103
VII BOB. TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION
MAHSULOTLARNI BOZORGA UZATISH USULLARI
7.1. Texnologiyalarni uzatishning nazariy asoslari
Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalarni tizimli
taqdim etish uslubiyoti
xalqaro standartlarga asoslangan, va ularga muvofiq
innovatsiya
deganda,
bozorga kirib kelgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot,
amaliyotda
qoʻllanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki
ijtimoiy
xizmatlarga
boʻlgan
yangicha
yondashuv
koʻrinishidagi
innovatsiyaviy faoliyat natijasi tushuniladi. Ushbu muammo boʻyicha koʻp
sonli tadqiqotlar amalga oshirilgan boʻlishiga qaramasdan, bugungi kunda
innovatsiyaviy
faoliyat sohasida yagona, umumiy tarzda qabul qilingan
terminologiya
mavjud
emas.
Jahon
amailiyotida
mamlakatlarning
innovasiyalarni yaratishi va oʻzlashtirishini Global innovasion indeks (GII)
koʻrsatib beradi.
18-rasm. Global innovasiya indeksi
Innovatsiyalar turli shakllarda boʻlishi mumkin, ammo har qanday
shaklda ham u mahsulot tannarxini kamaytirish
yoki bozor talabini
kengaytirishga yordam qiladi.
104
Innovatsion faoliyat – yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek
ishlab chiqarish sohasida ularning oʻtkazilishi va amalga oshirilishini
ta’minlash boʻyicha faoliyatdir.
Innovatsion faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
innovatsion faoliyatning
erkinligi;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashdan teng
foydalanilishini ta’minlash;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning
oshkoraligi va aniq yoʻnaltirilganligi;
raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish;
axborotni erkin almashish;
innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini
huquqiy muhofaza qilish;
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.
Innovatsion faoliyat subyektlari quyidagilardan iborat:
innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;
innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga
oshirishda ishtirok etuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa
tashkilotlar;
tashkiliy-huquqiy shaklidan va mulkchiligidan qat’i nazar,
yangi
ishlanmalarni
yaratadigan,
joriy
etadigan
va
innovatsiyalardan
foydalanadigan ilmiy, ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim, ishlab chiqarish
tashkilotlari va boshqa tashkilotlar;
innovatsiyalar ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar
manfaatlarini
ifodalovchi va himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari;
innovatsion
faoliyat
jarayonida
amalga
oshiriladigan
va
foydalaniladigan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq egalari;
innovatsion faoliyatga investitsiya qilishni amalga oshiruvchi
investorlar va tadbirkorlik subyektlari.
Innovatsion faoliyatning pirovard natijasi boʻlib innovatsiya mahsuloti
(texnologiya) hisoblanadi. Innovatsiya mahsuloti (texnologiyasi) oʻzining
hajmi bilan farqlanadi, u yangi texnologiyani
joriy etilishi evaziga
korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini
oʻsishini ifodalovchi
koʻrsatkichlarda oʻz aksini topadi.
Innovatsion faoliyat oʻz ichiga ma’lum bosqichli jarayonlarni oladi.
Ushbu bosqichli jarayonlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni quyidagicha ifodalash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: