Rollan «Xalq teatri» kitobida badiiy ziyolilarni
xalq hayotini teran anglashga,
o'z ijodini xalqqa xizmat qildirishga chaqirdi. Rollan qahramonlik ruhidagi san'at,
insonning his-tuyg'usi, aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi yirik shakldagi shoirona
realistik san'at yaratish muammosini olg'a surdi. U yangi teatrni «xalqning noni
qatori tashvishiga sherik» bo'lishi lozimligini ta'kidladi.
Rollanning kitobi Fransiyada xalq teatri tamoyillarini shakllantirishda dastur
bo'lib xizmat qildi. Rollan o'z kitobida ulug' fransuz burjua inqilobi davriga
murojaat etib, ziyolilarni xalq teatri uchun «Fransiyaning qahramonlik
epopeyasini» yaratib berishga chaqirdi. Bu epopeyada u
xalq kurashi manzaralarini
jonlantiruvchi qudratli tarixiy shaxslar hayot haqiqati bilan uyg'un tarzda keng
falsafiy umumlashmaga aylanishi kerak, degan fikrni olg'a surdi.
Rollan o'zi shu g'oyani ro'yobga chiqarish niyatida «Inqilob dramalari» deb
nomlanuvchi turkum pyesalar yaratdi. «Qashqirlar» (1898), «Aql tantanasi»
(1899), «Danton» (1900), «o’n to'rtinchi iyul» (1901) shunday dramalarning
dastlabkilari edi. Fransiya inqilobi davrining ur-yiqitlari, qatag'on dalishatlarini aks
ettiruvchi mazkur asarlarning har biri Rollanning yangi shakl va g'oyalar yo'lidagi
murakkab izlanishlari samarasi tarzida tug'ilgan.
«Qashqirlar» pyesasida Rollan inqilobiy ko'tarilishning fojiali ko'rinishlarini
chizib, inqilobiy burchning insoniylik axloqiga zidligini ifoda etdi. «Aql
tantanasi»da inqilobchi qon-qardoshlarning o'zaro qonli adovati, yakobinchilar
qatag'oni, siyosiy gij-gijlardan
aql-hushi uchib, jazavaga tushgan g'ofil olomon
haqida so'z ochdi. «Danton»da Rollan inqilob dohiylari ustidan hukm chiqarishdan
o'zini tiyadi, lekin ommaning xatarli ko'tarilishlaridan hangu mang bo'lib,
ezgulik
nimadayu, yovuzlik nimada degan jumboq qarshisida turib qoladi, javob izlaydi...
Adib «o’n to'rtinchi iyul» pyesasidagina bu savolga javob topgandek bo'ladi.
Unda xalq bosh qahramon tarzida ko'ringan edi. Ichki g'oyaviy-badiiy
birlikka ega
bo'lgan bu asar Bastiliyaning olinishi bilan bog'liq lavhalar asosiga qurilgan.
Rollan 1939-yili «Robesper» dramasini yaratadi. Unda fransuz inqilobining
yakobinchilar partiyasi ag'darilishi bilan xotitna topuvchi eng fojiali davri aks
ettirilgan. Muallif inqilobning mag'lubiyatga uchrashi
sabablarini badiiy tadqiq
etgan edi. Inqilob dohiylarining fojiasi ularning xalq madadidan mahrum bo'lib
qolganliklarida edi. Dramada Rollan Dantonning qatl etilishi lavhasidan
Robesperning halokatigacha bo'lgan voqealarni chizish asosida psixologik jihatdan
murakkab, qudratli insoniy sajiyalar yaratgan edi. El-yurt manfaatini shaxsiy
manfaatdan ustun qo'yib, vatanining shon-shuhrati yo'lida jonini qurbon qilgan
jafokash Robesper shunday qahramonlardan edi. Asar qahramonona romantik
ruhda xotima topadi. «Robesper» asari «Inqilob dramalari» turkumiga yakun
bo'libgina qolmay, shu bilan birga Rollanning «Xalq teatri» kitobida olg'a
surilgan
chinakam demokratik, hayotbaxsh san'at yaratish g'oyasini ham amalda ro'yobga
chiqargan yirik shakldagi drama namunasi tarzida yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: