Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


EMIL ZOLYA (1840-1902-y.)



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

EMIL ZOLYA (1840-1902-y.) 
Zolyaning adabiyot va teatr haqidagi fikr-mulohazalari zamonaviy hayotni 
bo'yamay, bezamay, uning dardu quvonchlarini borlig'icha ko'rsatishga qodir, 
jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichiga monand yangi san'at yaratish g'oyasi 
bilan sug'orilgan. Zolyaning «Tajribaviy roman» (1880), «Bizning 
dramaturglarimiz» (1881), «Teatrda naturalizm» (1881) kabi maqolalari 
naturalizmning asosiy dasturiy risolalari bo'lib, ularda fransuz dramatik teatrining 
ahvoli keng yoritiladi, avvalo, repertuarini yangilash muammosi olg'a suriladi.
Zolya dasturining xalqchilligi uning xalq hayotini aks ettiruvchi xalq dramasi 
haqidagi fikr-mulohazalarida ham o'z aksini topgan edi. Zolya naturalistik drama 
paydo bo'lsa, u teatr tizimini butkul o'zgartirishga olib keladi, deb hisobladi.
Zolya teatrni tubdan qayta qurish dasturini ishlab chiqarkan, rejissura 
masalasini alohida masala tarzida ko'zdan kechirmagan. Holbuki u ko'zda tutgan 
teatr - bu dramaturg teatrigina emas, avvalo, rejissor teatridir. 
«Tereza Raken» (1873) Zolyaning eng yirik pyesasi hisoblanadi. Unda muallif 
hayotni aniq va haqqoniy tasvir etishning «umumiy naturalistik usuli»ni 
belgilashga harakat qildi. Pyesada bir burjua oilasining so'niq hayot tarzi butun 
ichki ikir-chikirlarigacha qamrab olingan holda tasvir ko'zgusidan o'tkaziladi. 
Tereza Rakenning o'z erining do'stiga ishqi tushib qolishi bilan diqqinafas bu oila 
hayotida portlash yuz beradi: telbanamo sevgi jazavasida Tereza va Loran 
Terezaning eri Kamilni o'ldiradilar. Oshiqlar qilg'ilikni qiladilaru, vijdon azobida 


 
qoladilar. Har qadamda ularni marhumning arvohi izma-iz quvib, qasos 
olayotgandek bo'laveradi. 
MORIS METERLINK (1862-1949-y.) 
Asil belgiyalik adib Moris Meterlink simvolizm oqimining eng ulkan 
dramaturgi va nazariyachisi sifatida maydonga chiqdi. 
Meterlink ijodi fransuz madaniyati bilan bog'liq bo'lib, bu ijod XIX asr oxiri — 
XX asr boshlarida drama va teatr rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. 
Meterlink o'z estetikasini shunday falsafiy qarashlar asosida yaratgan. Uning 
estetikasida «ruhiyat teatri» nazariyasi va «sukut» nazariyasi alohida o'ringa ega. 
«Ruhiyat teatri» nazariyasi «kundalik turmush mushkiloti»ni ochishga 
qaratilgan. Sahnada zohiriy, ya'ni tashqi voqealar emas, balki insonning ichki 
hayoti, uning ruhiyat olamiga tobeligi ko'rsatilishi kerak.
Meterlinkning «Malikayi Malen» (1889), «Chaqirilmagan», “So'qirlar” (1891), 
«Ichkarida» (1894) va «Tentajilning o’limi» (1894) pyesalari shunday estetik 
qarashlar mahsuli sifatida tug'ilgan. Bu asarlarda Meterlink ijodining ilk davriga 
xos tarzda inson ojizligi va insoniyatning halokatga mahkumligi muammosi 
ko'tarilgan. 
Meterlinkning ilk pyesalarida taqdir qudrati, insonning kuchiga ishonchsizlik, 
inson umrining besamar va halokatga mahkumligi shoirona jo'shqin his-
kechinmalar orqali ifodalangan. Ayni zamonda Meterlink yangi usuldagi teatr
yangi sahnaviy ifoda shakllarini izlaydi. 
Shuni ta'kidlash lozimki, Meterlink o'z ijodiy izlanishlarida dramaturgiya va 
sahnaviy ifoda sohasida A. P. Chexov ochgan yangiliklarga yaqin keladi. Bular 
kundalik turmushhing alam-iztiroblarini ochish, g'ayrioddiy qahramonlardan voz 
kechish, dramatik to'qnashuvlarni yangicha usulda tuzish, «ostki oqim», tubma'no 
tamoyili, sukut va kayfiyat omillaridan foydalanish kabilar edi. 
XX asrning boshlarida Meterlink dramaturgiyasining tabiati o'zgara boshlaydi. 
1903-yili yozilgan «Ko'k qush» ertagida Tiltil degan bolakay bilan uning singlisi 
Mitilning mo'jizaviy ko'k qush (ideal)ni izlab topishlari orqali Meterlink insonga 


 
mehr-shafqat baxsh etuvchi ilhom shavqiga to'la nafosat olamini chizib berdi. Bu 
yerda ko'k qush baxt va nafosat timsoli tarzida namoyon bo'ladi. 
1903-yili yozilgan «Avliyo Antoniy karomati» hajviy rivoyati burjua 
riyokorligini fosh etuvchi asar sifatida shuhrat topdi. Boyvuchcha marhuma Ortans 
xonimning dafn etilish kuni uning qarindoshlari go'yoki achingan bo'lib yig'i 
ko'taradilar. Shu asnoda kutilmaganda juldur kiyimli afandi sifat kishi paydo bo'lib, 
marhumani tiriltirishi mumkinligini aytadi. Lekin uning boyligiga ega bo’lish 
ilinjida turgan yaqinlari buni zinhor istamas, faqat xizmatkor qiz Virjinigina 
marhumaning o'limidan astoydil qayg'urganligi ma'lum bo'ladi. 
1949-yili chop etilgan «Janna d'Ark» dramasi Meterlinkning so'nggi asari bo'lib 
qoldi... Unda dramaturg frantsuz xalqining fidoyi qizi Janna d'Arkning 
qahramonona hayoti haqida hayajon bilan hikoya qilingan. Muallif fashizm ustidan 
g'alaba qozonish yo'lida jonlarini qurbon qilgan vatandoshlari, Qarshilik harakati 
qahramonlarining mardonavor kurashiga hamohang asar yaratishga intilgan edi. 
Belgiya adibi Meterlinkning ijodi XIX—XX asrlar bo'sag'asida G'arbiy Ovro'po 
dramasi rivojida muhim bosqich bo'lib, u ushbu davr estetikasi va teatr amaliyoti 
rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish