LYUDVIG TIK
(1773-1853-y.)
Lyudvig Tik teatr tarixchisi, tarjimon, rejissyor va bir qator pyesalar muallifi
bo'lish bilan birga nemis romantik dramaturgiyasi va teatri tarixidan nufuzli o'rin
olgan dramaturglar sanog'ida turadi.
Tik butun umrini adabiy va teatr ijodiga qaratgan zot edi. Ko'pgina romantiklar
qatori Tik ham xalq ijodi va ko'hna nemis adabiyotiga alohida qiziqish bilan
qaraydi. U nemis ertaklarini romantiklar ruhida qayta ishlab, ularni nashr ettiradi.
Nemis «Xalq ertaklari» deb atalmish kulliyotlar ham uning e'tiboridan chetda
qolmaydi. U XV—XVII asrlarda ijod qilgan nemis dramaturglari asarlarini to'plab
o'rgandi va keyinroq ular «Nemis teatri» nomi bilan to'plam tarzida nashr etiladi.
Tikning “Ko'hna ingliz teatri” degan kitobi ham uning o'tmish teatr hayotiga
qiziqib qaraganligidan dalolatdir.
Nemis romantiklariga xos to'pori va g'arib kundalik hayotdan uzoqlashish
hususiyati Tik asarlarida yaqqol aks etgan. Bunga u ertak-pyesalarda real borliq
bilan teatr tomoshasi, maishiy turmush bilan taxayyur chegaralarini bir-biriga
tutashtirish orqali erishdi.
“Etik kiygan mushuk”
(1797) va
«Olamning pala-partishligi»
(1799)
pyesalarida, masalan, ishtirokchi kimsalar badiiy timsollik holatidan chiqib, dab-
durustdan sahna ishchisi bilanmi, asar muallifimi, tomoshabin bilanmi muloqotga
kira boshlaydi. Odatda, tomosha davomida sahnada ro'y beruvchi «ishkalliklar»
oraga tushib, sannaviy holatni buzishga olib keladi. Shu usul bilan muallif tasvir-
lanuvchi hayot voqeligiga nisbatan o'z kinoya va istehzoli munosabatini ifoda
etadi.
Shu ma'noda Tikning «Bolalar uchun ertak» deb ataluvchi «Etik kiygan
mushuk» pyesasi juda ibratli. Bu odatdagicha boyvachchalar, zodagonlar didiga
mo'ljallangan asarlardan farqli o'laroq, keng doira teatr ishqibozlariga qaratilgan
g'ayriodatiy komediya edi. Ayni paytda u teatr romantizmning romantik kinoya
qoidasini amalda tasdiq etuvchi dasturiy asar hamdir. Undagi voqealar romantiklar
alohida ko'ngil qo'ygan «teatrda teatr» ifoda usuli asosiga ko'rilgan. Sahnada teatr
sahnasi va tomoshabinlar zali: voqea bir vaqtning o'zida zalda ham, sahnada ham
davom etadi; sahnada etik kiygan mushuk haqida ertak namoyishkorona ravishda
o'ynaladi; soddadil, lekin qovoqbosh bechora hol Gotlib meros olish o'rniga
mushuk oladi. Mushuk bo'lganda ham biroz olg'irligi bo'lsa-da, turgan-bitgani aql,
amali zo'r mushuk edi. Mushik o'ziga bashang etik tiktirib berilishini so'raydi,
shundan so'ng u ertak syujeti bo'yicha noshud xo'jayini ishini o'nglashga kirishadi.
Kishilar ko'zi tushishi bilan quti o'chadigan, o'z mahramlarini ezib adoyi-tamom
qilgan Olabuji tengsiz imkonini ko'z-ko'z qilib, turli qiyofalarga kiradi, lekin
behosdan sichqonga aylanib qolganini o'zi ham sezmaydi. Shu on mushuk bir
tashlanadi-yu, uni gumdon qiladi. Asfalasofinga ketgan zulmkorning martabasi-
yu,' boyligi Gotlibga o'tadi. Bu hodisaga mushuk «Endi Gotlib misolida bosh-
qaruv tizg'ini uchinchi tabaqa (burjua) qo'liga o'tdi” deya istehzoli so'z qotadi.
«Demak, bu inqilobiy pyesa ekanada» deya tomoshabinlar baqirib xushtak chalib,
yer tepinib o'z noroziligini bildiradilar.
Lekin bu yerda inqilobdan asar ham yo'q edi. Ovsar Gotlib malikaga uylanadi,
yangi qirol yaxshi xizmatlari uchun mushukni orden bilan mukofotlaydi va
dvoryanlik unvonini beradi.
Tomosha davomida sahnadagi tomoshabin pyesa voqeasiga aralashib, unda goh
hayotiy haqiqat yo'qligi, goh pand-nasihat unutilganligini aytib g'ovg'o ko'taradi,
tomosha alg'ov-dalg'ov tusga kiradi. Quti o'chgan muallif sahnaga chiqqanicha
niyatini tushuntira ketadi, aktyorlar qo'rquvdan suflyor so'zini eshitolmay
dovdiraydi, ishchilar sahna pardasini beo'rin yopib, yana muallifni gapga qoldiradi.
Pyesa siyosiy musohabadan ham holi emas. Unda muallif nazarida biron-bir
o'zgarishga yo'l ocholmagan fransuz inqilobi haqida sha'malar eshitilib turadi.
Uchinchi tabaqa vakili Gotlib obrazi kinoyaviy usulda chizilgan. Fikr-o'yi
taralabedodlik bilan band zodagon tomoshabinlarning to'rachilik kayfiyati xajv
ostiga olinadi.
Turmush ikir-chikirlari tasvirining «ayoliy tasavvur bilan qorishiq holda kelishi,
ko'tarinki orzu-istak va kinoya uyg'unligi, adabiy teatrga xos masharaomuz ifoda
usullari Tik pyesalari Gotsining pyesa-ertak «fyablari» bilan yaqinligidan dalolat
beradi. Tik yangi teatr tasvirchilik vositalarini ishlab chiqadi. U teatrning shartlilik
tabiatiga asoslanadi. “Teatrda teatn” jozibadorligini ko'rsatish mahoratida bo'lg'usi
rejissura ustasining yo'li va teatr nazariyachisining o'tkir zakovati ko'rinib turardi.
Tik tomonidan sinchkovlik bilan ishlanib, amalda qo'llanilgan teatrga xos
tomoshaviylik usuli estetik tamoyil tarzida dramaning keyingi rivojiga o'z ta'sirini
ko'rsatdi, 1799-yildan Tik ijodining ikknichi bosqichi boshlanadi. Bu davrda XV-
XVI asrlar nemis xalq kitoblari asosida yaratilgan «Avliyo Genovevaning hayoti
va o'limi» (1800), «Imperator Oktavian» (1804), «Fartunat» (1816) pyesalari diniy
sujetlar tasviriga qaratilgan. Bulardan birinchisi eng mashhuri bo'lib, unda o'rta asr
miraldi, shaklida avliyo. Genoveva hayoti tasvir etilgan. Asarda katolikchilik ruhi,
o'rta asr davriga ihlosmandlik tuyg'usi ufurib turadi. «Avliyo Genovevaning hayoti
va o’limi» diniy o'git ruhidagi asargina emas. Unda xalq kitobidan olingan
oddiygina lavha ko'hna rivoyat tarzida tasvir etilgan. Pyesada diniy ohang ixlos
qo'yishga qaratilgan tashxis tarzida namoyon bo'ladi.
Tik pyesalar yozish bilan birga o'zini rejissyor sifatida ham ko'rsatgan. 1819-
yildan u Drezden teatrining badiiy rahbarligi vazifasini egallaydi. Tik teatrning
nimaligini «His-ehtiroslar epkini, buyuklik va yuksaklik, hayrat va dilkusholik»
vositasida kishini o'ziga rom etuvchi badiiy tasavvur tarzida ta'riflaydi. Tikning
fikricha, bunday maftunkorlikka klassitsizmga xos ohangdorlik va va'z usuli
o'rnida tabiiy hayotiy nutq asosida o'zaro uyg'un harakat qilish orqali erishish
mumkin. Uning talabiga ko'ra, spektakl shartlilik asosida bezalishi, tomoshabin
diqqatini aktyordan chalg'itmaslik uchun orqaga gilam tortib, spektakl ko'rsatish
lozim. Teatr liboslari ham shu kabi shartli umumlashgan tarzda bo'lishi mumkin.
Tik aktyor bilan tomoshabin orasida o'zaro: uyg'unlik yaratgan Shekspir davri
teatrini eng ibratomuz teatr deb hisoblagan.
Tik teatr faoliyatining ahamiyati uning teatrda romantizm estetikasi
tamoyillarini tasdiqlashi bilan izohlanadi. Atoqli adib va dramaturg Kleys esa o'z
pyesalari orqali nemis romantik dramasining repertuardan o'rin olib, nemis
sahnasida uzoq vaqt davomida hukm surishini ta'min etib berdi.
XIX asrning birinchi yarmida nemis teatri o'ta beqarorlik vaziyatini boshdan
kechirdi. Shunga qaramay, XVIII asrning oxirlarida aktyorlik san'atida ko'rina
boshlagan yangi tamoyillar romantik ijro usulining shakllanishiga olib keldi. Bu
yo'nalishning asoschisi, Shryoderning shogirdi bo'lmish Yogann-Fridrix Flyok
Berlin teatrida kechgan 18 yillik faoliyati davomida Lir, Makbet, Sheylok, Otello,
Karl Moor kabi rollarni ijro etish orqali nemis sahnasida Shekspir qahramonlariga
romantizm ruhida yondashuv tomoyillarini belgilab berdi. «Shekspirning fojeiy
qahramonlarida mavjud bo'lgan qochirim, kinoyaviy o'rinlar, -deb yozgan edi
dramaturg Tik, — Flyok ijrosida ajib bir tarzda bo'rtib ko'rinib turadiki, han-
gomavashlik bilan jiddiylikni dadilona uyg'unlashtirishdek bu g'alati salohiyat
Flyokning buyukligini ko'z-ko'z qilib turadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |