MAVZU: SIBELIUSDA ISHLASH ASOSLARI
Kompyuter texnikasi va texnologiyalarining paydo bo’lishi musiqada katta
imkoniyatlarni olib kirdi. Endilikda har qanday kishi butun orkestri ovozini chalishi,
ovozli fayllarni xuddi professional studiyadagi singari montaj qilishi, ularga har xil
effektlarni qo’shishi mumkin. Har qanday havaskor musiqachi o’zining shaxsiy
nashriyotiga ega bo’ldi. Endi u kompyuter orqali biron bir kompozitsiyani osongina
yozishi va bosib chiqarishi mumkin.
Hozirgi kunda ko’plab nota muharrirlar mavjud. Ulardan “Finale”, “Encore”,
“Sibelius” kabi nota muharrirlaridan ko’plab foydalanuvchilar foydalanishmoqda.
Sibelius nota muharrir dasturi
— Amerikaning “Sibelius Software” komponiyasi
dasturchilari amerikalik egizaklar Ben va Janatan Finlar tomonidan 1986 yili yaratilgan.
U har xil darajadagi musiqachliar, bastakorlar va raqamli MIDI dunyosiga qiziqqan
barcha hohlovchilar uchun mo’ljallangan. Dasturning asosiy xususiyati sodda
foydalanuvchi interfeysga egaligi va musiqalarni tez qayta ishlashi hisoblanadi. Ichki
musiqa kutubxonasi simfonik orkestr, rok yoki estrada asboblarining barcha nozik
tomonlarini ochib bera oladi. Dastur kompyuter klaviaturasidan foydalangan holda
yuqori darajadagi sifatli musiqalarni yaratishga imkon beradi. Dastur yordamida
tayyorlangan parnituralarni eshitish, grafik rejimda saqlash yoki Internet resurslarida
(YouTube, SoundCloud, Facebook) nashr etish mumkin. Dastur virtual sekvensorlar va
sintezatorlar bilan tez sinxronlashadi, MIDI treklarni notalarga o’zgartirishi va aksincha
notalarni treklar bilan almashtirish mumkin. Biroq, dastur bilan ishlashdan oldin,
foydalanuvchilar musiqiy notalar haqida tasavvurga ega bo’lishi tavsiya etiladi. Dastur
professional bastakorlar va didjeylar ichida juda mashhurdir. Bu yerda keltirilgan
ma’lumotlar dasturning 7.5 tahririyati uchun beriladi. Boshqa tahririyatlarda ham asosiy
jarayon deyarli bir xil. Sibelius 7.5 tahririyatining asosy hususiyatlariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
▪
Masalaga mo’ljallangan interfeysga ega. Dasturning foydalanuvchi interfeysi
masalaga mo’ljallangan panellardan iboratki, ular yordamida tezda
kompozitsiyalarni tahrirlash mumkin. Unda har bir funksiya grafik tugmaga
bog’langan va bu tugmalarga tavsiflar berilgan.
▪
Professional musiqiy kutubxonasiga ega. Masalan, Sibelius 7 tahririyatida 38
Gbdan yuqori professional ravishda tayyorlangan tarkibiy qismlarni, shu jumladan
maxsus yozilgan simfonik orkestri, rok va estrada asboblarini va boshqa ko’p
narsalarni o’z ichiga oladi.
▪
64 bitli arxitekturani to’liq qo’llab-quvvatlash. Bugungi kunda 64 bitli uskunalar
va operatsion tizimlar tezlikni va xotiradan foydalanishning katta afzalliklarini
taqdim etadi. Sibelius 7.5 tahririyati dunyodagi birinchi 64-bitli musiqa muharriri
bo’lib, 64 bitli tizimning to’liq quvvatini ochishga imkon beradi.
▪
Matn va nashrni takomillashtirish. Eng so’nggi OpenType shriftlaridan
foydalanish mumkin..
▪
Yagona monitordan foydalanish uchun interfeysni optimallashtirish. Ko’pgina
mijozlar noutbuklarni yoki bitta monitorli boshqa tizimlarni afzal ko’radi.
Shuning uchun, Sibelius interfeysi har qanday vaziyatda, vaqt va joyda musiqaga
diqqatni jamlashga imkon beradigan tarzda yaratilgan.
▪
Grafiklarni import va eksport qilish. Sibelius dasturi grafik ob’ektlarni barcha
asosiy formatlarda import va eksport qilish imkoniyatiga ega. Keyinchalik ularni
o’quv materiallari va boshqalarni yaratishda ishlatish mumkin.
Windows OT muhitida dasturni ishga tushirish uchun mavjud ma’lum usullar
“Пуск\Все программы\” yoki dasturni o’rnatgandan so’ng Windows ish stolida paydo
bo’lgan yorliq orqali amalga oshiriladi. Dastur ishga tushganda kompyuter ekranida
o’zida bir qancha masalalarni mujassamlashtirgan “Быстрый запуск” (Quick Start)
nomli oyna ochiladi. Quyidagi 4.1-rasmga qarang.
“Быстрый запуск” oynasining ko’rinishi
Bu oyna quyidagi 5ta bo’limdan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |