108
7.2. Korxonaning bozorni egallashga qaratilgan siyosati
Innovatsion faoliyatni
mazmun va mohiyatiga, pirovard olinadigan
natijasiga koʻra, korxonalar tomonidan olib boriladigan ichki investitsiya
faoliyatining tarkibiy qismi, ya’ni uning bir boʻlagi deb hisoblash mumkin.
Ichki investitsiya faoliyati innovatsion faoliyatdan
tashqari kapital qurilish,
yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, mavjud ishlab chiqarish
quvvatlarini modernizatsiyalash,
kengaytirish, rekonstruktsiya qilish kabi
ishlarni ham bevosita oʻz ichiga oladi. Demak, ichki investitsion faoliyat
innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatga sarflangan mablagʻlar jami kapital investitsiyaning
yangi gʻoya,
ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish,
oʻzlashtirish va tatbiq etishga taalluqli boʻlgan qismidir.
Korxonaning innovatsion salohiyati korxonaning barcha jihatlari, ya’ni
yangilikni yaratish va undan amaliyotda foydalanish qobiliyatini ifodalaydi.
Korxonaning innovatsion salohiyati elementlariga
quyidagilarni kiritish
mumkin:
•
moddiy-texnik resurslar;
•
moddiy va nomoddiy aktivlar;
•
moliyaviy resurslar;
•
tashkiliy resurslar;
•
kadrlarga oid resurslar;
•
ijtimoiy-ruhiy omillar.
Shundan kelib chiqib, korxona innovatsion jarayonlarni tashkil etish
uchun ixtiyorida quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
•
gʻoya va ishlanmalarni moliyalashtirish uchun yetarli pul mablagʻlar;
•
yangi mahsulotni yaratish va ommaviy ravishda ishlab chiqarish uchun
tegishli moddiy-texnika bazasi;
•
yangiliklarni amalga oshirish va uni joriy etish uchun qobiliyatli
xodimlar;
•
har qanday innovatsion jarayon asosini tashkil etuvchi original
(rasman) gʻoyalarni ishlab chiqish imkoniyati.
Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni innovatsion
rivojlantirishning davlat
tomonidan boshqarilishi ob’yekt va sub’yektlar boʻyicha emas, jarayonlar
darajasida amalga oshirilishi kerak. Bu tarkibiy qayta ishlab chiqarishga
tizimli yondashuvni taqozo etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarni ilm-
109
fan va ilmiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi aqliy faoliyatini institutsional-
huquqiy va ijtimoiy-moliyaviy boshqarishni shakllantirish bilan bogʻliq.
Bunday asosda kichik korxonalar uchun soliq imtiyozlari joriy etish (davlat
tashkilotlari texnologiyalar mualliflari tomonidan
litsenziyalarni sotishda
patentlash va preferentsiya uchun dotatsiyalar), nodavlat tashkilotlarini
maqsadli qoʻllab-quvvatlashni fundamental va amaliy tadqiqotlarni davlat
tomonidan boshqarilishi bilan uygʻunlashtirish kerak.
Innovatsiyalarni rivojlantirishda resurslarni asosiy sohalarda jamlashga
yordam beradigan samarali sanoat siyosatini ishlab chiqish va joriy qilish
muhim baza va rezerv vazifasini oʻtaydi va
iqtisodiyot tarmoqlarining
innovatsion imkoniyatlarini oshiradi. Innovatsiya faoliyatini kengaytirish
uchun tashkiliy va institutsional muhitni yaxshilash kerak. Mazkur muhitda
novatorlik faoliyati innovatsion jarayonning barcha ishtirokchilari uchun
iqtisodiy foydali boʻlishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: