Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
spektakli (rejissor - B. Nazarov), so'ng Xamza nomli akademik drama teatrida 
1972-yili B.Yo'ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan. 
ONORI DE BALZAK
(1799-1850-y.) 
Onori d'e Balzak o'z asarlarini ilm-fanning aniq qonunlariga qiyosan yaratgan 
sohibi qalamdir. U kishilarning o'y va intilishlarini «ijtimoiy hodisa» ma'nosida 
anglab, yozuvchining vazifasi ijtimoiy muhit, jamiyatning axloqiy tarzini 
tasvirlashdan iborat, deb hisobladi. 
Balzak fransuz teatriga tanqidiy munosabatda bo'ldi. U romantik drama va 
melodramani hayotiy haqiqatdan uzoq pyesalar tarzida qoraladi. Balzak teatr va 
dramaturgiyaga o'z romanlarida aks etgan tanqidiy realizmni olib kirishga harakat 
qildi. 
Uning dramaturgiyadagi faoliyati 1830-yillarning oxirida avj oldi. «Oila 
sabog'i», «Votren» (1839), «Kinola orzulari» (1841), «Ishbilarmon» (1844), 
«o’gay ona» (1848) Balzakning romanlari kabi burjua jamiyati manzarasini keng 
ifoda etuvchi dramalar tarzida yaratildi. 
Balzakning dramaturg sifatidagi eng sara asarlaridan biri «Ishbilarmon» 
komediyasi bo'ldi. U zamonaviy hulq-atvor haqidagi haqqoniy va yorqin hajviy 
komediya tarzida dunyoga kelgan edi. Unda boyish vasvasasiga tushgan 
qahramonlar o'z maqsadiga erishish yo'lida eng jirkanch usullarni qo'llashdan ham 
tortinmydilar; kishi ta'magirmi, jinoyatchimi yoki nufuzli ishbilarmonmi, buning 
farqi yo'q; gap uddaburonlikda, naf keltirish-keltirmaslikda; murosasiz olishuv 
jangida savdogarlar, turli darajali birja uddaburonlari, cho'ntagida hech vaqosi yo'q 
singan kiborlar, puldor qayliqlari hamyoniga ishongan po'rim yigitlar, hatto 
fursatini topib, egalari sirini chayqovga soluvchi malaylar ishtirok etadi. 
Pyesadagi asosiy kimsa ishbilarmon Merkade aqlliligi, irodasining 
mustahkamligi va odamshavandaligi bilan ajralib turadi. Shu xususiyatlari tufayli u 
eng og'ir vaziyatlardan ham osongina chiqa oladi. Qarzlarini ololmagan kishilar 
uni qamatmoqchi bo’ladilar, lekin shu on ular o'zlari bilmagan holda uning aqli, 
aniq hisob-kitoblaridan hayratga tushib, hatto uning nayranglarida ishtirok etishga 
rozi bo'lib qoladilar. Markade — xomxayollik ko'chasiga kirmay, har ishdan 


 
manfaat ko'rishga ustasi farang shaxs. U o'z zamoni hamjihatlik zamoni bo'lmay, 
o'zaro raqobatda manfaat ko'rish zamoni ekanini yaxshi biladi. «Himmat, o'zaro 
hamdardlik adoyi tamom bo'ldi, ularni pul siqib chiqardi. Endi birgina manfaat 
degan narsa qoldi, zero endi oila degan gap yo'q ayrim shaxslar bor, xolos»— 
deydi u. Insoniylik rishtasi uzilgan jamiyatda or-nomus, hatto halollik degan 
tushunchalarning ma'nosi qolmaydi. Besh franklik tangani ko'rsatib, Merkade 
shunday xitob qiladi. «Ana o'sha hozirgi or-nomus degani. Xaridorni molingiz 
ohak emas, shakar ekaniga ishontira oling; boy bo'lsangiz deputat ham, vazir ham 
bo'la olasiz». 
Balzak insoniy fe'l-atvorlarni ijtimoiy faoliyat tarzida qurib, zamonaviy 
“ishbilarmonlan” jamiyatning «muayyan qismi» ekanini tahlil etib berdi. Uning 
dramaturgiyasiga xos realizmning kuchi shundadir. 
Balzakning dramaturglik faoliyati «o’gay ona» asari bilan yakun topdi. Bu 
asarga mavzu bo'lgan voqea Napoleon qo'shinida xizmat qilgan sobiq general
fabrikachi de Granshan xonadonida 1829-yili sodir bo'ladi. Grafning xotini 
Gertruda uning birinchi xotinidan tug'ilgan qizi Polina va fabrika boshqaruvchisi, 
kambag'allashib qolgan graf Ferdinand de Markandal pyesaning asosiy 
ishtirokchilaridir. Oila oldida bir muammo ko'ndalang turib qoladi: gap shundaki, 
Ferdinand va Polina bir-birlarini Romeo va Julyetta misol qattiq sevardilar. 
General de Granshan murosasiz banapartchi bo'lib, burbonlar tarafida xizmat 
qilgan Markandalning ashaddiy dushmani bo'lib kelgan. Shu bois Ferdinand o'z 
otasi nomini yashirgan holda yuradi. Ferdinand bilan Polinaning sevgisi 
Gertrudaning ham qarshiligiga duch keladi. Gertruda generalga turmushga 
chiqishdan avval Ferdinandning o'ynashi bo'lgan. Gertruda generalga turmushga 
chiqib, o'z «qiliqlari»ni davom ettirish maqsadida Ferdinandni fabrikaga chaqirib 
oladi. Ferdinand bilan Polinaning yaqinligidan rashk o'tida yongan Gertruda har 
ikki yoshning o'limiga sabab bo'ladi. 
Balzak «o’gay ona» asarida ham «voqealarning umumiy asosini» topish, his-
kechinma va voqealarning tub mohiyatini ochish qoidalariga sodiq qoldi. Undagi 
musibatli voqealar, zodagonlarning kambag'allashuvi, manfaat yuzasidan nikohga 


 
kirish, siyosiy raqobatchilarning olishuvi — bularning bari ijtimoiy hayot 
nobopligining oqibatidir. 
«O’gay ona» asari 1848-yili «Tarixiy teatr»da sahnaga qo'yiladi. Bu asar 
Balzakning boshqa pyesalari orasida eng katta muvaffaqiyat qozongan asar bo'lib 
chiqdi. 
Balzak voqelikdagi qarama-qarshiliklar murakkabligini ochishga qaratilgan 
yangi realistik ijtimoiy drama turini yaratishga juda katta hissa qo'shdi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish