Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
“Iqtisodiy tahlil va statistika”
kafedrasi
Kurs ishi
Mavzu:Bozor infrastrukturasi va strukturasi
Kurs ishi rahbari : Dotsent, Iqtisodiyot fanlari nomzodi Xoliqulov A.N
Kurs ishi tayyorladi : IK319-guruh talabasi TaylakovD.J.
SAMARQAND - 2022
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
I bob. Bozor infrastrukturasi va strukturasi Uning Iqtisodiyotdagi o’rni
1.1 Bozor infratuzilmasining maqsadi, asosiy vazifa va tamoyillari bozor munosabatlariga o’tish va taraqqiyotning “o’zbekmodeli”
1.2 Bozor infrastrukturasi tarkibi va shakllantirilishi
II bob.Bozor iqtisodiyotini ifodalaydigan asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar tahlili
2.1 Mamlakatimizdagi yashash va ovqatlanish xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalar va tashkilot ko’rsatkichlarning omillar usulida tahlil qilish
2.2 Mamlakatimizdagi kichik biznes va tadbirkorlikda savdo holati ,aloqa va axborotlashtirish sohasi prognoz tahlili;
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar ro’yxati.
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O’zbеkiston iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni bosqichma-bosqich rivojlantirdi.Mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlar haqida gapirar ekanmiz, yuz bergan institutsional o'zgarishlar haqida ham qisqacha to'xtalish o'rinlidir. Erkin iqtisodiy faoliyat tamoyillarini joriy etish bo’lib asosiy vazifalar esa quyidagilar:
-Xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish;
-Kichik tadbirkorlikni yanada rivojlantirish;
-Milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini ta’minlash;
-Ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish;
-Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish uchun sharoitlar yaratish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi. O’zbekistonda iqtisodni yuksaltirish barobarida, aholini bu jarayonga moslashuvi va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam manfaatlari hamisha diqqat e’tiborda. Ijtimoiy himoya siyosati ham bosqichma-bosqich takomillashib bormoqda. Ijtimoiy muammolarni adolatli hal etish, ishonchli amalga oshirish o’z navbatida jamiyatni to’laqonli demokratlashtirishda poydevor bo’ladi, albatta. Endi, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy faoliyat uchun teng sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Demokratik jamiyat qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini bosqichma- bosqich mahalliy organlarga topshirish erkiniqtisodiyot tamoyillarin ijoriy qilish haqida qabul qilish zarur. Natijada bozor iqtisodiyotining shakllanishiga, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga va aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan, ma’rifatli bozor iqtisodiyotiga asoslanuvchi demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘ygan mamlakatimiz oldida bu maqsadlarga erishish yo‘llarini bosib o‘tish, ular taqozo etuvchi chora-tadbirlami amalga oshirish vazifasi turadi. Shu o‘rinda, ma’muriy-buyruq bozlikka asoslangan tizim amal qilgan chog‘da inkor etilgan, jamiyat a’zolari farovonligining yuksak darajasiga erishishda “halal beruvchi”, “yotunsur” sifatida qarab kelingan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga qaytaҳdan nazar tashlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o ‘mini obyektiv jihatdan baholash zaruriyati vujudga keldi. Bunday tushunchalardan biri – bugungi kunda rivojlangan mamlakatlari qtisodiyoti yuksak natijalari, aholi turmush darajasining muhim tomoni hisoblanuvchi infratuzilma sohasi hisoblanadi. Bu sohaning “yaratuvchanlikkuchi”, “mo‘jizakor” tabiati, iqtisodiyot jadal harakatining muhim omili ekanligi rivojlangan mamlakatlar tomonidan allaqachonlar e’tirof etilgan hamda yuksak darajada baholangan. Shunga ko‘ra, infratuzilma. ayniqsa. Bozor infratuzilmasining iqtisodiy tabiatini 1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo'llab-quvvatlash maqsadida, shu jumladan, individual mehnat faoliyati bilan band bo'lgan jismoniy shaxslarni ham hisobga olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish, ishlarini tashkil etishda yordam ko'rsatish vazifasini o'z zimmasiga olgan Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning Respublika Palatasi tashkil qilindi. Hozirda joy-larda uning hududiy bo'limlari ham faoliyat ko'rsatmoqda.O'zbekistonda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning noyob, . Unga davlatning o'zi rahnamolik qilmoqda. Bu tizimga muvofiq xususiylashtirishdan tushgan deyarli barcha mablag'lardan iqtisodiyotning nodavlat sektorini shakl-lantirish va mustahkamlash uchun foydalanilmoqda.Mamlakat tovar-xomashyo birjasi o'z faoliyatini ancha kengaytirdi, undagi bitimlar hajmi 2017-yilda 17,7 mlrd. Dollarga yetdi.To'plangan tajriba katta-katta sanoat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish imkonini berdi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya-ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.Qishloq xo'jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya salohiyatiga ega bo'lgan xo'jalik tuzilmasi - «O`z qishloq xo'jalik mash xolding»ni tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor zavodi ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshqishmash» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agregat zavodi, «Chirchiqqishmash» «O`zbekqishmash» singari aksionerlik jamiyatlari kirdi.Bir so'z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish jarayoni O'zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar o'ziga xos tarzda amalga oshirilar ekan, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga katta e'tibor berildi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishda O'zbekiston hukumati tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning samarali yo'llarini qidirib topa boshladi. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning davlat Dasturidan tashqari O'zbekistonda xalqxo'jaligining barcha tarmoqlarida, shu jumladan, qishloq xo'jaligida alohida tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari qabul qilindi Vatanimiz mustaqilikni qo’lga kiritgach, taraqqiyotning qaysi yo’lidan borish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda qanday tamoyillarga tayanish kabi bir qarashda jun ko’rinadigan, lekin xiyla murakkab va ziddiyatli, mamlakatning taqdiri bilan bog’liq o’ta muhim muammolarga duch keldi. Bozor munosabatlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan xujjatlarning aksariyati ushbu tamoyillarga asoslangan yoki ularni rivojlantirishga, yoxud ularni hayot tatbiq etishga bag’ishlangan. Bu qoidalarning naqadar to’g’ri ekanini hayot to’la tasdiqlanadi, shu bois, ular ho’zir ham, bundan keyin ham o’z ahamiyanini yo’qotmaydi. Bozor munosabatlari kishilarning yangicha dunyoqarashi, psixologiyasi, ko’nikma va xulq–atvori, ta’bir joiz bo’lsa, hayot tarzihamdir. Ularning qaror topishi va rivojlanishi uchun esa ma’lum vaqt, sabr – toqat, izchillik darkor. Shuning uchun dastlab mulkni tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish, mulkchilikning davlatga qarashli bo’lmagan shakllari – xususy, oila, xissadorlik, jamoa va boshqa turlariga asoslanib yangidan tashqil etilayotgan xo’jalik yuritish usullarini qo’llab–quvvatlash yo’li bilan aralash ,ko’p qirrali iqtisodiyotni shakllantirish yo’lidan borildi.. Bu kabi tadbirlar milliy iqtisodiyotning rivojlanishini talab etadi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishlarda ko`zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o`tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o`zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan bo`lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo`g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo`llarini o`rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog`liqdir. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk, “Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, rivojlanishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”.
Do'stlaringiz bilan baham: |