1-Mavzu: Axborot kutubxona resurslari asosida ma’lumot axborot
xizmati koʻrsatish.
Reja:
1. Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida.
2. ARM axborot xizmati koʻrsatish.
3. Axborot xizmati koʻrsatish turlari.
Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos boʻlishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand boʻlishini ta’minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Bu esa, axborot-kutubxona faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat koʻrsatish, fondlarni toʻldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ragʻbatlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy ta’sir koʻrsatish imkonini beradi. (2019-yil 7-iyun, PQ-4354-son)
ARM axborot xizmati koʻrsatish.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida "Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat koʻrsatish" boʻlimining asosiy vazifasi ARM foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirish va oʻqish zallari xizmati ARM fondidagi: bosma, elektron koʻrinishida kutubxona resurslarini taqdim qiladi.
Abonement–professor oʻqituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xoʻjaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilotlardan kelgan xodimlarga xizmat koʻrsatadi. Abonementdan 332 ta professor-oʻqituvchilar, 81 ta ishchi-xodimlar roʻyxatdan oʻtgan. Boshqa tashkilotdan tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali xizmat koʻrsatadi. Abonementga a’zo boʻlish uchun xodimlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport nus’hasi, 1 dona 2x4 fotosurat, xodimlar boʻlimidan ma’lumotnoma kerak boʻladi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun oʻzga shaxsga berilishi mumkin emas. Abonementda kitobxonlar darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda respublikamizda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |