Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
OSKAR UAYLD
(1856-1900-y.) 
Oskar Uayld bor-yo'g'i qirq to'rt yil umr ko'rgan. Lekin oz va soz umr ko'rgan, 
ko'pdan-ko'n esse, ertak va hikoyalar, estetikaga oid maqolalar muallifi sifatida 


 
tanilgan bu adib va dramaturgning muborak nomi ingliz va jahon adabiyoti hamda 
teatri tarixidan nufuzli o'rin oldi. Uayld ijodini, ayniqsa, estetika sohasidagi 
qarashlarini har kim ham to'laligicha beistisno qabul qilolmaydi. 
Lekin uning ijodi insonpaivarlik g'oyalari bilan sug'orilganiga shubha yo'q: 
Uayld o'sha davr jamiyatida ko'zga tashlangan qabohatdan dili vayron bo'lib, 
go'zallik shaydosi yanglig' ulkan iste'dod sohibi sifatida qalam tebratdiki, bu hol 
uning ijodi kamyob san'at hodisasiga aylanishiga sabab bo’ldi. 
Irlandiyada taniqli jarroh oilasida tug'ilgan Oskar Uayld Oksford dorilfununida 
tahsil ko'radi. O'qib yurgan chog'idayoq u antik adabiyotni favqulodda zo'r bilishi 
bilan ko'zga tashlanadi; u olimlik martabasiga da'vo qilishga haqli edi, lekin erkin, 
sarxush hayot nash'u namolariga berilib ketadi. U turli-tuman kiborlar davrasining 
matlub ishtirokchisiga aylanadi. U yurish-turishi zavqbaxsh, so'zamol, fahm-
zakovati o'tkir kishi edi. Shu xislatlari tufayli u kiborlar davrasining jon-dili bo'lib 
qoladi. Uayld shaxsiga xos bunday xususiyatlar uning ijodida ham o'z aksini 
topgan. Uayld son-sanoqsiz aforizmlar to'qigan bo'lib, u zid fikrlar ifoda tarziga 
shu qadar mayldor ediki, bu uning shaxsiy hayotida ham, ijodida ham bosh 
yo'riqqa aylandi. U go'zallik oldida sajda qiladi, shu go'zallikni ulug'lab, o'zini 
buyuk «nafosatparast» (estet) deb e'lon qiladi. Bu so'zlar havodan olingan so'zlar 
emas. U hayotda hamisha ko'hli, maftunkor bo'lishga intildi va o'z ijodida inglizlar 
taomiliga kirgan go'zallik an'analarini davom ettirdi. 
«Yolg'onning zavol topishi» (1891) essesida Uayld san'at da yolg'on-yashiqning 
ta'sir qudrati haqida yozib, har bir san'atkor bu ne'matdan bebahra qolmasligini 
uqtiradi. «Axloqiy yoki axloqsiz kitoblar bo'lniaydi, faqat yaxshi yozilgan yoki 
yomon yozilgan kitoblargina bo'ladi, xolos. Tamom-vassalom». 
Uayld dramaturg sifatida 1890-yillardan dovrug' tarata boshlaydi. Uning 
komediyalari ketma-ket yaratilib, darhol sahna yuzini ko'ra boshlagan. 
U qorishiq hislarni jonlantirishda g'aroyib, turfa zid holatlar yaratish usulini 
amalga kiritdi. «Uindermir xonimning yelpig'ichi yoki Batartib ayol haqida pyesa» 
(1892) komediyasida eri va go'dak qizalog'ini tashlab, jazmani bilan qochib ketgan 
Erlin xonim haqida hikoya qilingan. Qizig'i shundaki, yomonotliqqa chiqqan bu 


 
juvon o'zgalar deya shaxsiy huzur-halovatidan voz kecha oluvchi eng pokdomon, 
mehr-shafqatli ayol bo'lib chiqadi. 
«E'tiborga nomunosib ayol» (1893) pyesasida to'ralarcha bepisandlik bilan 
«chiqit»ga chiqarilgan Arbetnot xonim aslida hurmatga loyiq edi, lekin uni yo'ldan 
urgan, el-yurt ko'z o'ngida mo'tabar hisoblangan zodagon yigit esa, bir pulga 
arzimas kimsa ekani ochib tashlanadi. 
«Ermisaner» (1895) komediyasining nomidan ham uning piching asosiga 
qurilganligi sezilib turadi. Pyesada davlat sirini sotib boylik va martaba orttirgan 
siyosiy arbob xususida so'z boradi. Arbobning hurmacha qilig'idan bexabar xotini 
va jamoatchilik uni o'zgalarga o'rnak bo'Iadigan zot deb biladilar. Qizig'i shundaki, 
muallif «namunali er» Robert Chilterni qoralamaydi, zero u yashayotgan jamiyatda 
dovrug' va martaba egasi bo'lmoq uchun bundan o'zgacha yo'l tutib bo'lmasdi. 
Uayld ingliz adabiyotida benazir uslubsoz ustalardan biri bo'lgan. Inson' fe'l-
atvorini ifodalashda unga ikki-uch jumla kifoya edi. Uning “Jiddiy bo'lish 
qanchalik yaxshi” (1895) quvnoq komediyasi serzavq tasvir, lavhalarga boyligi 
bilan e'tiborlidir. Hayot noxushliklaridan butkul holi bo'lgan bu komediyada o'tkir 
dialoglar orqali serzavq lavhalardan yana ham serfayz lavhalar tug'ilib, turfa 
manzaralar yaratilgan edi. 
1893-yili Uayld dramaturgiyasidan alohida o'rin olgan pyesa dunyoga keladi. 
Bu «Injil» voqealaridan olingan Yahyo payg'ambar (pyesada lokanaan deb 
olingan)ning o'limi haqida fransuz tilida bitilgan bir pardali «Salomeya» dramasi 
edi. Muallif rivoyatga o'zicha erkin tarzda yondashgan. Pyesada Yahudiy malikasi 
Salomeya sevgi, hirs-havas ramzi misolida namoyon bo'lgani holda payg'ambar 
lokanaan o'lim va zohidlik ramzi yanglig' gavdalangan. Asarning boshidanoq 
vahima va tahlika rulii jo'shib turadi: har kishi o'zini bostirib kelayotgan dahshatli 
voqealar qarshisida turgandek his etadi. 
Shoh Xirod, Salomeya bir o'yin tushib bersa, istagan xohishini ado etajagini 
aytadi. Salomeya esa ishqi tushib qolgan Iokanaanning boshi keltirilishini so'raydi. 
lokanaanning barkashga solingan boshini keltiradilar. Malika payg'ambarning 
labidan bo'sa olib, ichgan qasamini ado etadi. Salomeyani ishq ehtirosi, lokanaanni 


 
qahr-g'azab tuyg'usi shu qadar ko'r va kar qilib qo'yganki, ular yorug' olamni hol-
jonini o'ziga rom etib olgan ana shu hislarsiz qabul qilolmaydilar; Xirod qo'rquv 
dahshatidan joni bo'g'ziga tiqilayotgan kabi xotini Xirodiya qalbini egallab olgan 
qasoskorlik alamidan faryod chekadi. «Salomeya» pyesasida oyning sarg'ish nuri 
yana ham mash'umona ko'rinish hosil etuvchi zulumot olami hukmronki, uni aql-
idrok emas, dahshatli xohish-ehtiroslar boshqaradi, sevgi va o'lim, hirsu havas va 
shafqatsizlik bir-biriga qo'shilib ketadi«Salomeya» pyesasi Uayldning simvolizm 
yo'lida qalam tebratganligi qatori real borliqdan ham uzoqlashganligini ko'rsatadi. 
Uning Salomeya vujudini qoplagan dahshatli ehtiros va hatto shafqatsizlikdan 
go'zallik axtarishi bejiz emas. 
Uayld umri poyonida dramaturgiyaga murojaat etmay qo'yadi. Lekin yaratgan 
asarlarining o'zi ham uning nomi jahon adabiyoti va teatri tarixidan o'rin olishiga 
munosib kafolat bo'ldi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish