O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-sentyabrdagi 321-sonli "Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni



Download 10.95 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi10.95 Kb.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil
22-sentyabrdagi 321-sonli "Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorining bajarilishi


1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2016-yil 28-oktyabrdagi 255-sonli buyrug‘i qabul qilindi, mazkur buyruqqa asosan Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi yuridik shaxs sifatida tashkil etildi, jumladan:

Markazning ustavi tasdiqlanib, CHilonzor tumani yagona darcha markazi tomonidan 2016-yil 31-oktyabrdagi 012468-08-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazildi;

Markazga 2016-yil 31-oktyabrdagi 012468-sonli davlat ro‘yhatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma taqdim etildi;

Markazning muhr va shtamp eskizlarini tayyorlash yuzasidan, Ichki ishlar vazirligidan maxsus ruxsatnoma olinib, muhr va shtamplari tayyorlandi;

Yгridik shaxs sifatida O‘zsanoatqurilishbankning Qatortol filialida Markazning hisob-raqamlari ochildi (bank filialining 30.11.2016 yildagi 04-47/3048-sonli xati).

2. Mehnat vazirligi bilan birgalikda va ushbu vazirlikning 2016-yil 15-dekabrdagi 02-05/3701-sonli tavsiyasiga asosan Markaz xodimlarining shtat jadvali ishlab chiqildi va 2016-yilning 20-dekabrida belgilangan tartibda tasdiqlandi.

Qo‘mita raisining 2016-yil 20-dekabrdagi 159-sonli buyruqqa asosan S.Muxtoraliev Markaz rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shuningdek, bugungi kunda Markazga 1 ta bo‘lim boshlig‘i, 2 ta mutaxassis va 4 ta ilmiy xodimlar jalb qilingan.

3.  Markazning 2016-yil 15-dekabrdagi 01 va 28-dekabrdagi 03-sonli xatlariga asosan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan Markaz qo‘mitaning hisobidan bepul moddiy texnik baza va asosiy vositalar bilan ta’minlanmoqda.

4. Markazga ajratilgan joy va xonalarning rekonstruksiya qilinishi yuzasidan qo‘mitaning Kapital qurilish boshqarmasi tomonidan pudrat ishlariga doir barcha hujjatlar rasmiylashtirildi, jumladan:

binoning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qavatidan ajratilgan xonalar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi;

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan yuqoridagi smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi;

Qo‘shimcha ravishda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2016-yil 29-dekabrdagi 298-sonli buyrug‘i qabul qilinib, unga ko‘ra rekonstruksiya ishlarini moliyalashtirish masalasi hal etildi hamda mas’ul xodimlarga joriy yilning 1 fevraliga qadar pudrat ishlarini to‘liq ravishda yakunlash topshirildi.

5. Markazdagi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining asosiy ta’limga oid hujjatlari hisoblangan quyidagi hujjatlar Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamda Davlat test markazi bilan birgalikda ishlab chiqildi va tasdiqlandi:

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishning davlat ta’lim talablari;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv dasturlari.



O‘zbekiston Respublikasi

Tabiatni muhofaza qilish

davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa