadagi va adaptiv
(moslashuvchan) hisoblanadi.
Tashkilot strategiyasini tez-tez “zargarona sozlash” yoki boshqarish
odatdagi hol hisoblanadi. Bular tashqi va ichki oʻzgarishlar miqdori sezilarli
darajada jamlanishi boʻyicha amalga oshiriladi. Shuning uchun strategiya
uzoq muddat mobaynida kamdan-kam holdagina oʻzgarmay qoladi. Biroq
strategiyani tubdan oʻzgartirish kamdan-kam yuz beradi, qoidaga koʻra bilish
va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va strategiyani qabul
qilish, bu rivojlanish yoʻnalishini ishlab chiqish jarayonining asosiy vazifasi.
Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi.
Strategiyani joriy etish va amalga oshirish.
Strategiyani joriy etish
asosiy ma’muriy vazifadir, u oʻz ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:
- strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qobil tashkilot tuzish;
- koʻzlangan maqsadga jadal erishishga yoʻnaltirilgan asoslashni
xodimlar uchun ishlab chiqish;
- mukofatlash tizimini qoʻyilgan maqsadlarga erishish natijalar bilan
bogʻlash;
- tashkilotda strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
imkoniyat tugʻdiruvchi muhit va ishonchli vaziyatni yuzaga keltirish;
- tashkilotning har bir a’zosiga kunma-kun oʻz vazifasini samarali
bajarishiga imkon beradigan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish;
- muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish
yoki qayta tayyorlashni) tadbiq etish;
- strategiyani olgʻa siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni
muntazam yaxshilash uchun zarur boʻlgan ichki yetakchilik tizimini joriy
etish.
128
Strategiya bilan tashkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash
tizimi, strategiya bilan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimi, shuningdek,
strategiya bilan tashkiliy madaniyat (qadriyatlar va e’tiqodlar shaklida
namoyon boʻluvchi) oʻrtasida mutanosiblik qancha yuqori boʻlsa, strategiya
shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Ishlarni baholash, yangi yoʻnalishlarni oʻrganish va toʻgʻrilovchi
harakatlarni amalga oshirish.
Boshqaruv strategiyasining yuqorida koʻrib
oʻtilgan toʻrt vazifasini birdaniga va doimiyga hal etib boʻlmaydi. Uzoq
muddatli maqsadlar oʻzgartirishni taqozo etishi mumkin: ular oshirilishi yoki
pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu toʻplangan tajriba va kelajakdagi
istiqbol bilan bogʻliq. Tashkilot strategiyasini amalga oshirish yoʻllarini
qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq yoʻllarini izlash
amalga oshiriladi.
Tashkilot vazifasi,
maqsadi va strategiyasi, shuningdek, strategiyani
amalga oshirishga yondashuv hech qachon tugal boʻlmaydi. Ishlarni
baholash va toʻgʻrilash harakatlarni amalga oshirish me’yoriy hol
hisoblanadi va strategik boshqaruv jarayonining uzluksiz davom etadigan
zarur elementi boʻlib qoladi.
Sanab oʻtilgan 5 strategik vazifa rahbarning boshqa lavozim
majburiyatlari (kundalik ishni nazorat qilish, tang vaziyatlarni hal etish,
yigʻilishlar oʻtkazish, hisobotlar tuzish, insonlarga oid muammoni hal qilish,
maxsus topshiriqlar va jamoatchilik majburiyatlarini bajarish va h.k.)lardan
ajralgan holda mavjud boʻlmaydi. Keyingilar butoqlar boʻlib tana – strategik
boshqaruv vazifasi atrofida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |