123
yaxlit nazoratni qoʻllash mumkin emasligini tushunishlari zarur. Bunday
“jamoa“ a’zolarini faqat favqulodda holatlarda boshqa ishga koʻchirish
mumkin. Loyiha rahbarining tutgan oʻrni ham
ijtimoiy-psixologik nuqtai
nazardan muhimroq boʻladi. Resurslarni taqsimlash, ularni boshqarish, aniq
muddatlar qoʻyish huquqi rahbar shaxsiy hokimligining hal qiluvchi
standartlaridan biri hisoblanadi. Agar yuqori rahbariyat yoki xodimlar loyiha
rahbarining egallagan oʻrni buzilsa, unda bunday “jamoa”ning mavjuligi
amalda yoʻqoladi. Shuning
uchun novatorlik firmalari, venchurli
boʻlinmalar, tatbiq etish tashkilotlarida rahbarlikning buyruqbozlik uslubi
umuman mumkin emas. Loyiha guruhi a’zolarining mavqei boshqa mezonlar
bilan belgilanishini tushunish kerak. Masalan, agar an’anaviy tuzilmada
shaxsning ijtimoiy mavqei lavozim ierarxiyasidagi kattaligi,
yuqori
daromadi, ma’lumoti, xabardorlgi va tajribasi bilan belgilansa, tadqiqot
guruhlarida xodimning mavqei u ilgari surayotgan gʻoyalar, uning ijodiy
qobiliyati, tafakkuri kengligi, tavakkalchilikka tayyorligiga bogʻliq.
Loyiha
rahbari haqida ham shuni aytish mumkin. Mavqei yuqori rahbariyatdan past
boʻlgan holda, u aniq holatni yaxshiroq bilishi, konstruktivroq gʻoyalarni
ilgari surishi, loyihani tezroq amalga oshirish uchun samarali usullarni
qoʻllashi mumkin.
Tadqiqot guruhlari ishida masalalarni hal etish, guruh a’zolari xulqini
baholash va umuman ular ishining samaradorligiga
oqilona yondashishga
rioya etish zarur. Maqsadni koʻzlash, loyihani rivojlantirish va qarorlar qabul
qilishning rasmiy tezkor tizimi toʻliq oqilona yaratilishi kerak, ijodiy shaxsiy
xususiyatlar, norasmiy usullar va nostandart yondashuvlarni muvofiq
integratsiyalashdan iborat boʻlishi kerak. Rejalashtirish, boshqaruv qarorlari
va nazorat ichida “jamoa” ishtirokchilarini ijodiy va rolli taqsimlanishi sodir
boʻladigan
asosini yaratdi. Guruhni samarali ishlashi uchun ishonchi va hamdardligi
muhitini
yaratish, xodimlarni ijodga ragʻbatlantirish zarur.
Yaxshi strategiya va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish yaxshi
boshqaruvning eng ishonchli belgisidir.
Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bogʻliq
masalani hal etishga
asoslanadi:
1. Tashkilot bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni strategik koʻra bilishni,
harakatlarning uzoq muddatli yoʻnalishini va aniq vazifani shakllantirish.
124
2. Strategik koʻra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va
topshiriqqa aylantirish.
3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish.
4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va
amalga oshirish.
5. Ish natijalarini baholash, yangi yoʻnalishlarni oʻrganish va
rivojlanishning uzoq muddatli yoʻnalishi, strategiya maqsadlari yoki
amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, oʻzgaruvchan
sharoitlar, yangi gʻoyalar va imkoniyatlarga nisbatan toʻgʻrilovchi
xatti-
harakatlarni amalga oshirish.
Mazkur strategiyani shakllantirish va amalga oshirish jarayoni 24-
rasmda berilgan.
Bunda 5 vazifadan agar zarur boʻlsa qabul qilingan qarorlarni qayta
koʻrib chiqish yoki takomillashtirish uchun oldingilariga qaytish koʻzda
tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: