88
9-jadval
Hukumatlararo bitimlar
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati
oʻrtasidagi sanoat
mulki muhofazasiga oid Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati
oʻrtasidagi sanoat mulki muhofazasiga oid Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati
oʻrtasidagi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati oʻrtasidagi sanoat
mulki muhofazasiga oid Bitim
Intellektual mulk himoyasi va huquqiy muhofazasi masalalari boʻyicha
Davlatlararo kengashni tuzish va intellektual mulk ob’yektlari doirasida
hamkorlik Bitimi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati
oʻrtasidagi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi BIMT ning quyidagi shartnoma va
kelishuvlariga a’zo:
BIMT ni ta’sis etuvchi
Konvensiya;
Sanoat mulkini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Parij konvensiyasi;
Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi
shartnoma;
Tovar belgilari boʻyicha qonunchilik toʻgʻrisidagi shartnoma;
Patent
jarayonlari
maqsadlari
uchun
mikroorganizmlarni
deponenlashtirishni tan olish toʻgʻrisidagi Budapesht shartnomasi;
Xalqaro Patent klassifikatsiyasi toʻgʻrisidagi
Strasburg bitimi;
Belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovar va xizmatlarning xalqaro
klassifikatsiyasi toʻgʻrisidagi Nitssa bitimi;
Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofazalash boʻyicha Konvensiya;
Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern
konvensiyasi;
Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatsiyasini ta’sis etish
toʻgʻrisidagi Lokarno bitimi;
Patent qonunlari toʻgʻrisidagi shartnoma;
Belgilarni xalqaro roʻyxatga olish toʻgʻrisida Madrid Bitimiga
Bayonnoma.
89
BIMT bilan hamkorlik qilish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi
Intellektual mulk agentligi turli dolzarb mavzular boʻyicha xalqaro va
hududiy seminarlarni oʻtkazadi.
Ilmiy-texnikaviy ijodiyotga koʻmaklashish, ixtirochilik va innovatsion
faoliyatni ragʻbatlantirish maqsadida Toshkentdagi
xalqaro innovatsion
forum doirasida ikkita mukofot taqdim qilingan:
-
Ixtirochilik uchun medal
- Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona mukofoti.
Hozirgi kunda Agentlik BIMT bilan birgalikda intellektual mulk
boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqish boʻyicha ishlarni boshlagan.
Intellektual mulk boʻyicha milliy strategiya iqtisodiy nuqtai nazardan qadrli
boʻlgan IM ni yaratish boʻyicha mamlakatning imkoniyatlarini oshiradi.
Bundan tashqari IM sohasidagi strategiya mamlakatga muayyan reja
doirasida hamda samardorlik va barqarorlik prinsiplariga rioya qilgan holda
barcha manbalarning salohiyatini ochib berish imkonini yaratadi.
2017 yilda BIMT bilan Agentlik qoshidagi IM sohasidagi kadrlarni
tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazini qoʻllab-
quvvatlash toʻgʻrisidagi kelishuvga erishildi. Ushbu koʻmak doirasida oʻquv-
uslubiy qoʻllanmalar taqdim etiladi, oʻquv auditoriyalari
texnik jihatdan
qoʻllab-quvvatlanadi, oʻqituvchilar qayta tayyorlanadi, hamda markaz tashkil
qilayotgan turli tadbirlarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.
Oʻquv markazi negizida Agentlik bilan birgalikda BIMTning
Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi (TIQQM)
ochildi, va u oʻz navbatida Respublika boʻyicha universitetlar va ilmiy-
tadqiqot institutlaridagi TIQQM boshqarib boradi. TIQQM yuqori sifatli
texnik ma’lumotlar va ular bilan bogʻliq xizmatlardan foydalanish imkonini
beradi, va shu bilan birga, ijodkorlarga oʻz
salohiyatlarini ochish,
muhofazani ta’minlash va oʻz huquqlarini boshqarish imkonini yaratadi.
Hozirgi kunda Respublika boʻyicha 8 ta TIQQM faoliyat yuritib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: