VIKTOR GYUGO
(1802-1885-y.)
Viktor Gyugo romantik teatr olamida yirik nazariyotchi va dramaturg sifatida
tanildi. V. Gyugoning allaqachon ona tilimizga ag'darilgan «Xo'rlanganlar»,
«Dengiz zahmatkashlari», «Kazetta», «Gavrosh» kabi asarlari adib hayotligi
davridayoq unga katta shuhrat keltirgan, xalqlar orasida keng tarqalgan edi
Gyugo Napoleon qo'shinida xizmat qilgan general oilasida tug'ilgan.
Gyugoning dunyoqarashi 20-yillar fransuz inqilobiy muhiti ta'sirida shakllanadi.
Adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalanganidan uning asarlari
insonparvarlik g'oyasini ulugiash bilan ajralib turadi.
Gyugo, avvalo, romantizm uslubining nazariyachisi sifatida tanildi. Uning ilk
«Kromvel» (1827) romantik dramasida berilgan so'zboshi ushbu uslubning tub
tamoyillarini asoslash bilan e'tibor topdi. U klassitsizmning san'atkorni ma'lum
qoidalar doirasida cheklab qo'yishini keskin tanqid ostiga oldi. «Qoida ham yo'q,
namuna ham, - dedi u. — Drama tabiat aks etadigan ko'zgudir. Lekin, agar bu
shunchaki usti tekis, silliq oyna bo'lsa, u borliqning rang-tusini emas, faqat bemavj
surati aksini beradi, xolos. Drama shunday yig'iq ko'zguki, unda chaqin nurga, nur
alangaga aylanishi kerak». «San'atkor voqealar olamidan go'zalini emas, balki
o'sha voqealarga xosini tanlab oladi», deb ta'kidladi, Gyugo klassitsizm aqidasiga
shama qilib.
«Kromvel» asarining so'z boshisida romantik bo'rtma (grotesk) nazariyasiga
alohida o'rin ajratilgan. Bo'rtma muallif tomonidan kuchaytirish, qabartirish
ma'nosidagina tushunilmaydi. Gyugo bo'rtmadan bir-biriga zid va bir-birini inkor
qiluvchi holatlarni o'zaro uyg'unlashtirish vositasi sifatida ham foydalandiki, bu
voqea ko'lamdorligini yana ham bo'rttirib ko'rsatishga imkon yaratdi. Hayot rang-
barangligi buyuklik va pastkashlik, musibat va kulgi, go'zallik va xunuklik
uyg'unligidan bunyodga keladi. Gyugo san'atda bo'rtma omilini mohirona qo'llagan
eng namunali san'atkor deb Shekspirni tan oldi. «Bo'rtma har o'rinda o'zini o'zi
ko'z-ko'z qiladi,— deydi V. Gyugo,— zero to'pori kimsa o'tli ehtiroslardan xoli
bo'lmaganidek, ulug'vor zotlar ham pastkashlikka boradi, kulgili ahvolga tushish
ham hech gap emas. Shu bois bu omil sahnada doimo o'zini ko'rsatib turadi:
tragediyaga goh kulgi baxsh etsa, goh iztirob bag'ishlaydi. Dorifurushning Romeo
bilan, uch alvastining Makbet bilan, go'rkovning Hamlet bilan antiqa uchrashib
qolishlari ham shu bo'rtma vositachiligidandir».
Gyugo «Kromvel» asaridagi so'zboshida olg'a surilgan qoidalarga binoan badiiy
namunalarni yaratishga chog'langan, lekin asarning dramatik tarqoqligi bunga
imkon bermagan edi.
Gyugoning keyingi «Mareon Delorm” (1829) pyesasi romantizm tamoyillari
tugal va mohirona namoyon bo'lgan drama tarzida dunyoga keldi. Mazkur asarda
saroy aslzodalar jamiyatiga qarama-qarshi qo'yilgan «quyi tabaqa»dan chiqqan
romantik qahramon siymosi qad ko'tardi. Pyesada nasl-nasabi betayin Didye degan
yigitning Mareon Delorm degan qizga bo’lgan muhabbati ya qirollik tazyiqiga
uchrab maxv bo’lishi haqida hikoya qilingan edi. Voqea 1638-yili Lyudovik XIII
saroyida ro'y beradi. Asardagi kuchlar rasamati shundayki, qahramonlarning
o'limidan o'zga choralar yo'q. Didye va Mareon Delorm halok bo'ladilar, lekin
ularning ruhiy beg'uborligi, mardligi zulm va zo'rlikka qarshi ezgulik tantanasi
tarzida namoyon bo'ladi.
Muallif bosh vazir Reshilye obrazini yaratishda alohida mahorat ko'rsatgan. U
biron marta tomoshabin qarshisida ko'rinmaydi, ammo ichdan pishgan, ayyor,
yovuz shaxs tarzida yaqqol namoyon bo'ladi. U asarning oxiridagina Mareon
Didyega nisbatan qo'llanilgan o'lim jazosi bekor qilinishini iltijo qilib so'ragartda,
taxtiravon pardasi ortidan uning mash'umona «Yo'q, bekor qilinmaydi!» degan
dahshatli ovozi eshitiladi.
«Mareon Delorm» asari XIX asr lirik she'riyatining ajoyib namunasi sifatida
tug'ilgan edi. Gyugoning jonli va shoirona tasviri Didye va Mareon muhabbatini
tarannum etuvchi ko'tarinki sahnalar bilan ajib uyg'unlik kasb etgan edi.
«Ernani» (1830) Gyugoning sahna yuzini ko'rgan birinchi asari bo'ldi. Uni
namunaviy romantik drama deyish mumkin. Unda erkin sevgi, insoniy qadr-
qimmat, or-nomus tuyg'ulari ulug'langan. Pyesa qahramonlari qonli intiqom
jazavasiga tushadilar, chin sevgi yo'lida jonfidolik ko'rsatadilar; isyonkorlik ohangi
asarning bosh qahramoni romantik qasoskor Ernani obrazi orqali ifodalangan.
Ernanining qirol va o'rta asrcha qora kuchlar bilan to'qnashuvi asami fojiona
nihoyalanishiga olib keladi. Asosiy voqealar xabarchilar orqali ma'lum qilinuvchi
klassitsistik tragediyaga zid ravishda Gyugo dramasida romantizm talablariga
binoan barcha voqealar sahnaning o'zida sodir bo'ladi. Bu yerda klassitsizmga xos
birlik qoidalariga ham rioya qilinmaydi; qahramonlarning shiddatli his-tuyg'ulari
klassitsizm dramasining tantanavor jaranglovchi ohangdor nazmiy ifodalaridan
o'zining jonli va jo'shqinligi bilan ajralib turadi.
«Ernani» dramasi 1830-yilning boshlarida «Komedi Fransez» teatrida sahnaga
qo'yiladi. Spektakl «romantizm»ning yirik g'alabasiga aylandi.
Gyugo ijodining demokratik ruhi uning «Shohona ishrat», (1832), «Ryui Blaz»
(1838) asarlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo'lgan. «Ryui Blaz» asarida voqea
XVII asrda Ispaniyada ro'y beradi. Unda malay Ryui Blazning ayyor va riyokor
xojasi qirolichadan qasos olish payiga tushadi. Shu maqsadda Ryui Blazga sayoq
bir qarindoshi — don Sezar de Bazan nomini berib, uning qirolicha o'ynashiga
aylanishiga erishadi. Ryui Blaz qirolichaning jazmaniga aylanib, saroydagi eng
nufuzli shaxs darajasiga chiqadi. Hukmdorlik sharafiga faqat shu soxta don Sezar
de Bazan loyiq bo'lib chiqadi. Malay ko'ngli pok inson edi, oilaviy kengashda
yurtni xonavayron qilgan saroy a'yonlarini fosh etuvchi so'z aytadi, so'ng o'zi zahar
ichib nobud bo'ladi; uning nomi ham, qirolicha bilan ishqiy munosabatlar ham
sirligicha qoladi.
Pyesada lirik nafosat va shoirona ruh siyosiy hajv bilan uyg'un tarzda namoyon
bo'lgan. Pyesada hech vaqosi qolmagan mayxo'r, sayoq zodagon don Sezar
obrazini kiritish bilan Gyugo unda birinchi bor romantizmning fojeiy hangomabop
ohanglarni o'zaro uyg'unlashtirish usulidan foydalandi.
O'zbek sahnasiga Gyugo Respublika yosh tomoshabinlar teatrida qo'yilgan
«Gavrosh» asari bilan kirib kelgan. 1972-yili uning «Qirolning dil xushi»
(«Shohona ishrat»ning E. Vohidov tomonidan ilk tarjimasi shunday nomlangan)
asari Andijon teatrida (rej. R. Hamidov), so'ng televideniyada sahnalashtirildi.
Tribule rolini Andijonda A. Ibrohimov televideniyada H. Umarov ijro etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |