Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
BERNARD SHOU
(1856-1950-y.) 
XIX—XX asrlar chegarasi va XX asrning dastlabki o'n yilliklarida ingliz teatri 
ko'p jihatdan Bernard Shouning ijodiy merosi ta'siri ostida rivojlandi. Shouning 
badiiy va ijtimoiy faoliyati o'ta ko'lamdorligi bilan ko'zga tashlangan edi. U musiqa 


 
va teatr tanqidchiligi sohasidagi ko'pdan-ko'p maqolalari, publitsistikasi bilan keng 
tanilgan edi. 
Shou Dublinda tavallud topdi, uning bolalik, o'smirlik yillari ham shu yerda 
o'tgan. «AngIiya Irlandiyani zabt etdi, menga Angliyani zabt etishdan o'zga nima 
ham qolgan edi», deb yozdi kinoya bilan Londonga yo’l olarkan. 
Bernard Shou G'arb dramaturgiyasida butkul yangicha tasvir usuli, ya'ni 
paradoks ifoda usuliga asoslangan yangi drama turini yaratdi va shu bilan tafakkur 
teatrining shakllanishiga asos soldi. Dramaturg tomoshabinlar ongini tarbiyalashni 
bosh vazifa deb bilib, zamondoshlarini aql-idrokli bo'lishga chorladi. Ularni 
hayotning ijtimoiy qonunlarini anglashga, burjuacha axloqqa nisbatan murosasiz 
bo'lishga undadi. Ayni paytda u insoniyat aql-idrokining olamni o'zgartirishdagi 
cheksiz kuch-qudratiga komil ishonch bilan qaradi. 
B. Shou zamonaviy voqelikni tadqiq etishda umum tomonidan e'tirof etilgan, 
lekin har kimga ham botavermaydigan jumboqli paradoks ifoda usulini o'z ijodi 
uchun asos qilib oldi. Turkum asarlarini ham u g'alati nomlar bilan ataydi. 
Xususan, «Bo'ydoq uylari» (1892), «Ko'ngil o'g'risi» (1893), «Uorren xonimning 
kasb-kori» (1894) degan uch asarini «yoqimsiz pyesalar» deb atagan. Bu asarlarda 
burjua jamiyatining turli axloqiy muammolari olg'a surilgan. «Bo'ydoq uylari» 
pyesasidagi chayqovchi Sartorius, uning gumashtasi Likchiz va zodagon naslining 
arzandasi Trench o'zaro kelishib, tashlandiq kulbalarda yashovchi kishilar mablag'i 
hisobiga
 
boyishni o'zlariga kasb qilib olgan kishilar tarzida ko'rinadi. 
Ijtimoiy adolatsizlik masalasi «Uorren xonimning kasb-kori» asarida yana ham 
keskin qo'yilgan. Unda Uorren xonim fohishaga aylanib, Ovro'poda qator 
ishratxonalar ochadi. Muallif bu uchun unigina qoralamaydi, shuhday harakatga 
yo'l qo'ygan barcha fuqarolarni qoralaydi. 
B. Shou «yoqimli pyesalar» deb atalgan «Inson va qurol» (1894), «Kandida» 
(1895), «Taqdir xohishi» (1895) va «Omon bo'lsak ko'ramiz» (1896) turkum 
pyesalarida muallif zamondoshlarining insoniylikka daxlsiz o'y-intilishlari ustidan 
kuladi. «Shaytonning shogirdi» (1897) hamda «Sezar va Kleopatra» (1898) tarixiy 


 
dramalarida yuqoridagi asarlarda ko'tarilgan muammolarni davom ettirib, 
mustamlakachilik siyosatini fosh etadi. 
Shou yangi asrni hajman ulkan «Inson va o'ta qudratli odam» (1903) degan 
falsafiy komediyasi bilan kutib oldi. Uning nazarida o'ta qudratli inson kelajak 
kishisi bo'lib, yomonlikdan yiroq, g'ayrat-intilishlari buzishga emas, balki 
yaratishga qaratilgan insondir. 
Jahon urushi arafasida Shou o'zining keng tarqalgan asarlaridan biri 
«Pigmalion» (1913) pyesasini yaratadi. Bu «Sohibjamol Galateya» yaratib, unga 
ishqi tushib, shu ishqi tufayli unga jon kiritgan haykaltarosh Pigmalipn haqidagi 
rivoyatning zamonaviy nusxasi edi. «Sohibjamol Galateya»ga aylangan londonlik 
gulchi qiz Eliza va uning otasi Alfred haqidagi bu asarga avval drama teatrlari, 
keyin musiqiy teatrlar (kompozitor F. Lou tomonidan «Mening dilbar 
sohibjamolim» musiqali komediyasi yaratilgan) uzoq sahnaviy umr ato etdi. 
1894-yildan Shou o'zi yozgan aksariyat asarlaridan o'zi sahnaga qo'ya 
boshlaydi. U aktyorlardan qahramonlar ruhiyatiga to'liq kirish asosida 
mubolag'aviy, g'aroyib ifodaviy usullarni qo'llanishini talab etardi. 1914-yili u 
«Pigmalion» asarini ham «Alo hazratlari teatri»da sahnaga qo'yadi.
Birinchi jahon urushining jarohatli oqibatlarini dramaturg eng sara «Qalblar 
vayron bo'lgan xonadon” (1913—1919) va «Parivash Ioanna» (1923) asarlarida 
umumlashtirgan. Kinoyachi, hajvgo'y, zid fikr ustasi Shou mazkur asarlarda sajiya 
va voqealarni fojiaviy ruhda talqin etuvchi ruhshunos sifatida ko'rinadi. «Qalblar 
vayron bo'lgan xonadon» asarida zukko, nozik ta'b, lekin birinchi jahon urushiga 
yo'l qo'ygan ovro'polik ziyolilar hajv ostiga olinadi. «Mazkur nom faqat pyesaning 
nomigina emas, balki, ushbu «vayron bo'lgan xonadon» urush arafasidagi butun 
madaniy va beg'am Ovro'poning o'zi hamdir», degan edi muallif. 
Shou «Parivash Ioanna» asarini bu shaxsga murojaat etgan o'z salaflaridan 
Shekspir va Shiller, Volter va Mark Tvenlarga nisbatan munozara tarzida yozgan. 
Uning Jannasi mutaassibona dindorlikdan holi ravishda olamga tiyran ko'z bilan 
qarovchi qahramon. U tarix jarayonini anglab, uning istiqbolini ko'rib harakat 


 
qiluvcha xalq aql-idrokini o'zida mujassam etgan qahramon qiz tarzida namoyon 
bo'lgan. 
Shouning 1930—40-yillardagi ijodida uning diqqati ko'proq siyosiy dolzarb 
masalalarga qaratildi. U shu yillari yozilgan «O1ma yuklangan arava» (1929), 
«Achchiq, lekin haqiqat» (1931) va «Jeneva» (1938) degan uch siyosiy 
komediyasini “siyosiy g'aroyibotlar” deb ataydi. 
«Olma yuklangan arava» pyesasida Shou fashizm qarshisida uni o'chib qolgan 
beqaror demokratiyani beshavqat fosh etadi. Angliyaning AQSHga iqtisodiy 
qaramligini ko'rsatadi. «Jeneva» pyesasida Batler, Bombardoni, Flando degan 
to'qima nomlar bilan murdor fashist siyosatchilari ustidan xalqaro sud jarayonini 
boshlaydi, tajovuskorlar yurishiga to'siq qo'yolmagan davlat rahnamolarini hajv 
ostiga oladi. 
Shouning «Umidsizlik orollarining g'ofil bandasi” (1931) pyesasi-oxirida ham 
sud sahnasi bor. Bu safar u butun insoniyatni «qiyomat qoyim» azobi doirasiga 
tortadi. Pyesa janriga ko'ra «qiyomat qoyim bilan yuzma-yuz» deb atalgan. 
Momaqaldiroq gumburi eshitilmaydi, chaqmoq chaqini ko'rinmaydi, osmon ham 
ostin-ustun bo'lmaydi. Biroq odamlar guruh-guruh bo'lib yoki bitta-bitta g'oyib 
bo'laveradi. London birjasi yopiq, jamoalar palatasida zog' ham yo'q. professor 
o'qituvchilar ma'ruza o'qiyotib misoli parlangandek yo'qlikka aylanar edi. Lekin 
Shou «mahshar kuni»ni olamning oxiri deb emas, balki haqiqiy insoniy 
«mas'ullikning bo'shlanish kuni», degan xulosa chiqaradi. Jamiyatga nail teguvchi, 
turmush farovonligi uchun kurashuvchi kishilar yashash huquqini oladilar. 
Jahonga taniqli adib o'zining so'nggi «Uzoq kelajak haqida masal» — pyesasida 
uchinchi jahon urushi vasvasalariga qarshi maydonga chiqdi. U avlodlarga tinchlik 
uchun kurashish lozimligini vasiyat qilib qoldirdi. «Yoshlar urush qurboniga 
aylanmasunlar», degan so'zlar uning so'nggi so'zlari bo'lib qoldi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish