DAVLAT TALABLARI TARKIBINI O'RGANISH
Reja:
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari
Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari
Davlat talablarining tarkibi
O‘zbekistonda maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan yangi davlat talablari tasdiqlandi
Xalq ta’lim vazirligining 2013-yil 18-oktabrdagi Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i 21-oktabr kuni kuchga kirdi, deb yozadi “Norma”nashri.
Mazkur hujjatga ko‘ra, bolaning rivojlanishi va ta’lim olishida jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, o‘qish va yozishga tayyorgarlik; bilish jarayoni va atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish yo‘nalishlaridagi talablar belgilab qo‘yilgan.
Davlat talablari maktabgacha ta’lim tizimida va oilada 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash, maktabga tayyorlashda qo‘llanilishi majburiydir. Uning vazifalari maktabgacha ta’lim metodikasini yaxshilash, pedagoglar malakasini oshirish, ta’lim-tarbiya berishning o‘quv dasturini yaratish kabilardan iborat.
Shuningdek, talablarda bola bilan ishlaganda e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan psixologik xususiyatlar ko‘rsatilgan.
Hujjatda belgilangan talablarga amal qilishi kerak bo‘lgan tashkilot va idoralar ko‘rsatilgan. Ularga: davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim olayotgan bolalar guruhi mavjud “Mehribonlik” uylari, maktabgacha hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan kollej va OTMlar, kadrlar malakasini oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, maktabgacha hamda boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi tuman, shahar metodik bo‘limlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |