SIBELIUS – NOTA MUHARRIR DASTURI
Kompyuter texnikasi va texnologiyalarining paydo bo’lishi
musiqada katta
imkoniyatlarni olib kirdi. Endilikda har qanday kishi butun orkestri ovozini chalishi,
ovozli fayllarni xuddi professional studiyadagi singari montaj qilishi, ularga har xil
effektlarni qo'shishi mumkin. Har qanday havaskor musiqachi o’zining shaxsiy
nashriyotiga ega bo’ldi. Endi u kompyuter orqali biron bir kompozitsiyani osongina
yozishi va bosib chiqarishi mumkin.
Hozirgi kunda ko’plab nota muharrirlar mavjud. Ulardan “Finale”, “Encore”,
“Sibelius” kabi nota muharrirlaridan ko’plab foydalanuvchilar foydalanishmoqda.
Sibelius nota muharrir dasturi
— Amerikaning “Sibelius Software” komponiyasi
dasturchilari amerikalik egizaklar Ben va Janatan Finlar tomonidan 1986 yili
yaratilgan. U har
xil darajadagi musiqachliar, bastakorlar va raqamli MIDI
dunyosiga qiziqqan barcha hohlovchilar uchun mo’ljallangan. Dasturning asosiy
xususiyati sodda foydalanuvchi interfeysga egaligi va musiqalarni tez qayta ishlashi
hisoblanadi. Ichki musiqay kutubxonasi simfonik orkestr,
rok yoki estrada
asboblarining barcha nozik tomonlarini ochib bera oladi. Dastur kompyuter
klaviaturasidan foydalangan holda yuqori darajadagi sifatli musiqalarni yaratishga
imkon beradi. Dastur yordamida tayyorlangan parnituralarni eshitish, grafik rejimda
saqlash yoki Internet resurslarida (YouTube, SoundCloud, Facebook)
nashr etish
mumkin. Dastur virtual sekvensorlar va sintezatorlar bilan tez sinxronlashadi, MIDI
treklarni notalarga o'zgartirishi va aksincha notalarni treklar bilan almashtirish
mumkin. Biroq, dastur bilan ishlashdan oldin, foydalanuvchilar musiqiy notalar
haqida tasavvurga ega bo'lishi tavsiya etiladi. Dastur
professional bastakorlar va
didjeylar ichida juda mashhurdir. Bu yerda keltirilgan ma’lumotlar dasturning 7.5
tahririyati uchun beriladi. Boshqa tahririyatlarda ham asosiy jarayon deyarli bir xil.
Sibelius 7.5 tahririyatining asosy hususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
▪
Masalaga mo’ljallangan interfeysga ega. Dasturning foydalanuvchi interfeysi
masalaga mo’ljallangan panellardan iboratki ular yordamida tezda
kompositsiyalarni tahrirlash mumkin. Unda har bir funksiya grafik tugmaga
bog’langan va bu tugmalarga tavsiflar berilgan.
▪
Professional musiqiy kutubxonasiga ega. Masalan, Sibelius 7 tahririyatida 38
Gbdan yuqori professional ravishda tayyorlangan tarkibiy qismlarni, shu
jumladan maxsus yozilgan simfonik orkestri, rok
va estrada asboblarini va
boshqa ko'p narsalarni o'z ichiga oladi.
▪
64 bitli arxitekturani to'liq qo'llab-quvvatlash. Bugungi kunda 64 bitli
uskunalar va operatsion tizimlar tezlikni va xotiradan foydalanishning katta
afzalliklarini taqdim etadi. Sibelius 7.5 tahririyati dunyodagi birinchi 64-bitli
musiqa muharriri bo'lib, 64 bitli tizimning to'liq quvvatini ochishga imkon
beradi.
▪
Matn va nashrni takomillashtirish. Eng so'nggi OpenType shriftlaridan
foydalanish mumkin..
▪
Yagona monitordan foydalanish uchun interfeysni optimallashtirish.
Ko'pgina mijozlar noutbuklarni yoki bitta monitorli
boshqa tizimlarni afzal
ko'radi. Shuning uchun, Sibelius interfeysi har qanday vaziyatda, vaqt va
joyda musiqaga diqqatni jamlashga imkon beradigan tarzda yaratilgan.
▪
Grafiklarni import va eksport qilish. Sibelius dasturi grafik ob'ektlarni
barcha
asosiy formatlarda import va eksport qilish imkoniyatiga ega. Keyinchalik
ularni o'quv materiallari va boshqalarni yaratishda ishlatish mumkin.